100% kafolat berib aytamanki, ochlikni hech qanday salbiy tarafi yo'q!!!
Akam 100% Degan Joyizga sal Boshqachoroq Chiqganda.AlloH Bilguvchi...Kimga Qanaqa Tasir qilishi Faqatgina Allohgagina Ayon...beodoblik uchuN Oldindan Uzur..
Adashmadim mavlono, shuning uchun ham 100% dedim
O'zga inson salomatligi haqida bilib bilmay yozavermayman. Sal hato ketsa inson majruh bo'lib qolishi mumkin, Alloh saqlasin. Shunga aniq bilib keyin tavsiyalar beramiz.
Zotan siz asab kasalligi bo'yicha maslahat so'ragansiz, biz ham shu yo'nalishda javob berdik. Bu mavzuda tajribam yaxshi, sizga pm yozib ham aytgan edim, meni kasalim ham asabdan deb.
Endi kimga qanday ta'sir qilishiga kelsak, hammaga birday ta'sir qiladi. Faqat birovga tez, boshqasiga sekin. Bu ichki iflosliklarga qarab bo'ladi yoki boshqa dardlari ham borligiga qarab bo'ladi. Masalan men juda ko'p miqdorda antibiotiklar olganman, tanamda juda ko'p kasalliklar bor. Tozalanish ham shunga yarasha ko'p vaqtni olmoqda, asabiylik, miya shamollashi, miyadagi tiqilmalar, allergiya, qon bosim, ko'z xiraligi, eshitish sustligi, yurak atrofidagi sanchiqlar, jigar, buyrak, bronxit... va hokazo. Alhamdulillah hozir anchasidan qutuldim, 7 oy davomida bir donagina bo'lsin tabletkani og'zimga olmadim.
Rejimni (tuz, yog', kofein, krahmal, qand moddalari iste'moli) buzmasa, tozalanish jarayoni tezlashadi. Bordiyu kunda kunora non, go'sht, shirinlik, qahva iste'mol qilib yursa, tozalanish ham shunga yarasha cho'zilaveradi.
faqat ayrim (sanoqli) kasalliklargagina ochlik tavsiya etilmaydi. Jumladan, men yuqoridagi postda aytdimki, oshqozon yarasiga ham ochlikni tavsiya etardim deb. Buni huddi sizga bergan maslahatday amalga oshirib bo'lmaydi, dardning o'ziga qarab rejim belgilanadi.
Endi "Alloh bilguvchi" deganingizga kelsak, albatta Alloh bilguvchidir, ilmni "Allohday bilaman" degan da'vo bilan chiqqanimiz yo'q, bu kufrdir, O'zi saqlasin!!!
Aqida ilmini o'rganib olsak foydadan holi bo'lmasdi.
Alloh ayrim ilmlarnigina biz bandalaridan maxfiy tutgan, bularni "G'ayb ilmi" deyiladi. Salomatlik esa g'ayb emas, bizga o'qib o'rganish buyurilgan. Zero, tanamiz tuzilishini o'rganib borgan sayin Alloh mo'jizalariga qoyil qolaveramiz. Ochlik yordamida ham tanamiz qanday tuzilganini kitoblarga qaramay turib ham xis qila olasiz, ajoyib o'zgarishlar yuz beradi. bu ziyonsiz ekanligini xohlasangiz o'qib o'rganing, xohlasangiz amalda sinab ko'ring...
Alloh taolo har sohaga xakim qilib ma'lum bir jamoani tanlaydi, o'sha xakimlar yozib ketgan ishlarni keyingi avlod o'qib o'rganadi. Biz ham o'zimizdan oldin yozib ketgan xakimlarning ko'rsatmalarini o'qib o'rganib, o'zimiz ham amalda sinab keyin boshqalarga tavsiya etmoqdamiz.
Agar ishonmasangiz umuman parhez va ochlikka o'tmang, bu foydasiz!!! Odamda birinchi o'rinda ichki ishonch bo'lishi kerak.
Oddiy suvni ushlab "Bu xindistonda o'sadigan dunyodagi eng shifobaxsh o'simlik suvi, bismilloh, Allohim o'zing shifo ber" deb ichsangiz, bu ham tuzalishga sababchi bo'ladi, vallohu a'lam. Chunki, sizda ichki ishonch bor, bu asablarni harakatga keltiradi, yo'nalishlarni o'zgartiradi.
Bordiyu toza asal ushlab "Bu zaxar! Xitoyliklar asalday qilib tayorlagan eng kuchli zaxar" deb o'ylab ichsangiz, uzoqqa borolmay yiqilasiz, qo'rquv bosh miya faoliyatini, so'ng yurakni ishdan chiqaradi.
So'nggi gaplar Luqmoni Hakim qissasidan bir xissa.