Мухаммад Сохиб, қолдирган постларингиз учун катта раҳмат. Лекин, "Аллоҳни ким сратган?" деган саволга Қуръонда аниқ жавоб бериб қсйилган:
3. У туғмаган ва туғилмагандир (съни, Аллоҳнинг сғил-қизи ҳам, ота-онаси ҳам йсқдир. У азалий ва абадий Зотдир).
Шунинг учун ҳам бу савол мени умуман қизиқтирмайди.
Юқоридаги савол сса бошқачароқ сди:
Nega Alloh ularning taqdirini bila turib, yana sinashda davom etadi? Axir Alloh hamma narsani, xususan kelajakni to'liq biladiyu? O'sha olimning kelajagini bilib turgan holda unga o'zining borligini isbotlovchi hujjatni jo'natishning nima keragi bor...
Бек ака сизга юқорида васваса ҳақида келтирган постларим бежиз смас сди. Сабаби, сиз ссраган нарсанинг ҳикмати Аллоҳга маълум. Биз бунақа нарсалар хақида сйлаб, бош қотиришга буюрилмаганмиз. Ундай хаёлларни бизга шайтон бошга солади.
Биз буюрилган нарсаларга оғишмай итоат стсак, иншоАллоҳ, ишонинг сизда пайдо бслган саволларга бир чеккадан жавоб олиб бораверасиз. Валлоҳу аълам.
Бу ҳақида бош қотиришнинг фойдаси йсқлигини мен шундоқ ҳам англаб етганман. Лекин, барибир айрим пайт бу "парадокс"ли ҳолатнинг сабаби ҳақида сйлаб қолади одам. Агар Қуръонда ёки Ҳадисларда бунга ҳам аниқ жавоб бслганида сди шайтоннинг иши сна бироз қийинлашармиди...
Avvalo, yana o'sha eski gapimizni takrorlaymiz:
Biz - Qur'on va hadisda kelganidek e'tiqod qilamiz. Turli xil "olimlar"ning ishlari-yu, e'tiqodlari bizga o'rnak emas.
Siz agar o'zingizni musulmon deb hisoblasangiz, bu "paradoks"ning yechimi juda oddiy:
Alloh qilgan ishlari haqida so'ralmaydi. Bandalar so'raladi. Alloh kimni xohlasa, rahmati bilan hidoyat qiladi, kimni xohlasa, hikmati bilan adashtiradi. Qaysi hikmati bilan? Nima uchun? Bunisi yana Allohning O'ziga ayon. Bizga Allohning ishlarini muhokama qilish emas, Undan kelgan buyruqqa bo'ysunish talab qilangan. O'zini musulmon sanovchi inson bilan kofirning o'rtasidagi farq ham asli shunda. Qur'onda ham, Hadisda ham buning yechimiga doir o'nlab dalillar kelgan. Lekin buni xolis aql bilan tushunish kerak. Ya'ni o'sha aql haqiqatni qidirishi lozim, oyat va hadislardagi "xatolik"ni emas. Lekin Siz qadar va boshqa g'aybiy narsalarga doir oyat va hadislarni tushunmas ekansiz, bunga aqlingiz yetmas ekan, unda Siz uchun bitta yo'l qoladi: o'sha tushunmagan narsangizni Qur'on va Hadisda kelgani uchun ham haq deya qabul qilib, boricha qabul qilsh va unga iymon keltirish.
Shaytonning ishiga kelsak, Siz o'zingiz shunday shubhali xayollar bilan uning ishini osonlashtirishingiz mumkin. Siz yaxshisi Muhammad Sohib akamizning postlarida keltirgan ma'lumotlarni yaxshilab o'qib chiqing. Shunda ham qalbingizdan shubha ketmasa, unda forum orqali savol-javobni ko'paytirib yurmang. Biror kattaroq olimning oldiga borib, shu masalada Sizni qiynayotgan savollarni bering. Masalan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning oldiga borishingiz mumkin.