Ehtiyot shart!  ( 16412 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  08 Dekabr 2010, 15:47:23

 :as:

Bolajonlar xuddi nozik g'unchaga o'hshaydi. Ularga mumkun marotaba nozik muomala qilmasak "so'lishi" mumkin, Alloh saqlasin.

Bolajonlarimiz o'sib-ulg'ayguncha turli xil noxush hodisalar ularni ta'qib etadi. Bu tur hodisalarni oldini olish uchun bir-birimizni ogohlantirsak foydadan holi bo'lmas, deb o'yladim.

Bu mavzuda ehtiyot choralari haqida fikr yuritamiz.

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 14:15:41

Bolangiz so'rg'ich so'radigan bo'lsa so'rg'ichni aslo ip bilan bog'lab bolani ustiga bog'lamang, Bu hol ko'pincha bolalarni o'z-o'zlarini bo'g'ishiga sabab bo'larkan.


Farzandingiz qo'llarini harakat ettirib, xohlagan narsasini qo'liga oladigan oylarga kelganida (4-5) ularning dori-darmonlarini uzoq tuting. Yura boshlaganlaridan toki aqllari yetkuncha ulardan butun tozalik moddalarini, (ayniqsa xlorli moddalarni) qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang. Bazi bolalar maktab yoshlarida ham qiziqishlari va o'jarliklari sabab turli xil dori-darmon va tozalik moddalarini ichib ko'rar ekanlar...


Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 15:40:07

Bolajonlar 5-6-oylarda har ikki tarafiga ag'darila boshlaydilar. Bu oydan keyin bolani o'zini 2-3 daqiqaga bo'lsa ham yolg'iz qoldirmang! Qoldirsangiz ham yerga qalin narsa to'shab, qoldiring. Baland joyda qoldirib, dumalab kela olmaydi, degan hisoblaringiz to'g'ri chiqmasligi mumkin! Alloh saqlasin...

Bazi bolalarda 3, bazilarida esa kechroq tish chiqish tayyorgarlik belgilari yani og'izdan suv oqishi boshlaydi. Bolajonlarda milklar qizarib, qashina boshlaydi. Duch kelgan narsani "tishlashga" harakat qiladilar. Bazilarimiz bolani hali tishlari yo'qku deb, qattiq mevani qo'llariga tutqazamiz. Lekin bundan aslo amin bo'lmang. Bolaning milklari biz kutgandan ham kuchli bo'lib, qattiq meva parchasini bo'lishi va tomog'iga turishi mumkin!

Qayd etilgan


Bek aka  10 Dekabr 2010, 16:21:12

Iqtibos
Bolaning milklari biz kutgandan ham kuchli bo'lib, qattiq meva parchasini bo'lishi va tomog'iga turishi mumkin!

Kapalak honim, shu o'rinda offtop bo'lsa bir narsa so'ramoqchi edim. Turkiyada ham bolaning tomog'iga u bu narsa tiqilsa barmog'ini uning og'ziga tiqib, tomoqqa tiqilgan narsani olib tashlaydigan ayollar bormi? Bolaning tomog'iga biror narsa tiqilib qolsa nima qilishadi?

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 16:25:14

Iqtibos
Bolaning milklari biz kutgandan ham kuchli bo'lib, qattiq meva parchasini bo'lishi va tomog'iga turishi mumkin!

Kapalak honim, shu o'rinda offtop bo'lsa bir narsa so'ramoqchi edim. Turkiyada ham bolaning tomog'iga u bu narsa tiqilsa barmog'ini uning og'ziga tiqib, tomoqqa tiqilgan narsani olib tashlaydigan ayollar bormi? Bolaning tomog'iga biror narsa tiqilib qolsa nima qilishadi?

Bek aka, savollar bo'lsa bemalol, bu mavzuda boshimizdan o'tgan voqealarni, olgan "dars"larimizni yozishimiz mumkin.
Men yashayotgan joyda yo'q. Lekin qishloqlarda aniq bordir.Bazan bolaga kinna kirganida ham kinna soladigan odam topa olmayman afsus...
Bolani tomog'iga narsa turganida og'zini pastga qaratib, ikki yelkasini orasiga uramiz.
Siz so'ragan narsa O'zbekistonni bazi viloyatlarida keng yoyilgan aslida. Bu menimcha havo bilan bog'liq narsa.

Qayd etilgan


Bek aka  10 Dekabr 2010, 17:48:42

Siz so'ragan narsa O'zbekistonni bazi viloyatlarida keng yoyilgan aslida. Bu menimcha havo bilan bog'liq narsa.

Aynan shu sababdan ham qiziqib so'ragandim. Turkiyada qanaqa ekan deb. :) Javob uchun rahmat.

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 14:38:09

Bolalaringizga olayotgan o'yinchoqlarni moddalarini yaxshilab surishtiring, chunki 3-4 oydan keyin bolalar ularni tinmay og'izlariga oladilar, shimadilar.

Bazi o'yinchoqlar tezda parchalanadi, bola uni yerga urib sindirishi, bo'yoqlarini ko'chirib og'ziga olishi mumkin.

O'yinchoqlardagi tugmachalar, shakllar mustahkam tikilib, yopishtirilganmi shularga ham katta e'tibor bering!


Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2010, 14:10:40

Buvimiz 3-4 dona shar olib kelgandilar. Sharlar ko'ringanlariday "shaffof" emasliklarini ko'rdim.

1. Sharni shishirib o'g'limni qo'liga bog'lagandik, uchib ketmasin, o'ynasin, deb. Ipi o'ralashib, qo'lini achita boshladi, darrob chiqardik.

2. O'g'lim sharni yorib, qarasam og'ziga solib emyabdi, sharni yutishi mumkin edi, Xudo saqlasin.

3. Eng qiziq tarafi-shar qo'lida edi, birdan yon tarafiga ag'darilmoqchi bo'ldi, shar qornini tagida qolib birdan o'g'limni "otib yubordi" ....

Demak kichik bolani aslo yolg'iz qoldirmaylik azizlar.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Dekabr 2010, 22:00:24

Bazan bolaga kinna kirganida ham kinna soladigan odam topa olmayman afsus...
Shunisi yaxshi bo'libdi. Kinna kirganda kinnachiga olib bormang, kinna ko'tarish ham shirk amallardan hisoblanadi.
Eng yaxshisi sunnatga muvofiq Oyatal kursiyni, Fotiha, Nas suralarini o'qib dam solish kerak.
(Kinnachi kinna solayotganda qo'lida ko'pincha tasbeh, pul, gugurt, non, tayoq bo'ladi).

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Dekabr 2010, 22:02:07

Menda bir savol.
Magazinlarda ko'rib qoldim. Belanchaklarda o'zi handalakday keladigan, to'rt qanotli, turli hil rangda bo'lgan bir o'yinchoq osib qo'yisharkan, bu o'yinchoq aylanganda juda chiroyli bo'ladi.
Bolaning yuzidan tahminan 30-40 sm balandlikda turarkan.

Buni yosh chaqaloqlarga psihologik tomondan qanday foydasi bor?
Necha oylik bo'lganda belanchigiga shundoq o'yinchoqlar osib qo'yish tavsiya etiladi?

Qayd etilgan