Suvchechak  ( 18347 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  10 Dekabr 2010, 17:04:09

Suvchechak o'tkir infesion kasallik hisoblanadi.

O'ziga xos suvli toshmalar bilan kechishi kuzatiladi. Suvchechak virusli tabiatga ega kasallik sanaladi. Qo'zg'atuvchi virus gerpes oilasiga mansubdir. U faqat teri hujayralari va shilliq qatlamni zararlantirish xususiyatiga ega.

Bolaning tanasiga havo yo'li orqali o'tadi. Infeksiya manbasi kasallangan inson sanalib, u bilan to'g'ri muloqot qilish shart emas.


Ya'ni ushbu virus uchuvchan hisoblanib, qo'shni xonalarga ham o'tishi mumkin.

Lekin u tashqi muhitda turg'unlikka ega emas, bu uchinchi shaxslar yoki predmetlar orqali yuqishiga sabab bo'la olmaydi. Kasallangan bemor kasallik yuqqandan hisoblagan holda ikkinchi kundan yuqumli sanaladi.

5 yoshgacha bo'lgan bolalarda ushbu kasallikka chalinish juda yuqori hisoblanadi. Emizikli bolalar (6 oygacha) deyarli ushbu kasallik bilan og'rimaydilar. Chunki ona bolaga o'z suti orqali immunitet yuborib turadi. 10 yoshdan so'ng ham bolalar deyarli ushbu dardga chalinmaydilar. Lekin ushbu kasallikka ushbu davrda bolalar chalinsalar. U nisbatan og'irroq va asoratli ko'rinishda kechadi.

Kasallikning yashirin davri 2 hafta davomida kechadi, kam hollarda 10-21 kundir. Odatda kasallik o'tkir ko'rinishda boshlanadi. Yuqori tana harorati 38-39S bilan birga bola tanasida toshmalar kuzatiladi. Toshmalar faqat kaft va oyoq taglarida bo'lmaydi. Avval ushbu toshmalar oddiy pushti tusda, no'xatdek hajmga ega bo'ladi. Va tez orada ushbu pushti toshmalar markazida suvli pufak hosil bo'ladi. U vaqt o'tib qichishishni boshlaydi. Ota-onalarning vazifasi bolani doimiy ravishda kuzatib turishdir. Chunki bola yaraning qichishiga chiday olmay, unga begona infeksiyani kiritib qo'yishi mumkin.


Pufaklar 1-2 kun saqlanib turadi. Vaqt o'tib ustida to'qish qatlam yuzaga kelishni boshlaydi. Lekin ushbu toshmalar hafta davomida toshib turishi mumkin. Har bir toshma toshish bosqichida tana harorati oshishi kuzatiladi.


Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 17:04:40

Bola ushbu davrda toliqishi, asabiylashishi, uyqusi buzilishi va ishtahaning bo'g'ilishi bilan kechadi. Toshmalar toshishi yakunlangandan so'ng yana bir -ikki hafta davomida terida saqlanib qoladi. Odatda ulardan vaqt o'tgan sari izlar qolmaydi. Lekin bola yaraga infeksiya kiritib qo'ysa, u holda izlar qolish ehtimoli mavjud. Shu sababli bolani yaxshilab kuzatib, infekciya kirmasligi uchun uni doim kuzatib turing. Qichishgan yarachalarda yiringlar paydo bo'lib, ma'lum asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bolaning tuzalishi taxminan kasallangandan taxminan 10-kun bo'lishi mumkin. Virusning tarqalishi pufakchalarning qurishi bilan to'xtaydi. Odatda suvchechakdan asoratlar qolmaydi. Kasallikni aniqlash ham unchalik qiyin kechmaydi.

Odatda suvchechak uy sharoitida davolanadi. Bolani kasalxonaga joylashtirishni albatta vrach belgilaydi.

Uy sharoitida maxsus muolajalar talab etilmaydi. Bola albatta yotishi zarur bo'lib, bu taxminan 6-7 kunni egallaydi. Va ushbu kasallik kechishi davrida to'shak va yostiqlarning jildini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Bola ko'p suyuqlik ichishi zarur. Parhez ham muhim ahamiyatga ega. Bu o'rinda sutli, o'simlik mahsulotlari o'rinlidir (sutli bo'tqalar, qirg'ichdan o'tkazilgan sabzavotlar, mevalar va meva soklari)

Pufaklarda yiring qatlamining paydo bo'lmasligi uchun ularni kuniga 2 marotaba brilliant zelenkasi va margansovkaning to'q suvi bilan qayta ishlash muhimdir.


Har bir muolajani albatta vrach bilan maslahatlashish va uning nazorati ostida davolanish o'rinlidir.

manba: http://bolajonim.doira.uz

Qayd etilgan