10ta faktmi, mana 10ta fakt bo'masa:
1. Klaviaturada matn terayotganda chap qo'limda ko'rsatkich barmoqdan, o'ng qo'lda esa o'rta barmoqdan foydalanarkanman.
2. Oxirgi 2-3 yil ichida o'qishni boshlagan badiiy kitoblarimni birortasini ham oxiriga yetkazmaganman ("Jinoyat va jazo"ni ikki marta "tashlab ketganman")
3. O'zim xohlasam yarim soatda qilishim mumkin bo'lgan ishni, kimdir buyursa, ikki hafta ham qilmay yurishim mumkin.
4. Tez jahlim chiqib, tez joyiga tushadi, gina saqlamayman.
5. Forumga Google orqali "keb qoganman".
6. Forumda boshida ko'pchilik qiz bola deb o'ylagan
(avatar uchun)
7. Iqtisodiy qarashlarda Milton Fridmanga, Jon Meynard Keynsga tan beraman, garchi ikkalasi ko'p hollarda bir-biriga qarshi bo'lsa ham, falsafiy qarashlarda - Suqrotga (ismimizam o'xshab ketadi
)
8. Metroda yurishni yoqtirmayman.
9. Ertalab choy ichayotganda yaqin-yaqingacha ikki piyola shirin choy ichardim, endi esa bir piyola shirin choy, bir piyola "bemaza" (katta bo'lyapman shekilli
)
10. Kichkinaligimda onam ishga ketayotganlarida meni ham olib keting deb yalinib podyezdgacha chiqardim... har kuni...