Biz Bilmagan Porumchilar...  ( 172542 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 34 B


Nurilla  22 Dekabr 2010, 04:00:58

Jaa ajoyib mavzu ekan. Ha mayli man ham kiritib qo'ya qoli.

1. Uyimizni shaxsiy santehnigi, ustasi man. Magazinga borsam, ortiqcha pulimga ubu narsa olib yashigimga sob qo'yaman. Bitoviy tehnika ishdan chiqib, axlatga tashlanadigan bo'lsa, shurp mayda chuyda narsalarini yechvolaman.

2. Nervinniman.

3. ITga juda qiziqaman. Juda ko'p komp.larni buzganman, gameclublarnikini.

4. Internet jinnisiman.

5. Klassicheski shimda yurishni yoqtiramanu, kostyumni yoqtirmiman.

6. Mashina haydashni yaxshi ko'raman.

7. Forumdagilar bilsa kerak. Kurtlar vadisini ashaddiy muxlisi va asosiy xomiysi o'zimman. :)

8. Telda gaplashishni uncha yoqtirmiman, o'shanchun o'rtoqlarim hafa bo'ladi tel ham qimisan deb.

9. E yetadi shu ham.

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Dekabr 2010, 04:37:29

2 yil oldin.. telfon miyyaga yomon dib eshitgandim.. shundan beri telfonda gaplashmiman orniga sms yozib qoyaa qolaman....
endi oyijonga ilojsiz telfon qib qoyaman....

Qayd etilgan


azizbek_mx  22 Dekabr 2010, 08:42:10

Eng yomon ko'rgan ishlarimdan biri ertalab turib o'rnimni yig'ish

Qayd etilgan


Dilafruza  22 Dekabr 2010, 17:38:30

 :D yaxshi blog bo'pti
O'zim haqimda etadigan bosam:
1. Qovrulgan kartoshkani pomidor bilan yeyishni yaxshi bo'raman(lekin bildimki, kartoshka va pomidorni birga yeeyish zarar ekan)
2. Klasichiskiy kiyinishni yaxshi  ko'raman har hil aji-bujilarni ko'rishga ko'zim yo'
3. Odamla bilan birdan kirishib ketaman agar u odam manman bo'lmasa,
4. Ba'zida shunaqa holat bo'ladiki hech kim bilan gaplashgim kelmidi shunda ko'pincha kimnidir hafa qilib qo'yaman  :( keyin afsuslanib yurman
5. Hafagarchilikni yomon ko'raman shuning uchun ko'p uzr so'riman
6. Ko'chada yurganimda odamlarni boshdan oyoq ko'zdan kechirishni yoqtiraman.  (hamma har hil ularni yuzidan qanday insonligi bilinib turadi har doim ham emas albatta)
7. Insonlar taqdiriga hech qachon befarq  emasman. Qiziq
8. Ko'p hazil qilaman
Manimcha shula holos ;D

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Dekabr 2010, 17:43:25

2 yil oldin.. telfon miyyaga yomon dib eshitgandim.. shundan beri telfonda gaplashmiman orniga sms yozib qoyaa qolaman....
endi oyijonga ilojsiz telfon qib qoyaman....


Mde unda siz kasalsiz....
judaaa guzal gaplar..
rehmet

Qayd etilgan


azizbek_mx  22 Dekabr 2010, 21:06:17

Gullarni rasmga olishni juda yaxshi ko'raman, ko'pro krupniy planda

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  22 Dekabr 2010, 22:33:53

Ajoyib mavzu, forumdoshlarni yaqindan tanib olganday bo'ldim, Alloh rozi bo'lsin BelleQizcha.
1) Davrada o'tirganimda juda kamgapman, ro'paramdagi odamlar zerikib ketishi aniq. shuning uchun uyga mehmon keladigan bo'lsa, birorta do'stimni ham chaqirib olaman.
2) Hammani hurmat qilganimday boshqalardan ham hurmat kutaman, agar birortasi odobsizlik qilsa, undan o'zimni olib qochaman... : (
3) Tez hafa bo'laman, yurak siqilganda kitob bozoriga borib kitoblar harid qilaman. Kitobsiz hayotimni tasavvur qilolmayman : )
4) Mutakabbir, bir qo'lini cho'ntagiga solgan ko'yi so'rashgan kimsalarni yuziga qaragim ham kelmaydi.
Badavlat odamlar orasida bunday odobsiz odamlar yo'q, hammasi puli bir-ikki kunga ko'payib qolgan, o'pkasini bosolmay yurgan kimsalarda uchraydi. shunaqalar chatoq, yer shundaylarni ko'tarib turganiga ham achinsa kerak.
5) Yumorga boyman. Ko'ngilni hira qiladigan ishlardan chetda bo'lishga harakat qilaman.
6) Ochiq chehrali, doim kulib yuradigan odamlarni yaxshi ko'raman. Forumdoshlardan Arbuzchi, Javlonbek, Chustiy va AbdulAziz bunga misol.  :3
7) Bolalarni juda yaxshi ko'raman, ayniqsa, 2-5 yoshli bolachalar bilan gaplashib o'tirishni. : )
8) Tarixga boy joylarda sayohatga chiqishni yoqtiraman.
9) Jinsi shim va shu kabi yengil kiyimlarda yuraman.
Qavat-qavat kiyinib yurishga hech toqat yo'q, shungami, qishning sovuq kunlarida ham bittagina jemfer ustidan paltoni kiyib chiqib ketaman-u qaytishda uyga burunni tortib kiraman : ) Lekin to'ydan keyin biroz o'zgarib qoldim, har qalay yana 2 kishiga javobgarman : )
10) Mashinalarni yaxshi ko'raman.

Qayd etilgan


azizbek_mx  23 Dekabr 2010, 08:48:11

Matizimizi iki marta savaganman, bir marta balonini yorganman. Shundan beri pravadan umid qilaman, balki shunda mashinani haydashga berishar...

Qayd etilgan


UzMuslim  23 Dekabr 2010, 11:59:04

Komyuter Qarshisida 24 soat O'tria olaman Deb Yozgandim,Bugun Bilsam 48 soat ham O'tira olar ekanman....

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2010, 13:58:38

Bellexon, mavzu o'zimniki deb offtop qilish yo'qda endi ;D

Bugunlik o'zim haqimda:) inson o'zini tanishi yaxshi narsa lekin, chunki o'zini tanigan insongina boshqalarni taniy oladi:)

1. Bazan juda dangasaligim tutib ketadi, turib turib birdan ishga tushib ketaman. Birdan energiya kelib ketadi:)
2. Uyimdagi mebellarni joyini haftada 1 almashtirib turaman, xuddi yangi uyga ko'chganday bo'ladi odam, ilgari ishlagan joylarimda meni dizayner saylashgandi, hech qayerda bu bilan bog'liq ta'lim olmagan bo'lsam ham bolaligimdan qiziqaman narsalarni chiroyli joylashga. Uyimdagilar ko'nglim cho'kmasin, deb "Ay bunaqasigayam chiroyli bo'pti-ya" deb qo'yishadi ;D
3. Yaqinimdagilarga zarar beradiganlarga ashaddiy dushmanman. Xoh katta, xoh kichik bo'lsin himoya qilaman. Bu bilan bog'liq forumda ilgari yozgandim:) oila a'zolarim bo'lsin, yoki forumdosh ezilganni yonida bo'lishni o'zimga vazifa deb bilaman. Yani "menga nima" deyishni yomon ko'raman.
4. Husni-xat yozuviga juda qiziqaman. Bu san'atni "Sulus" sohasi bo'yicha 1 yil kursga bordim, domlamiz menda iste'dod borligini aytganlariga qaramay, xozir umuman vaqtim bo'lmayabdi:(
5. Kino ko'rishga sabrim kamdam kam yetadi. Bu kinoni judayam yaxshi ko'rishim kerak. Uy ishini bahona qilib kinoni yarimida qoldiraman har doim, garchi yana vaqtim yo'q bu oralar:)
6. Turli xil pishiriqlar, ovqatlar pishirish jonu dilim. Oshxona-men uchun san'at galereyasi:)
7. Judayam o'jarman, birov qil, degan narsani odatda bajarishni yomon ko'raman:)
8. Hamma yaxshi ko'rgan ashulachi, ashulani men nimagadir yomon ko'raman:)
9. Bolaligimdan beri hovlisini yonida suv oqadigan uyni xayol qilaman, bog'ini o'ylayman doimo. Charchagan mahallarim shu xayolim meni sokinlashtiradi.
10. Muzqaymoqni judayam yaxshi ko'raman, bolaligimdan beri eng yaxshi ko'rgan yeguligim muzqaqmoq:) xatto "Sehrli shapkachani" kiyib muzqaymoq sotadigan joyda ko'rinmasdan yeeeb o'tirishni 9-10 yoshlarimda ko'p o'ylardim:)

Qayd etilgan