Она сутининг сифатини ошириш.  ( 16602 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Муҳаммад Соҳиб  14 Dekabr 2010, 00:13:11

Ассаламу алайкум.
Ксрспмиз-ки, охирги пайтларда аввалгилардан фарқли слароқ қандайдир сабаблар билан ёш оналарда сутнинг сифати ва миқдори муаамога айланспти. Орамиздаги, тажрибалик оналар ва билимдонлар ушбу мавзуда билганларини фикр алмашсалар.
А­мизикли аёл сутининг сифат ва миқдорини оширишда нималарга сътибор қаратиши лозим?

Ҳозирча мен билган нарса Иссиқ, иссиқ дамламалардан ичиши керак.
Хсш, сначи?

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 13:53:40

Valaykum assalom. Rabbim go'daklarimizni rizqini mo'l qilsin iloyim.

Ona suti rostdan ham tariflab bitira olmaydigan darajada bebaho nematdir.
 
Alloh Taolo bandalariga, ayniqsa go'daklarga mehribondir.

Orada muammolar bo'lib turadi, inshalloh ularning ham chorasi bor.

Men ham qo'limdan kelgunicha, sizlarga yordam berishga harakat qilaman.

Ona sutini mo'llashtirish va sifatini oshirishni moddiy-manaviy taraflari bor.

Ona psixologik ham emdirishga tayyor bo'lishi kerak.

1. Bolani emdirishdan oldin sokin, tinch xonaga o'tsin.
2. Bolasiga mehrini berib, uning ko'zlariga qarasin.
3. Emdirish paytida faqat bolasini, unga bo'lgan sevgisini o'ylasin.
4. Bola qanchalik ko'p emsa, shunchalik sut ko'payadi. Ham ona ham bola bu jarayonga ko'nika boradi.



Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 14:05:00

Turkiyalik Proffesor İbrahim Adnan Sarachog'luning tavsiyalari:

Onalarda biyologik tarzda sut ozayib, ko'payib turadi.
Shunday paytlarda onalar bilib-bilmasdan hamma narsani yeyaveradilar.
Ona sutini ko'paytirish uchun:

Tahin holvasi, tut (qurtilgani bor bo'lsa kompot qiling), oq uzum (mayizi ham bo'ladi) va anjir yeyishlari kerak.

Anjir-qish oylariga kirar ekanmiz, vujudning quvvatini ortirib, sut ko'payishiga vasila bo'ladi.

Tut ham kamqonlikni ketkazadi. Tomog'dagi balg'amni ketkazib, jigar faoliyatini yaxshilaydi.

Yani onalar yegan narsalari ularni organizmlariga yaxshi tasir qilishi shart. Sog'lom onani suti ham mo'l, hamda sifatli bo'ladi, buni unutmang!




Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 14:13:42

Sut ko'paytiradigan sharbat:

600 lm suvni qaynating. 6-8 dona quritilgan anjirni suvni ichida 5 daqiqa past olovda qaynating. 1 dona sabzini archib, yupqa to'g'rang sharbatni ichida 4 daqiqa yana qaynating. Sovugandan keyin 2 ga bo'lib ertalab, kechqurun iching.
Sharbatni ovqatlardan 1-2 soat oldin yoki 1 soat keyin iching. 2 hafta ichganingizdan keyin to'htating. Kerak bo'lsa yana tayyorlab iching.

Prof. İbrahim Adnan Sarachog'ludan.

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 14:27:04

Bu masalani yana boshqa tarafi ham bor, yani ona sutini kamaytidarigan yeguliklar:

1. Tuz miqdorini butun ovqatlarda kamaytiring!

2. Petrushka

3. Kraxmal

4. Yalpiz

5. Sholg'om

6. Makkajo'xori

7. Keragidan ortiqcha sirka

8. Keragidan ziyoda limon

Qayd etilgan


_IYMONA_  14 Dekabr 2010, 15:12:48

Alloh rozi bo'lsin. Zamira opa foydali maslahat va ko'rsatmalariz uchun rahmat. Bularni kelinoyilarga albatta ko'rsatishim kerak ekan...

Qayd etilgan


Ansora  14 Dekabr 2010, 15:21:51

Amin jumlamizdan İymonaxon.

Yana onalardan turli xil noxush xabarlarni uzoq tutinglar. Janjal va tortishuvlardan ham uzoq turishlari kerak.

Ular siqilganda, yig'laganda ham suti kamayadi, xatto bazan umuman sut kesiladi,  Alloh saqlasin...

Qayd etilgan


Ansora  15 Dekabr 2010, 15:03:33

Onalarga yana Фенхель обс‹кновеннс‹й (O'zbekchasini bilmadim, ukropga o'hshaydi)
http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B5%D0%BD%D1%85%D0%B5%D0%BB%D1%8C_%D0%BE%D0%B1%D1%8B%D0%BA%D0%BD%D0%BE%D0%B2%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B9

Липа http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9B%D0%B8%D0%BF%D0%B0

Анис http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BD%D0%B8%D1%81

larni damlama choylarini ichish ham tavsiya etiladi.


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Dekabr 2010, 19:44:23

Sut ko'paytiradigan sharbat:
600 lm suvni qaynating. 6-8 dona quritilgan anjirni suvni ichida 5 daqiqa past olovda qaynating.
1 dona sabzini archib, yupqa to'g'rang sharbatni ichida 4 daqiqa yana qaynating. Sovugandan keyin 2 ga bo'lib ertalab, kechqurun iching.
Sharbatni ovqatlardan 1-2 soat oldin yoki 1 soat keyin iching. 2 hafta ichganingizdan keyin to'htating. Kerak bo'lsa yana tayyorlab iching.

Prof. İbrahim Adnan Sarachog'ludan.
anjir juda issiq mijozli meva, bu sharbat ichni qotirmasmikan?

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2010, 15:12:56

Sut ko'paytiradigan sharbat:
600 lm suvni qaynating. 6-8 dona quritilgan anjirni suvni ichida 5 daqiqa past olovda qaynating.
1 dona sabzini archib, yupqa to'g'rang sharbatni ichida 4 daqiqa yana qaynating. Sovugandan keyin 2 ga bo'lib ertalab, kechqurun iching.
Sharbatni ovqatlardan 1-2 soat oldin yoki 1 soat keyin iching. 2 hafta ichganingizdan keyin to'htating. Kerak bo'lsa yana tayyorlab iching.

Prof. İbrahim Adnan Sarachog'ludan.
anjir juda issiq mijozli meva, bu sharbat ichni qotirmasmikan?

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, suvga hech qanday shirinlik qo'shilmaydi, anjir shirinini suvga chiqaradi va sabzi ham solingan, demak bunda ham bir hikmat bor.

İbrahim Adnan Sarachog'luning shaxsiy sayti, Turkcha biladiganlar qarab ko'rishsin:

http://www.saracoglu.at/

Qayd etilgan