O’pka yallig’lanishi  ( 7949 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  10 Dekabr 2010, 17:11:32

Sabablari

O'pka yallig'lanishi (pnevmoniya) - o'pka to'qimalarining yallig'lanishidir. Ko'p hollarda o'pka yallig'lanishi ORZ, bronxitning, ayrim hollarda yuqumli kasalliklarning asorati sifatida rivojlanadi, lekin ba'zan keskin rivojlanib ham ketish hollari ham mavjuddir.
Yuqori nafas yo'llarining patologik jarayonlarida yoki ayrim kasalliklarning asorati sifatida rivojlanganda infeksiya nafas yo'llari, qon aylanishi orqali tarqalib o'pka to'qimalarini zararlantirishi mumkin. O'pka yallig'lanishi mustaqil kasallik bo'lishi va bunday hollarda u turli qo'zg'atuvchilar tomonidan qo'zg'atiladi. Bolaning yoshi kasallikning qay darajada kechishini belgilaydi. Emizikli va kichik yoshdagi bolalarda bronx atrofida o'pka to'qimalarining yallig'lanishi vujudga keladi (bronxopnevmoniya). Chaqaloqning tug'ilishdan avval o'z atrofidagi suvining, emizikli bolalarning qusgan massaning bexosdan nafas yo'llariga yutilishi yoki nisbatan kattaroq bolalarda notabiiy narsalarni nafas olib yuborilishi bronxlarning tabiiy yo'llarini berkitib qo'yadi. Bronxning yopilib qolgan qismi qanchalik katta bo'lsa, shunchalik o'pka qismining to'g'ri ish faoliyati buziladi (aspiracion pnevmoniya).
Bola noxush ko'rinishga ega bo'lib, tana harorati o'rta yuqoridan, juda yuqori haroratgacha bo'ladi. O'pka yallig'lanishida yo'tal quruq yoki balg'amlik bo'lishi mumkin. Qattiq ovozlik yo'tal yoki qisqa turtkilar bilan og'riqli yo'tallar bezovta qiladi. Shilimshiq moddaning yig'ilishi burundan nafas olishni murakkablashtiradi, bunday holatda bola og'izdan nafas olishni boshlaydi. Aksariyat bolalar qorindagi og'riqlardan ham noliydilar, ayrim hollarda ich ketish va qusish kuzatiladi, shu bilan birga yon boshdagi sanchiq turidagi og'riqlar ham bolani bezovta qiladi.

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 17:11:51

Kasallikning kechishi
Ishtaha bo'g'iladi, notinchlik tuyg'ulari paydo bo'ladi - bu kasallikning ilk darakchilaridir.
Kichkina bolalarda, odatda, tana harorati juda yuqori bo'lishi mumkin, lekin ayrim hollarda u ko'tarilmaydi. Nafas olish tez-tez va yuzaki bo'lib, bola nafas olganda burunning qanotlari kengayadi va og'ir nafas chiqaradi. Teri kulrang-ko'kimtir, og'iz atrofida ko'kimtir (cianotik) uchburchak hosil bo'ladi. Ba'zan kasallikka ich ketish kabi noxush holat yo'ldosh bo'ladi.
Ba'zida bolalarda pnevmoniyaning vujudga kelishiga viruslar sababchi bo'ladi. Kasallikning kechishi yengil bo'lishi mumkin, bunday holatlarda kasallik qiyinchilik bilan aniqlanadi. Kasallikning virusli ko'rinishida quyidagi belgilar ko'zga tashlanadi: charchoq, boshda va ko'krak sohasida og'riqlar, tana haroratining ko'tarilishi (38-40 °S), quruq yo'tal.

Kasallik og'ir kechishi ham mumkin, bunday hollarda u bola hayoti uchun havfli sanaladi. Bu ikkilamchi bakterial infeksiyaning birlashishi, shuningdek gripp virusi orqali pnevmoniya ko'rinishi og'ir kechadigan turlar deb hisoblanadi.
Eng muhimi unutmang, emizikli bolalar "qorin bilan nafas olish" yo'li orqali nafas oladilar. Shu sababli bolaning ushbu a'zosini erkin qo'ying. O'pka yallig'lanishida bolani zinhor qoringa yotqizmang!
Simptomlar
"¢ Isitma
"¢ Nafas bo'g'ilishi
"¢ Yo'tal
"¢ Qorin sohasida og'riqlar

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2010, 17:12:30

Asoratlar
Plevraning yallig'lanishi
(bel sohasi va yon boshdagi og'riqlar, ko'krak sohasida "bir narsa bosayotgandek" hissi, yo'tal paytida va chuqur nafas olganda og'riqlar, doimiy yuqori tana harorati).

Vrach ko'magi
Kasallikning pnevmoniyaga o'xshatilishi bilan zudlik bilan shifokorga murojaat eting!
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 4 oygacha bo'lgan emizikli bolajonlar albatta stacionar davo olishlari zarur. Kattaroq bolalarda qayerda davolanish kasallikning qay darajada og'ir ekanligiga bog'liqdir. Har qanday davoni faqat shifokor nazorati ostida olish zarur. O'zboshimchalik bilan bolani davolamang. Ushbu kasallik bolaning hayoti uchun havflidir.

Davolanish
Og'ir hollarda stacionar davolanish zarurdir. Kasallikning yengil ko'rinishini uyda ham davolash mumkin. Yana takroran aytib o'tamiz, uyda davolansa ham bola albatta shifokor nazorati ostida bo'lishi zarur. Bola antibiotiklar bilan davolanadi (virusli pnevmoniyadan tashqari) va ko'proq toza havoda nafas olishi lozim (sovuq ob-havodan tashqari albatta). Bola emsa , uni talabiga binoan oziqlantiring. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi. Yuqori tana haroratida, haroratni pasaytiradigan va tinchlantiruvchi dori-darmonlar shifokor tomonidan buyuriladi. Bolaning boshi biroz baland bo'lish lozim, bosh qismining bunday joylashishi nafas olishni yengillashtiradi.
Yodingizda bo'lsin, bola shamollaganda, yuqori tana harorati, ko'krak sohasidagi og'riqlar, tez-tez nafas olish o'pka yallig'lanishidan darak bo'lishi mumkin. Emizikli bolalarda burun qanotlari nafas olayotganda kengaysa, nafasni tortganda ular qattiq yopishsa, og'ir nafas olish jiddiy belgilar deb hisoblanadi. Shu sababli bolani nafaqat bunday belgilar paydo bo'lganda, balki oldinroq shifokor nazoratidan o'tkazing. Unutmang, "Kasallikni davolagandan ko'ra, uni oldini olgan ma'qul",- degan gapni ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak.

Qayd etilgan