Biz Bilmagan Porumchilar...  ( 172895 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 B


BelleQizcha  05 Fevral 2012, 03:27:46

Shuncha yashab, shuncha sovga omagandim, hijobga kirib oldim.. Bulardan bittasi


Qayd etilgan


zakiyyah  05 Fevral 2012, 06:42:56

Shuncha yashab, shuncha sovga omagandim, hijobga kirib oldim.. Bulardan bittasi


Voooooooy bula perojniymiiii Allohim davomli qisin! :D

Qayd etilgan


Shuhrat_  05 Fevral 2012, 08:47:41

Ўзни ҳар он тссарсиз
номаҳрамлардан.
Балки кимлардир сизни мазах
қилар.
Минг бора афзалсиз сиз
улардан!
Аллоҳ рози бслсин сиздан
муслималар!
Улар кийиб олиб тор либосни,
Аомаҳрамга сзин ксз-ксз
қиларлар.
Сиз жуфтингиз учун қиларсиз
пардозни,
Аллоҳ рози бслсин, сиздан
муслималар!
Bir birodar ijodlaridan

Qayd etilgan


Ansora  06 Fevral 2012, 15:23:45

Nizomiyda o'qib yurganimizda "O'zbekiston Vatanim Manim" qo'shiq konsursiga qatnashganman:) Adashmasan she'rni prorektorni qizi yozgandi, musiqasini esa Musiqa fakultetidan (muzfak) bir domla bastalagan edilar. Ya'ni qo'shiq yangi yozilgandi, kuylovchi men:)

Konkursda hamma muzfakni talabasi, hammasi prof:) faqat men na nota bilaman na boshqa, faqat muzikaga qulogim yaxshi. Domla bilan ancha mashgulot otkazdik.

Natija esa men kutganday, hamma muzfak talabalari 1,2,3 menga esa 8 orin berishgandi:) maylida. Mukofot pulini kattasini domlaga berishgandir (inshalloh-roziman), chunki menga bergan pulga yonimdagi dugonam bilan biror dona "Nuts" olib yeganmiz holos ;D

Qo'shiqdan esimda qolganlari faqat naqarot qismi:

Sening o'zing yuragimsan ko'zim qarosi,
Sening darding mening dardim qalbim yarosi.
Seni deya ona vatan tanda bor jonim,
Kelajagi buyuk davlat- O'zbekistonim...

Qayd etilgan


BelleQizcha  08 Fevral 2012, 04:03:43

Hozir, idish yuvib turib huddi quduqa tushib ketgandek boldim. Hayotimdagi eng Kotta, Qora, Hafa hikoyani silaga etib bermaganimga hayron qoldim?
Hilol, shunday narsani qandey esingdan chiqadi dib, idishlarniyam tashab, campni oldiga kelib, shu hikoyani aytib bermasam bu bosh og'rigi osonlikcha ketmasligini bildim..
Marhamat forumchilar sizlardan yashirgan *HIKOYAM* (bu hikoya haqiqat, ko'ngli noziklar bu hikoyani o'qimasligini tavsiya etardim)

ko'zingizni bir daqiqaga yopinga-da, Hilola yaniy BelleQizcha haqida oylashni  boshlang... Ha-ha o'sha shalaqi qiz haqida, endi o'sha qizni yoshlik bir kichkina qiz shakilda ko'ring... haa napas olishingiz mumkin...

Ha, ha men o'sha kichkina qiz Hilola, jahildor, sochi jingalak, faqat qog'irchoq-laru, sakrashni, chuppa chupsiz hayotni tasavur qila olmaydigan.. o'sha qiz.. sochlari taralmaganidan to'zib ketgan... tirnoqlarida har hil rangli laklar surgan o'sha kichkina Hilola...
Tasavur qiling.. faqat tasavur qiling...


Mana endi hikoyani yaxshiroq tushinasiz... Maladest!!

Kichkina qiz edim.. Bilmadim, kimi kallasidan bu hayol chiqqan Qo'qonga boradigan bo'ldik.. to'ri buni hech qanday ahmoqaniligi yo'q lekin Qo'qonga Avtubusda ketish ozgina g'alatiroq... 
Butun oila, ha-ha Hilolani onasi, dadasi, O'sha jahildor akasi Avtubusga tushib 8 soatlik (taxminan) yo'lga avtubusga chiqdik.. U paytlar o'rtola OTAYO"L, mersedez, persedez, yashil oq avtubuslar yo'q edi, faqat oddiy avtubuslar, ichiga kirishingiz bilan, Shafyorni telagan hidi, kanduktorni jahildor basharasi-yu, qizil rumolik ayolni qo'lida Kotta Baklashkada sovuq ko'k choy. ha-ha o'sha o'sha...

Yo'lga chiqdik, Hilola yo'lda juda yaxshi, jim o'tiradi, nolimaydi ishqib sokin, yaxshi qiz bolib ottiribdi... Toshkentdan chiqdik 5 soat o'tdi, Hilola haliyam jimgina o'tiribdi.. soat 3 abedlar yoz kuni issiq.. hammani qo'lida rumolcha...
Qo'qonga yetib qoldikmi dib hamma derazaga qaraydi... Qo'qonga yetmasdan. avtubus to'xtadi, baraka topgur shafyoram mayli ozgina dam ovoliy o'rtola dib manimcha ovqatlangani chiqib kettdi... avtubus bozorni yonida to'xtagani uchun hamma avtubusdan tushdi.. bizam tushdik oilaviy... atrofga qaragadik..
Dadam milliy qadriyatlarni juda hurmat qiladigan insonliklari uchun, mehmonga boryapman, ke ozgina sovg'ami bir balo ovoliy dib bozorni o'rtasiga kirdik... Bozorni o'rtasida esa Tovuqlar, ho'rozlar.. pichim pichim qilib yurishibdi,..
Dadam, sotuvchi bollaga bironta semizroq tovuqni so'yib tozalab berishini, tovuqni  *sovg'a* qilib oboramiz dib Onamga qaradilar.. hamma rozi hamma hursand lekin .. Hilola... HIlola.... Bozorchilarni sumkalari turadigan joydagi qafasga qarab o'zini yo'qotgan,.. ha-ha... u bir tovuqni ko'rib shaydo bolib qolgan...
U bechara tovuq bilmadim nogironroq o'xshadi.. Huddi, hayotida odam ko'rmagandek, tipirchilaydi, uyoq bu yoqaa o'tadi.. dadam qo'limdan ushab ketishimiz kerak dedilar.. ha Doimgidey Hilola tovuq bilan qolishni istadi Yo'q bormayman, Hohlamayman Istamayman deb baqirdi.. Unga faqat o'sha nogiron neabchniy tovuq kerak edil... Kallamda u tovuqni uyimga olib kettaman-u uni huddi qo'shnimiz Misha it saqlangandek saqlayman, kotta bolib, jo'jalar tugib beradi-yu kiyin hammamiz baxtli hayot kechiramiz.. ha baxtli hayot.. men mening tovuqim, uning bolalari..
Doimgidey, dadam yoq tovuqni olmaysan dedilar.. Hilola baqirdi chaqirdi, tovuq kerak.. Tovuq... a tovuq den yigladi, jog'ini o'chirisholmagni uchun,.. u tovuqni sotib olib berishdi.. ha o'sha nogiron, tipirchilab turgan, yarim pati to'kilgan tovuqni menga sotib olib berishdi..avtubusga chiqdik.. ha men hilola o'sha qafasda tovuq chizamda, unga shaydo qarab ketyapman..
qo'qonga keldik.. mehmonmiz.. ha yaxshimisiz yaxshi yuribsizmi bola-chaqalar... shukur shukur o''tddi..Lekin tovuq haliyam manda...
unga ovqat berishdi....
nogironligi uchun unga hassa ham yasab bermoqchiydim...lekin hayolimda uni ko'rgan boshqa tovuqlar nogironligini bilmagani uchun bu ishni qilishdan qaytdim..
ha... hammasi shunday boshladi..
kechasi bo'ldi tovuq tashqarida yottdi.. men esa ichkarida.. ertalab ko'zimni ochdim-u tovuqim haqida o'yladim ko'chaga chiqib tovuqimni qidirdim hech qayerda yo'q.. ha u  hech qayerda yo'q edi.. bir ayol chiqib.. tovuqingiz olib qolibdi Malikahon deb qoldi.. Kallamda birinchida meni ismim Malika emas, ikkinchidan qanaqasiga mening Tovuqim o'ladi ahir u meniki, biz baxtli oila bolib yashamoqchi edik-ku degan hayollar kallamdan o'tdi..
ikki kun yigladim.. tovuq oldi hammasi tugadi, toshkentga qaytdik, erga tegdim, mana yana shu tovuqni sog'inchi meni o'ylantirib qoydi..
U tovuqni haqiqiy sevganimni lekin achinarlisi, unga hech qanday ism tanlamaganim esimga tushib qolib achindim.


tovuq seni sog'inaman....sen nogiron tovuq//

Qayd etilgan


Ansora  08 Fevral 2012, 13:51:26

Ha, turmush bazilarni filosof qilib qoyarkan :D

Qayd etilgan


Хадича  02 Avgust 2012, 08:11:40

Manam o'zim haqda sizlar bilmagan voqeani yozsammikan...
Demak boshladim...
Shu tug'ilishimdan avval ming to'qqiz yuz to'qson ikkinchi yil may oyida Onam manga homilador bo'lgan payt...tug'ilishimga 15 -20 kuncha qolgan... Kichkina Amakimni nikoh to'yi arafasi ONAM Buvimgila yonlarida o'tirgan mahal " Ingaaaa"degan chaqaloq ovozini eshitishibdi. Bu Faqat Onamga emas,atrofdagilargayam eshitilgan... Hali tug'ilmagan chaqaloq  " Ingaaaa"degan  o'zini shaxsiy lyuks xonasidan...
Hamma hayron bo'lgan...
Buvimgila havotir olishib " Ishqib chaqaloqqa xich nima bo'lmaptimikan"degan o'yda, buni Hosiyati nima ekan,deb Musulmonlar idorasida O'rinbosar bölib ishlayotgan oq sallali ( uzi salla diyiladimi, domla qorilar boshiga oq mato o'rab oladiku ) kishi Abdug'ani Abdullayev oldiga borishgan.
U kishi "Chaqaloq tug'ilsa Xadicha dib ism qo'yilar"dib etgan ekanla. Xullas man dunyoga keldim. Ushanda Ingaaaa deganimda ichimga suv ketib qolganakan. Ichaklarimi tozalashgan keyin do'xtirga oborib. Lekin Ming bora shukr,yoshligimda ko'p kasal bo'lmadim... Boshqalarga qaraganda chidamli edim... O'sha voqeadan keyin Buvimgila qarindoshla mani Xadicha diyishadi. Garchi pasportimda boshqa ism qo'yilgan bo'lsaham, Qarindoshlarim uchun Xadichaman..  Xadicha onamizdek bo'lishni, ismimga munosib bo'lishni hohlayman doim... Xozircha shunaqa gaplar...


Qayd etilgan


Best friend  02 Avgust 2012, 08:53:54

...Goh gohida o'zimi Xadicha Onamizdek bolgim kelib.ulardek tutaman... Harakterim ulardek bo'lishini, ismimga munosib bo'lishni hohlayman...

 Ilohim o'xshang onamizga, ayni zamonda Xadicha onamizday ayollarga muhtojmiz...

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 10:53:45

Ilohim Xadicha onalarimiz ko'payaversin

Qayd etilgan


azizbek_mx  14 Mart 2013, 21:37:15

Bugun taroziga tortilgandim, 64 kg chiqibman... Umrimda birinchi marta maksimum rekord men uchun. Oxirgi marta musofir chilikdan oldin tortilgandim, 60,5 kg edim. 2 oy 1 haftada 3,5 kg! Lol!

Qayd etilgan