Lobar Aziz:BAXTSIZLIK baxtning bir tahallusidir, SIZSIZLIK- siz bilan bo`lmoq fasli-da, Umidsiz kunlardan umid qiling yor, AYRILIQ- sevgining vasli aslida!
Kapalak:Adolat Kuchga bo'ysungan yurt- Vayron Yurt.
Kuch Adolatga bo'ysungan yurt- Bo'ston Yurt.
O'tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.
Mirolim:Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir.
Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir.(“Zalzala”-surasi 7-8-oyatlar)
(Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo'lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo'ladi, qiyomatda javob berish kerak. Har doim yaxshilikni qilib, agar u ko'zga ko'rinmas zarra miqdorida bo'lsa ham yomonlikdan qochish kerak.)
Hadija:Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib
Robiya:«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)
DilafruzZ:Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo‘lma. Hech bir gunoh yo‘qki, uni qilganingdan so‘ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o‘ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Abdulloh ibn Abbos
Aqoid:Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast
Samarqandiy:Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
G'arb dunyo topdi, Allohdan kechib. (Jaloliddin Rumiy)
Habib:Дунё Абу Бакрга боқмади, Абу Бакр ҳам дунёга боқмади.
Дунё Умарга боқди, аммо Умар унга қиё ташламади.
Биз эса дунёга ботиб қолдик.
Муовия ибн Абу Суфён
Jees:Bilimim shu joyga yetib keldikim, bilimsizligini endi tushundim.
Abu Shukur Balxiy
Ummatiy Muhammadiy:
BRaupov:Xoliqo! Lutf et gadoyi zoring'a,
Bandadurman,zorman har bir koring'a.
Mag'firat daryosig'a g'arqob etib,
Ko'zlarim shoyasta qil diydoring'a.
So'fi Ollayor