*Ochlik haftada bir marta 24-36 soat ovqat yemay faqat suv ichib o'tkazish.

Aka, bunday och yurishni sog'liqqa zarari yuqmi ishqilib. Bunday muojalani qanday insonlar qilishini maslahat bermiysiz? Va qanday kishilar qilishini maslahat berasiz? Kamquvvatlikka olib kelmiydimi?
Javob uchun oldindan rahmat!
Ming afsus, ko'p odamda shunday fikr bor. Ochlikni umuman zarari yo'q, odam ochlikdan o'lmaydi, aksincha to'qlikdan o'ladi! Amerikaga nazar solaylik, hamma to'q, hamma supermarketdagi kimyoviy moddalar bilan boyitilgan mevalar, taomlar, sut mahsulotlari, kola kabi ichimliklar, mc donalds kabi og'ir tuz va yog'li tez pishar taomlarni deyarli har kuni iste'mol qiladi. Kasallar ham aynan amriqoda to'lib ketgan, yoshlar ham erta diabetga chalinadi, ko'p qismi semizlikdan aziyat chekadi.
To'qlik juda ko'p kasallikka sababchidir. Ochlik esa organizmga dam beradi, tanamiz bo'shashadi, boshida tez toliqib qolamiz...
O'tmishga ham bir nazar solaylik. Filosof Arastuni bilmaydigan odam bo'lmasa kerak. Arastu kimni shogirdlikka olsa, avval 40kun och yurishni shart qilib qo'ygan. Ochlik davomida organizm dam oladi, organizmdagi zaharlar chiqib ketadi, qon tozalanadi. natijada fikrlash qobiliyati ortadi, xotira kuchayadi... 100% kafolat berib aytamanki, ochlikni hech qanday salbiy tarafi yo'q!!!
Aksincha, yuzdagi ajinlar ketadi, har hil toshmalar yo'qoladi, ichki kasalliklar ham ketadi, yurak yengillashadi, jigar quvvatlanadi, oshqozon hazm qilish a'lo darajaga chiqadi, fikrlash ortadi, odam quvnoq bo'lib qoladi.
Biz buyuk olimlar (xoh fan olimi bo'lsin, xoh din olimi) barchasi kam yeyishganini, ochlik o'tkazib turishganini o'qiganmiz.
Payg'ambar a.s.lar deyarli barchasi chilla o'tirib ochlik qilganlar. Bunda xotira (eslash qobiliyati) juda kuchayadi, hatto, yoshligizda bir bor ko'rgan narsalaringiz ham to'sattan esingizga tushib ketaveradi.
Shuning uchun barcha buyuk zotlar kam va tabiiy taomlar bilan oziqlanishgan, va tez tez ochlik o'tkazib turishgan.
Men hatto oshqozon yarasiga ham, jigar shishi (gepatit)ga ham, diabet (qand)ga ham ochlikni buyurgan bo'lardim.
Buni payg'ambarlar ham, boshqa buyuk xakimlar ham o'z boshidan o'tkazgan. Umuman bezarar, aksincha foydasi cheksiz bo'lgan bir tozalanishdir.
Ochlikda qiyinchilik bo'ladi, boshida oshqozon ovqat tushmaganidan burab og'riydi. Bu tabiiy holat.
Suvli ochlikni o'tkaza olmasangiz tarvuzli ochlik ham bo'ladi hozir. Kunlik meyor, 3kg! 3kg tarvuzdan boshqa hech narsa yemaysiz, ichmaysiz. shu 3kg tarvuzni bir necha qismga bo'lib kun davomida iste'mol qilinadi.
Lekin bu tarvuzli ochlikni diabetga chalinganlarga tavsiya etilmaydi, sababi tarvuzda glyukoza juda ko'p miqdorda uchraydi, bu qand miqdorini oshirib yuboradi.
Ro'zani ham misol qilsak bo'ladi. Ro'za ham ochlikdir, ro'za bilan ham tanamiz dam oladi. Faqat ro'zani ham dinimiz buyurganday tutish kerak, iftorlikda to'yib ketguncha yeyish yaramaydi.