«Tez tibbiy yordam» xizmati xodimlari faoliyatida tibbiy etika va deontologiya [/size
]
Tibbiy deontologiya tibbiyot xodimlarining shaxsiy manfaatinigina emas, balki ularning bemorga nisbatan burchi va mehribonligini ham ifoda etadi.
Tibbiy deontologiyaning asosiy vazifalari mashhur jarroh N. Petrovning 1944 yilda chop etilgan
«Jarrohlik deontologiyasi masalalari» kitobida belgilab berilgan.
Ular quyidagilardan iborat:
1) tibbiy muassasa xodimlarining huquq va vazifalarini to‘g‘ri
taqsimlashga asoslangan ishni yo‘lga qo‘yish;
2) o‘tkazilayotgan davolash natijasining yaxshi bo‘lishida bemor ruhi-
yatini doim hisobga olib borish va uni avaylash;
3) turli kasalliklar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarni har bir bemorning
kasalligini aniqlash va davolashga qaratish;
4) «bemor jarrohlik uchun emas, balki jarrohlik bemor uchun» degan
shiorga amal qilish;
5) o‘z ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash
va muhokama qilish yo‘li bilan tajriba to‘plash.
Jarrohlikda arzimas narsaning o‘zi yo‘q. Bu mashaqqatli va xatarli ishdir. Shu sababdan ham bu prinsiplarga amal qilmaslik deontologiya qoidalarini qo‘pol buzish demakdir. Vrachning noto‘g‘ri xatti-harakati natijasida bemorning umumiy ahvoli og‘irlashishi va hatto «yangi yatrogen» kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
I. A. Kassirskiy yatrogen kasalliklarning sabab va shakllarini quyidagicha ta’riflab beradi:
— tibbiy xodimlarning ehtiyotsizligi tufayli bemorni shikastlantirish;
— tibbiy adabiyotni o‘qishga aloqador bo‘lgan bilvosita
shikastlantirish;