Nega olimlar Xudo va o'limdan keyingi hayotga ishonishmaydi?  ( 41022 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Bek aka  10 Dekabr 2010, 17:38:40

Yaqinda Nature jurnalida chop qilingan "Leading scientists still reject God" nomli maqolani o'qib hayron qoldim.
Unda ko'rsatildan statistik ma'lumotlarga qaraganda 1998-yilda o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra AQSH olimlarining faqat 7%igina Xudoga ishonishar ekan. Hammasidan qizig'i biolog olimlar bu borada eng kam ko'rsatkichga ega ekanlar - 5.5%

Bunday o'ylab qaraganda aslida olimlar tabiatni o'rgangan sari uning cheksizligi, murakkabligi, go'zlalligi va h.k sifatlarini ko'rib yaratuvchiga yanada ko'proq iymon keltirishlari kerak. Lekin, hayotda esa buning aksini kuzatayapmiz...

Bu borada forumdoshlarning qanday fikrda ekanliklari juda qiziq. Nima deb o'ylaysiz? Nega olimlar orasida bunday holat yuzaga kelgan?

PS.: Yuqorida tilga olingan maqolani ingliz tilida quyidagi manzilda o'qishingiz mumkin: http://www.stephenjaygould.org/ctrl/news/file002.html

Qayd etilgan


JaviK  11 Dekabr 2010, 09:34:24

Menimcha mavzu nomiga "Ayrim yoki "Boshqa dindagi" olimlar deyishni va Olim so`zini "" olishni unutibsiz.!

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2010, 10:01:52

Hidoyatni Alloh taolo bandlariga ne'mat o'laroq beradi.
Inson qancha ilm o'qigani bilan uning qalb ko'zini Alloh taolo ochmasa, uning hidoyatga kelishi qiyin.
Yana Alloh taolo Qur'oni karimda yahudiy va nasorolarni ta'rif etarkan, ularning hidoyatiga qlblaridagi kin va adovat to'sqinlik qilishini aytadi.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  11 Dekabr 2010, 12:21:41

AbdulAziz aka, bir savol men uchun mavhum-da... Dunyo olimlari tomonidan ruh jism vafot etgach, boshqa tanaga ko`chib o`tishi isbotlangan. Bunga misol tariqasida o`tgan hayotini, kim bo`lganini, ismini eslab, o`sha oldingi hayotidagi oilasini topib borgan odamlarni ham keltirish mumkin. Bu haqda jurnallarda, internet saytlarida ko`p ma'lumotlar bor. (Bu fakt. Bir odam o`tgan hayotidagi tilni eslab, so`zlay boshlagan, vaholanki u til allaqachonlar yo`qolib ketgandi. Bunday misollar ko`p) Islomda esa qiyomat vaqtida ruh tanaga qaytishi aytilgan. Agar ruh bir tanadan boshqa tanaga ko`chib yashasa, unda qiyomat vaqtidda qaysi jismga qaytadi?
Shunga izoh bersangiz.
Agar savolni tushuntira olmagan bo`lsam uzr.

Qayd etilgan


Bek aka  11 Dekabr 2010, 12:31:33

Menimcha mavzu nomiga "Ayrim yoki "Boshqa dindagi" olimlar deyishni va Olim so`zini "" olishni unutibsiz.!

Boshqa dinda bo'lsa ham olimku? Umuman olganda ularning umuman dinsiz ekanligi ham oydan ravshan. Xudoga ishonmasdan qanday dindor bo'lish mumkin? Umuman buni nima ahamiyati bor? Olim so'zini nega qo'shtirnoqqa olishim kerak?

Qayd etilgan


Bek aka  11 Dekabr 2010, 12:35:31

AbdulAziz aka, bir savol men uchun mavhum-da... Dunyo olimlari tomonidan ruh jism vafot etgach, boshqa tanaga ko`chib o`tishi isbotlangan.

Mening bilishimcha ruhning boshqa tanaga ko'chib o'tishi u yoqda tursin, uning borligi ham haligacha isbotlanmagan. Agar adashayotgan bo'lsam, buni isbotlagan olim(lar)ning ism sharifi va ilmiy ishini ko'rsatib o'tsangiz yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


Bek aka  11 Dekabr 2010, 12:43:52

Hidoyatni Alloh taolo bandlariga ne'mat o'laroq beradi.
Inson qancha ilm o'qigani bilan uning qalb ko'zini Alloh taolo ochmasa, uning hidoyatga kelishi qiyin.
Yana Alloh taolo Qur'oni karimda yahudiy va nasorolarni ta'rif etarkan, ularning hidoyatiga qlblaridagi kin va adovat to'sqinlik qilishini aytadi.

To'g'ri... Lekin, gap Islomiy hidoyat yoki Alloh haqida ham emas. Ular Alloh u yoqda tursin hatto shunchaki Xudo yoki boshqacha aytgancha Yaratuvchi borligiga ishonmasliklari haqida ketayapti...

Meni o'ylantiradigan narsa shundaki, nega oddiy xalq dunyodagi mo'jizalardan juda ham kam miqdorda xabardor bo'lsada dinga, Xudoga iymon keltira oladiyu, olimlar bu mo'jizalarni o'rgangan sari Xudo(Yaratuvchi)ga yanada kamroq ishonishadi? (Birinchi postda ko'rsatilgan maqolada 1914-yilda o'tkazilgan so'rovnomada olimlarning 27.7%i ishonishganligini, 1998-yilda esa bu ko'rsatkich 7%ga tushib qolganini ko'rish mumkin)

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Dekabr 2010, 14:36:35

Hurmatli Lobar Aziz,sizi postlarizdan shuni bildimki,siz dunyoviy ilmiz ancha (to'liq mukammallik esa faqat Allohgagina hosdir),ruh Haqida Gapizga umuman qo'shilmeyman,
Alloh Taolo Quronu Karimda mana shundey marhamat  qildi "VA SENDAN RUH HAQIDA SO'RARLAR.SEN Ruh Robbimning ishidir.SIZga Juda oz bilim berilgandir" deb Aytdi.
Batafsil komyuterdan kirib post qoldiraman Inshalloh.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  11 Dekabr 2010, 14:40:51

Hurmatli Lobar Aziz,sizi postlarizdan shuni bildimki,siz dunyoviy ilmiz ancha (to'liq mukammallik esa faqat Allohgagina hosdir),ruh Haqida Gapizga umuman qo'shilmeyman,
Alloh Taolo Quronu Karimda mana shundey marhamat  qildi "VA SENDAN RUH HAQIDA SO'RARLAR.SEN Ruh Robbimning ishidir.SIZga Juda oz bilim berilgandir" deb Aytdi.
Batafsil komyuterdan kirib post qoldiraman Inshalloh.

Men shunchaki, o`zimni anchadan beri o`ylantirayotgan mavzuda savol berdim. Ajab, hech kimdan to`liq javob ololmadim. Forumdoshlar oydinlik kiritishar, IshaAllox. Sizga rahmat, Muslimjon:)

Qayd etilgan


leonardo1024  11 Dekabr 2010, 15:07:05

Allohni borligiga hech qanaqa dalil qolmagandayam, bitta bakteriyani harakatiyam Alohni borligiga dalil bo'la oladi, shuday emasmi

Qayd etilgan