Biz Bilmagan Porumchilar...  ( 142476 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 34 B


AbdurRohman  23 Dekabr 2010, 15:12:03

turib-turib, birdan ilhom kep qolganda she'r to'qivoraman. asosan yumor :-). Lekin yozib qo'ymiman uchun umri juda qisqa bo'ladi  :D

Qayd etilgan


BelleQizcha  23 Dekabr 2010, 20:05:21

Khozir yozgan narsam ochib kettdi.. afsus yana yozamamiza.
-Ashula hirgoya qilganlar yoqmaydi,,, hirgoya qilsa ichida qilsin digim kelaadi. lekin etomiman...
-MAQTASH  eng yomon korgann narsam.. odadta hecham maqtamiman.. MAQTASHADI disam -deee
-Sho'r achiq, narsalar yoqadi.. shirinliklarni yaxshi koraman-u lekin ikki marta yesam yoqmiy qoladi..
-Coffeeni shakarsiz ichaman... Shaarligi yoqmiydi..
-Qarilaga qarasam, juda siqilaman lekin khzoir unaqa bo'magan.. Bir dugonam keksalar uyida ishlaydi.. doim qari larni korib qolsam vayy bechara qara dirdim.. U bosa shu qarilarni korishin bilan yoshligini esslab ezilvotti dib oylasen hato qilasan...bu qarila baloni o'qi dirdii.. kiyin bilsam.. dugonam qarilarga ukol qilarkan.. qarilaar dugonami korishlari bilan doposlab urisharkan.. shu gapi eshitganimda yumalab qogandim......
-Tuxum khzoir yoqmasayam lekin yoshligimda juda-juda yaxshi korganman... kechasi uxlavotganimda oyi ertaga tuxum yiman-aa dib uxlirdim..
-Yashirmiman, Har kuni oQshom ertaklarini korib uxlirdim..
-Yoshligimdagi eng yaxshi korgan kinoyim RAMAYANA- ;D ;D ;D ;D ;D ;D
-bozorga borish jonuuu dilim....
-Radio juda kop eshitaman.. agar uzbek toliqinlarni topsam undan-da zo'r
-eng hunuk ovoz egasi man uchun Rayhon(lekin kopchilika yoqadi)
-Ulug'bek Qodirov actyor bilan bitta tralebusga chiqardik..
ana esimga tushgani shu khozircha

Qayd etilgan


azizbek_mx  23 Dekabr 2010, 20:37:02

Hmm, bolalar va bojalar eng sevimli  guruhlarim. Mo'min aka Aripov olamdan o'tganini eshitib umuman ishonmaganman, to'rirog'i ishongim kemagan. Olloh raxmaiga olsin. Mashina haydash jon dilim, tog'li hududlarni ekspeditsiya qilish yoqadi. O'zimizdan chust, chortoq, yangiqo'rg'on, kosonsoy tumanlari juda yoqadi. Safarga chiqsam allbatta f.apparatim va v.cameramni olvolaman. Texnikaga juda qiziqaman, lekin fizikadan nolman. Uf yana jonga tegdi tel.dan post qilish, hali aytishuv mavzusida Lobar  AZIZga post qilishim kere, bo'pti ko'rishamiz rexmet

Qayd etilgan


Gabriela  24 Dekabr 2010, 18:49:15

p.s. shu mavzuni ochgan BelleQizcha opachamga ham katta rahmat, hammani ko'rgandek bo'ldim  :) :D

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Dekabr 2010, 21:47:34

Ho'sh... Yana davom etamiz...
1. Kasal bo'lishim juda qiyin, lekin kasal bb qolsam sog'ayib ketishim ham battar qiyinlashadi. Chunki dori ichishni yomon ko'raman. Agar tabobat qandaydir damlama, taom yoki o'simlik taklif qilsa, qiziqishga qo'llab ko'raman. Yoqmay qolsa, samarasi bo'lsa ham qo'llagim kemay qoladi.
2. Boshyalang yurishni yaxshi ko'raman, shuning uchun ham sochimni kaltalatib o'zimni shapka kiyishga majbur qildim. Bu ahvolda boshyalang yurishga uyalaman, sovuq ham ta'sir qiladi :D
3. Sekin ishlaydigan kompyuterda qiynalmayman, chunki ko'nikib ketgandim. Tez ishlaydiganiga endi ega bo'ldim :D
4. Tv ni ko'nglim ko'targanini ko'raman, sevimli ko'rsatuvim ohanglar jilosi (yoshlar)
5. (mehmon qiladiganlar diqqatiga!!!) Ko'proq salatlarni xushlayman. Shulardan eng sevimlisi va qo'limdan keladigani gulkaram salati. Keyin, vinegret, oliviya diganlariyam yomonmas.
6. Xooop, yana..... Rasmga olish, montaj qilish bilan birga pechat ham qilaman. Bir vaqtlar xonamdagi devorlar to'lib ketgandi rasmla bilan
7. Oldinlari siqilib ketsam kechqurun ikinchi qavatdagi xonamni derazasiga chiqib olib hayol surib o'tirardim.
8. Yulduzlarga juda ko'p qarayman. Ba'zan yog'in vaqtidayam yulduzlani axtarib qolaman nimagadur
9. Biron marta oyog'im yoki qo'lim singani yoxud boshim yorilganini eslolmayman
10. Futbolni juda qo'pol o'ynayman. Agar haqiqiy hakam bo'lgandg menga yigirmatacha qizil bergan bo'larmidi... Vallohu a'lam.
Hozircha shula xolos

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  25 Dekabr 2010, 13:25:58

Salom saloooom!
1)Uyda kenja qizligim uchun erkaroqman. Salgina muvaffaqiyatsizlik yoki tanqidchadan ham hafa bo`lib ketaman. Arazlashim nari borsa uch daqiqa. Keyin yana apoq-chapoq bo`lib ketaveraman:)
2) Ko`p kulaman:)
3)Ko`nglimga yoqqan odamlar bilan (har doim kulib turadigan quvnoqlarni yaxshi ko`raman) rossa ko`p gaplashvoraman. Uyda esa aksincha, kamgapman.
4)Negadir to`y, oqshom, tug`ilgan kun, yig`inlarga bormayman, qarindoshlarnikigayam. (Uyalamanmi, odamoviligim tutib qoladimi...) Undan ko`ra uyda bitta o`zim qolib kitob o`qishni, xayol surishni, binnimala yozishni yoqtirman.
5)Pishiriqlar, hamirli taomlar pishirishni yaxshi ko`raman. (Vaqt bo`ganda)
6)Kichkinaligimdan Popu deb chaqirishardi, haliyam bitta ikkitasi etsa jahlim chiqadi, "Endi popumasmaaan!" deb:)
7)Odamlarga tez mehrim tushib qoladi. Birpasda yaxshi ko`rib qolaman.
8)Chaqaloqlarni, bolalarni qanchalar sevishimni tasavvur ham qilolmaysiz!
9)Jiddiy odamlar orasida yuragim siqilib, portlab ketiy deyman. 10) Telefonda gaplashishdan ko`ra sms yozishni yoqtiraman.
11)Gazetamda muhabbat sahifasida sms viktorinalar o`tkazaman, o`zimni nomerimni berib qo`yganimga bir kunda ellik martalab telefon bo`ladi. Shuning uchun har doim bezzvukka qo`yib sho`rlik sotkani sumkamga tashab qo`yaan. "Tanishilu" degan so`zni o`lgudek yomon ko`raman!
12)Badiiy kitoblar haqida gapirish sevimli mavzuim! ayniqsa Tog`ay Murod ijodi haqida:) Bitta kitobni (hajmidan qat'iy nazar) o`qishni boshlasam tugatmagunimcha uxlamayman.
13)Shu kunlarda aratorlikka qiziqib qoldim, chuqurroq o`rganishni o`ylab yuribman.
14)Uyquni yaxshi ko`raman(uyat bo`sayam) Lekin juda kech uxlayman.
15)Ko`nglim juda bo`sh. Vir va Zarani ko`rganimda doim yig`layman:)
16) Qondan qo`rqaman. Hatto suvarak, sichqonlarni ham o`ldirishni hohlamayman. Kichkinaligimda qopqonga tushgan sichqonni ko`rib rosa yig`laganman:) Bundan bir yil oldin ishdan kegunimcha qo`yimni so`yib qo`yishganda, bir hafta hech kim bilan gaplashmay, bir oy xolodilnikni ochmaganman.(Ochsam go`yo so`yilgan sho`rlik qo`yim "beeeee" deydigandek edi)
17)Quyon boqqim keladi judayam. Qani birov sovg`a qilsa:)
18)Ovqat kamdan-kam yeyman(ishonmasligingiz mumkin lekin rost) shundayam faqat tuxum yo qovurilgan kartoshka bo`lsa. asosiy ozuqam kofe va shokoladli pechen'elar.
19)Eng katta orzularimdan biri "Qariyalar uyi" va "nogironlar internati"ga hayr qiladigan darajaga yetish... InshaAllox, albatta bir kun shu darajaga yetaman.
20)Roddomda onasi tashlab ketgan (shundaylar ham bor), ko`chada qarovsiz qolgan, detdomdagi chaqaloqlardan qaramog`imga olishni hohlayman. (shunday desam doim urishishadi, nima bo`pti ahir?) Bir kun shunday ham qilarman nasib etsa. Savobku!
Hozircha shu..........

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 Dekabr 2010, 00:12:46

haa ko'z tegmasin... ochgan mavzuyimga.... alami chiqvotganla eshik chap tarapda.
-Kechirim so'rash men uchun eng oson aytiladigan so'z... bir hilladan lekin bu so'z chiqish juda qiyin.
-Achkiy taqaman!

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Dekabr 2010, 01:04:29

Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh!

8.Fudbool o'ynashni yaxshi ko'raman,lekin tomosha qilishni emas,va anuvi Inglizlarni fudboolni ham yaxshi ko'raman.
Sababi:Rosa jahlim chiqsa men o'ynaydigon o'yinda shunga.

Hali Futbol ha O'ynab Turaman Deng////????? ??? ??? ???

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 Dekabr 2010, 04:00:23

alami chiqvotganla eshik chap tarapda.

Hafa bo'misiz degan umitda yozdim:
BelleQizcha o'zimdan kattalarga buyru yoki nasihat berishni yomon ko'raman,ammo bu gapiz og'ir botadi.
Bita manga emas o'qigan odamga shundek bo'la kerak deb o'yliyman,o'qigan odam bu gapni manga eytdimikin degan o'yga boradi.
Bundek deb nega yozganizga anig'rog'i tushunmadim,keyin bu gapni kimga moslashtirib yozganizga ham...


Kechirasiz.... hali forumda yangi siz.. mani tanimisiz.. har narsaniyam, vay manga qaratilgan unaqa bunaqa tuda-suda gaplarni yig'ishtirin,,
\BelleQizcha fitnadan va birovlaga kesatib gapirishda juda uzooo..
rexmet.

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Dekabr 2010, 09:25:25

He he he he he
Yangilar bellexonimga duch kep qolisgra, holiga voy... He he he he he

Qayd etilgan