Ajoyib mavzu, forumdoshlarni yaqindan tanib olganday bo'ldim, Alloh rozi bo'lsin BelleQizcha.
1) Davrada o'tirganimda juda kamgapman, ro'paramdagi odamlar zerikib ketishi aniq. shuning uchun uyga mehmon keladigan bo'lsa, birorta do'stimni ham chaqirib olaman.
2) Hammani hurmat qilganimday boshqalardan ham hurmat kutaman, agar birortasi odobsizlik qilsa, undan o'zimni olib qochaman... : (
3) Tez hafa bo'laman, yurak siqilganda kitob bozoriga borib kitoblar harid qilaman. Kitobsiz hayotimni tasavvur qilolmayman

4) Mutakabbir, bir qo'lini cho'ntagiga solgan ko'yi so'rashgan kimsalarni yuziga qaragim ham kelmaydi.
Badavlat odamlar orasida bunday odobsiz odamlar yo'q, hammasi puli bir-ikki kunga ko'payib qolgan, o'pkasini bosolmay yurgan kimsalarda uchraydi. shunaqalar chatoq, yer shundaylarni ko'tarib turganiga ham achinsa kerak.
5) Yumorga boyman. Ko'ngilni hira qiladigan ishlardan chetda bo'lishga harakat qilaman.
6) Ochiq chehrali, doim kulib yuradigan odamlarni yaxshi ko'raman. Forumdoshlardan Arbuzchi, Javlonbek, Chustiy va AbdulAziz bunga misol.

7) Bolalarni juda yaxshi ko'raman, ayniqsa, 2-5 yoshli bolachalar bilan gaplashib o'tirishni.


Tarixga boy joylarda sayohatga chiqishni yoqtiraman.
9) Jinsi shim va shu kabi yengil kiyimlarda yuraman.
Qavat-qavat kiyinib yurishga hech toqat yo'q, shungami, qishning sovuq kunlarida ham bittagina jemfer ustidan paltoni kiyib chiqib ketaman-u qaytishda uyga burunni tortib kiraman

Lekin to'ydan keyin biroz o'zgarib qoldim, har qalay yana 2 kishiga javobgarman

10) Mashinalarni yaxshi ko'raman.