Hayot nima?  ( 39156 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Sanjar  14 Yanvar 2012, 21:51:10

Hayot - o'rmon, tulkisi
Och bo'riga o'xshaydi.
Yo'lbarslari tiz cho'kib
Najot so'rab yig'laydi.

Hayot - karvon, tuyasi
Sahrodan suv so'raydi.
Sabrni kosasiga
O"rgimchak to'r o'raydi...

Hayot - aroq, quyilib
Kayf yarmida tugaydi.
Bag'rlar kabob bo'lib
Kir ko'rada tutaydi.

Hayot - osmon, yulduzi
Armon deydi eskilar.
Shohni ham, gadoni ham
Mehmon deydi eskilar.

Hayot - bekat, keladi
Va ketadi qanchalar.
Kimlar mag'rur yashaydi,
Kimlar ostona yalar!

Hayot - hayot, odamlar
Goh odamga o'xshamas.
Xokisor xor yig'laydi,
Yetim nolon to'xtamas.

Hayot - oqbadan go'zal,
Hech kimga qilmas vafo.
Bandang bilib O'ktamni
Asragin o'zing Xudo!

O'ktam Tojiboyev

Qayd etilgan


Muxsiya  06 Iyun 2013, 14:32:18

Hayot bu tug'ilishdan toki o'limgacha bo'lgan yo'l. kimdir uni juda qisqa masofalarda bosib o'tadi, kimdir esa uzun. Kimdir oson o'tadi, kimdir qiyinchiliklar bilan. Hammaning bu yo'ldagi taqdiri har xil bo'lishiga qaramay yo'lning boshi va yakuniy manzil bir joy. Eng muhimi esa mana shu yo'lda qanday yurishlikda

Qayd etilgan


IRFON-2012  16 Iyun 2013, 21:08:58

Hayot - tiriklik, yashamoq deganidir! Bu dunyo hayoti va Oxirat hayoti mavjud. Uning orasida o'lim va qabr mavjud. U vaqtda ham ruh hayotdir, jism esa hayot emas. Oxiratda jismlar ham qayta hayotga (tiriklikka) qaytadi, hatto barmoqdagi chiziqlargacha o'z o'rniga qaytadi, deyilgan Allohning kalomida! Bu dunyo hayoti o'tkinchidir, hammamiz vafot etamiz va bu dunyodagi hayotimiz yakunlanadi. Ammo oxirat hayoti abadiydir. Bu dunyoda amal bor-u xisob yo'q, oxiratda xisob bor-u amal yo'q. Demak oxirat hayotida faqat xisob-kitob va taqdirlanish bo'ladi.

Insonlar hayot haqida uch xil tushunchada yashaydilar:
1. Foniy dunyonigina tan olganlar. Ular uchun oxiratni qizig'i yo'q. Bu dunyoda baxtli, bekam-u ko'st yashashsa bo'lgani. Ko'pincha ishlari yurishib, haqiqatda maqsadlariga yetganini ko'ramiz. Bu dunyoda hammasi joyida, bor iqtidorini faqat shu hayotini obod qilishga harakat qiladi va erishadi ham. Lekin afsuski, ular uchun oxiratda hech qanday yaxshilik yo'q.
2. Tarkidunyo qilganlar. Bunday insonlar o'zlarini faqat oxirat uchun ibodat qilishlarini va foniy dunyodan butunlay yuz o'girganlarini davo qiladilar. Ular uchun bu dunyoda hech qanday obro', boylik, rohat-farog'at kerak emas. Umidlari faqat oxiratdan! Bir qarashda judayam ulug' ish bo'lib ko'rinadi. Zoxidlik, parxezkorlikning yuqori darajasi. Lekin juda ko'plab oyat va xadislar bunga qarshi chiqadi. Bu dunyo va undagi ne'matlar insonlar uchun berilgani, nikohlanish sunnatligi, halol narsalarni o'ziga xarom qilish mumkin emasligi kabi mazmunda ta'limotlar ko'p. Demak, tarkidunyo qilganlar foniy dunyo yaxshiliklaridan voz kechgani bilan oxiratda darajalari yuqori bo'lmasligi mumkin. Chunki farz va vojiblardan so'ng, sunnatga ham amal qilish lozim!
3. Vasatiyani lozim tutganlar! Bular bu dunyodan ham oxirat yaxshiliklaridan ham bebaxra qolmaydilar. Aksincha, avvalgilardan ko'proq nasibaga ega bo'ladilar. Foniy dunyoga muhabbat qo'ymaydi, ammo undan manfaatli miqdorda foydalanadi. Tarkidunyochilarga teskari o'laroq, nikohlanish, oilani boshqarish, farzandli bo'lish, ta'lim-tarbiya, nochorlarga yordam berish, xalqiga xizmat qilish, vatani el-yurti ravnaqi uchun xissa qo'shish kabi savobli amallarga erishadilar. Vafot etganidan so'ng ham, ortidan farzandlari, shogirdlari va undan yaxshilik ko'rgan har bir inson uning haqqiga duo qiladi. Hatto duo qilishmasa ham, u tarqatgan ilm-ziyo davom etar ekanki qabri nurga to'laveradi. Ular naqafat o'ziga, balki butun jamiyatga foyda keltiradilar.

Mana ko'rib turibmizki, hayot haqidagi eng to'g'ri, eng mo'tadil, eng afzal, eng manfaatli tushuncha Vasatiyadir! "Vasatiya - hayot yo'li" degan kitobni o'qishni hammaga tavsiya qilaman. Alloh vatanimiz hayotini bundanda go'zal qilsin!

Qayd etilgan