Turkiyaga ishlagani kelayotgan opa-singillarim!!!  ( 10788 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  09 Dekabr 2010, 17:04:47

 :as:

Ko'pchiligimizga sir emaski, Turkiyaga O'zbekistondan juda ko'p ayol-qizlarimiz ishlagani kelishyabdi.
Allohga shukrki, bularni asosiysi kasallarga, bolalarga qaragani kelayotgan ayollardan tashkil topadi. Shunisigayam shukr...

Keyingi yillarda İstambul Emniyati tarafidan 1 oydan keyin (chunki 1 oygacha turist sifatida vizasiz qolishingiz mumkin) 1, 2, 3 oylik viza olish yo'lga qo'yildi. Adashmasam oylik viza 75 dollardan boshlaydi.

Buni nima uchun aytdim, Vatandan ishlagani kelayotganlarni hammasini "kelma" deb to'htatishimiz mumkin emas.

Hech bo'lmasa, ishlagani kelgan joylaridagi insonlardan iltimos qilishsin, vizalarini qonuniy shaklda uzaytirishsin. Yani qochqoqqa aylanib, O'zbekistonga qaytayotganlarida qiynalib, pasportlariga dog' tushmasin.

Asosan ayollarimiz İstambulga ishlagani kelishadi, shuning uchun İstambul Emniyatini adresini yozaman.

http://www.iem.gov.tr/iem/


Vatan Cd. Fatih / İSTANBUL (Vatan Shox ko'chasi)

Tel: 0212 635 00 00
Fax: 0212 636 14 44



Juda ko'pchilik ayol-qizlarimiz qochqoq shaklda ishlaganlari uchun ularni aldab ishga joylagan insonlar pasportlarini qo'llaridan tortib olishgan va ularni hech kim ko'rishtirishmaydi. Ularni ahvollaridan xabarim bo'lgani uchun bu mavzuni ochdim.

Qayd etilgan


Ansora  09 Dekabr 2010, 17:31:14

Yaqinda qarindosh opamiz kelgandilar İstambulga. U kishi turgan mehmonxonaga bir O'zbek ayoli kelib u kishi bilan suhbatlashibdi. "10 yildan beri O'zbekistonga qayta olmadim, sababi ishlagani kelgan joyimdagi odam pasportimni bermaydi, boshda undan qarz olib uyga pul jo'natib turdim, mana endi uni quliga aylandim"...

O'ylab ko'ring, ayolni 3 farzandi bor ekan:(

Ko'chaga chiqqaniga qaraganda Turk militsiyasi ushlab chegaradan chiqarmagunicha bemalol aylanib yuraveradi tashqarida.

Nimaga O'zbek konsulxonasiga bormabdi, dedim. Ayolga yordam berishardi.
Qo'rqangga o'hshaydi, deb javob berdilar qarindosh.

Opa-singillarim, tashqi davlatda sizni qo'riydigan yana sizni Elchixonangiz, Konsulxonangiz bo'ladi. Buni unutmang.

Şehit Halil İbrahim Cad. No:23 İstinye/İstanbul

(Shehid Halil İbrahim Ko'chasi, 23-uy. İstinya/İstambul)

Telefon: (212) 229 00 75; (212) 229 00 75    

Faks: (212) 323 20 40



İsh soatlari: 09.00 — 17.00


Abror GULYAMOV/12 Ekim 2005
Konsul


Konsulxonani kartada ko'rishingiz mumkin:

http://maps.google.com/maps?hl=tr&rlz=1R2SKPB_trTR395&um=1&ie=UTF-8&q=%C3%B6zbek+konsoloslu%C4%9Fu+istanbul&fb=1&gl=tr&hq=%C3%B6zbek+konsoloslu%C4%9Fu&hnear=Istanbul&cid=0,0,8703518907486512741&ei=BssATb-KNcig8QO0zeSjCA&sa=X&oi=local_result&ct=image&resnum=4&ved=0CCMQnwIwAw

Qayd etilgan


Ansora  17 Fevral 2011, 15:46:50

Kuni kecha gazetalarda bir xabar bor edi, o'qib yuragim yomon siqildi.

Turkiyaga ish qidib kelgan ayollarga o'zini ish egasi deb tanitgan bazi odamlar O'zbek ayol-qizlarining pasportlarini olib, har xil shartnomalarga qo'l qo'ydirishgan...

O'zbek ayollardan biri qamab qo'yilgan uydan yalangoyoq qochib Turk politsiyasiga murojaat qilgan. Shu bahona bilan inson mafiyasi bilan shug'ullanadigan guruh qo'lga olingan....

Bu xabarni o'qiganlar agar yaqiningizdagi insonlardan biri Turkiyaga ishlagani ketyabman, deb qolsa, ularni ogohlantiring.

Turkiya degani faqat Turklar degani emas, faqat Musulmonlar yashaydi, degani emas. Pul ishlab topaman, deb qanchadan qancha ayol-qiz xatto erkaklarimiz yo'q bo'lib ketishyabdi!!!

Qayd etilgan


Habib  28 Mart 2011, 15:25:22

 allaqachon unut bulgandi, hatto bir kun u devorda osilib turgan kabatillohni rasmini olib kuz oldimda yirtib tashladi, kuzim qinidan otilib ketay dedi, qulimdagi bolamni tortib olib kuchaga haydab yubordi, yiglab yiglab uydan chiqib dugonamnikiga ketdim, ertasiga qaytib keldim, lekin uyga kirgizmadi, 3oy meni qiynab farzandimni kursatmay qiynadi, bu orada esa qonuniy avtomat tarzda ajrashib olibdi, bu yerda shunday qonun bor, ayol kishi uydan chiqib bedarak ketsa eri ajrasha oladi, lekin men atigi bir kundan keyin qaytuvdim,...

Тв каналларимизда сса шу корейс сериалларини тарғиб қилишгани қилишган, твнинг оддий слементар психологик кучи хақида тв рахбаристининг билими нақадар суст.
Атрофга қаранг! Жамист бонг урмоқда! Коресни бир қаранг қанча сзбек қизлари бахтсиз бслмоқда!...

Давоми
Корейсларда нима топдинг сзбек қизи?


Qayd etilgan


Музаффар  28 Mart 2011, 15:42:16

Шу серилларни Ўзбек юртига олиб кирганларни жазосини тангрини сзи берсин. А­нг ахмоқона иш турк, корейс ва лотин америкаси сериалларини тв да қсйиб, одамларни онгини захарлашгани бслди. Шу сериаллар аксаристини режиссори Баходир Қосимов деган одам скан. Ўша одамни сзисм хаётида бу ишидан панд егандир?!...

Qayd etilgan


Ansora  30 Oktyabr 2011, 12:47:16

Turkiyaga ishlagani kelgan ayollar haqidagi xabarlar afsus asosan yomon, o'qishga insonni yuragi chidamaydi.

Bu mavzu orqali yana opa,singillarga murojaat qilaman:

Turkiyani O'zbekiston bilan yoki boshqa Rossiya davlatlari bilan qiyoslamang.
Turkiya- dunyoning eng ko'p jinoyat qilinayotgan davlatlardan biri.

Sizga ish va'dasi bergan insonlarga darrov ishonmang.

Pasportingizni hammaga ham beravermang.

Eng so'nggi xabar, buni keltirishimni sababi, sizni hafa qilish emas, begona yurtga, hech bir kafolatsiz ishlagani kelmoqchi bo'lgan ayollarga dars bo'lar, niyatida...

Mersin viloyatining Tarsus nohiyasida yashaydigan 50 yoshli kasal ayolga 3 oydan beri qarayotgan 44 yoshli Nodira Hakimova shu yilning 14-oktyabri kuni yo'qoladi. Kasal ayolning yaqinlari Nodira Hakimova qidirishadi, lekin topa olishmaydi. Oradan ko'p o'tmay ko'p qavatli binoning yerto'lasidan O'zbek ayoling ipga osilgan jasadi topiladi:(

Politsiya jinoiy ish qo'zg'atgan....

O'zbek ayoli, qadringizni biling, sabrli bo'ling, o'zingizni o'tga tashlamang...

Erkaklar ayollariga ega chiqsin iltimos.

http://www.haberler.com/ozbek-bakicinin-saibeli-olumu-3074636-haberi/

Qayd etilgan


Ansora  18 May 2012, 13:44:30

O'tgan kuni Anklaradagi O'zbekiston elchixonasiga borgandik. Ishlarimiz tugay deganda 2 Turk militsiyoneri kelib qoldi, yonlarida esa qo'llariga kishan (naruchnikmidi) solingan gavdali O'zbek yigiti...Unga ba'zi anketani toldirishni aytishibdi...Men ishlarim borligi uchun keyin ahamiyat bermagandim yigitga...Ketay, deganimizda militsiyonerlar ho'jayinimdan iltimos qilib (O'zbek bolganligim uchun) qochoq yigitga yordam berishimni sorashdi. Yigitning qolini boshatishibdi anketa toldirishi uchun. Men soradim, u javob berdi, anketasini toldirdik. Ma'lum bolishicha yigit 3 yil avval turist vizasi bilan Turkiyaga kelib, bir oshxonada ishlar ekan. 1984-yil...Qashqadaryolik...qanchalar hafa boldim, bilmaysiz...ko'zlarida mung bor, bolmaydimi?

Turkiyaga kelayotgan aka-ukalarim, yana bir bor aytaman, iltimos turist vizasi bilan kelmang ishlagani!

Ho'jayinim ham juda hafa bo'ldilar, chiday olmay tashqariga chiqib ketdilar biz anketani toldirguncha...

Xulosa sizdan...

Qayd etilgan


Sayyid90  18 May 2012, 20:41:39

voy dod

Qayd etilgan


Helen-Mariy  18 May 2012, 22:01:16

Аллохим мазлум ва мазлумалрга ёрдам берсин мушккуллариниосон килсин амииииин
 :2 :2 :2 :2

Qayd etilgan


Sayyid90  19 May 2012, 05:03:39

turkiya va dubayga ishlagani borib hor bo'lgan hotin qizlarimiz haqida eshitsam g'azabim oshib ketadi.

Qayd etilgan