Kasalxonada yotishni juda yomon ko'raman. Ukoldan juda qo'rqaman, ayniqsa tomirga haydashsa, lekin birortayam qoldirmaganman.
Tomirimga suv ulavotgan hamshirachala yoki praktikanlani qo'rqitishni juda yaxshi ko'raman, igna kirishi bn 'hiq' deb nafas olamande, azgina aktyorli qilaman, qarabsizki, hamshira OPPOQ!
Biror begona joyda yotib qolishga to'g'ri kelsa, avval qibla tomonni surishtirib olaman, aks holda kechasi bn uxlolmay chiqishim ham turgan gap. Keyin bunday joyda har qancha kech uxlamay, juda erta turib olaman. Uyg'onib ketaveraman.
Oilamizda qiz tug'ilmagani sabab uy yumushlaridan ancha tajribam yuqori. Shu sababli kelinoyilarimdan ko'nglim to'lmaydi. Nimayam qilolardim. Akalarim hurmati indolmayman. Lekin ba'zi salatladan tashqari pishiriq qo'limdan kemaydi.
Eng buyuk orzularimdan biri - sifat va xizmatda yagona bo'lgan xususiy studiyamni ochish!
Odamlar bilan kirishib ketishim juda qiyin. Nimagadir ichimdagi hama gapim esimdan chiqib ketadi. Shuning uchun ham faqat tinglayman. Ma'qul kelsa tasdiqlayman, tushunmasam jim tinglayman, agar yoqmasa dalillar bilan e'tiroz bildiraman.
Adabiyotga juda qiziqaman, lekin ovoz chiqarib o'qish juda noqulay