Bolajonlar va uyqu  ( 37167 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2010, 15:09:56


:as:

Azizlar, bolajonlarimiz uchun ovqatdan ham muhimroq narsani-uyquning foydalari haqida ma'lumotlarni inshalloh bu mavzuda yoritib boramiz.

Bola ilk oylarda bazan kechalari tinimsiz 3-4 soatgacha uxlaydi (bizda bunday holat aslo yuz bermadi, bu boshqa masala mayli : )), bazi onalar bundan qo'rqishadi, nimaga tinmay uxlayabdi bolam, deb. Shifokorlarni ta'kidlashlariga qaraganda, bolani tinch uyqusi ovqatlanishidan ham muhim. Chunki bola sog'lom uxlaganda kattarish gormonlari hosil qilarkan!

Demak, bu mavzuda yozadigan ancha narsa bor:)

Qayd etilgan


Ansora  22 Noyabr 2012, 23:14:46

 :asl3:

Bolalar qancha uxlashlari kerak?


Bu savol ko'pgina yosh ota-onalarni o'ylantirishi tabiiy. Yoshiga qarab FARZANDingizning uxlash vaqti me'yorlari ham o'zgarib boradi. Ma'lumki, hamma bolalar har xil - kimgadir ko'proq uyqu lozim, kimgadir - kamroq. Quyidagi maqolada bu haqida batafsil fikr yuritamiz.

Yosh  Tungi uyqu  Kunduzgi uyqu  Sutka davomidagi uyqu

1 oylik  8½           7 (3 marta)           15½

3 oylik  10             5 (3 marta)          15

6 oylik  11              3¼ (2 marta)       14¼

9 oylik   11              3 (2 marta)          14
                                           
12 oylik 11¼           2½ (2 marta)        13¾

18 oylik  11¼          2¼ (1 marta)        13½

2 yosh    11             2 (1 marta)          13

3 yosh    10½          1½ (1 marta)        12


Yodingizda tuting, bolalarning ko'pchiligi ko'p uxlashadi. Ayrim ota-onalar FARZANDi yaxshi uxlamasa, 11 dan kech uxlasa, uxlashdan bosh tortib injiqlik qilsa, unga kup uxlash zarur emas deb hisoblaydilar. Bu xato fikr bo'lishi ehtimoldan xoli emas.  Aslida bola uyquga to'ymayotgan bo'lishi mumkin. Quyidagi savollarga javob berib, buni aniqlab olishingiz mumkin:

FARZANDingiz dyarli har doim mashinada uxlab qoladimi ?
Ertalablari uni uyg'otib chiqishingizga to'g'ri keladimi?
Kun davomida bola asabiylashib, injiqlik qilib, tez charchab qoladimi?
Ba'zida kehqurunlari odatdagidan vaqtli uxlab qoladimi?
Yuqoridagi savollardan birontasiga ha deb javob bergan bo'lsangiz, bu FARZANDingiz uyquga to'ymayotganining belgisidir. Uning kun tartibini o'zgartirish uchun har kuni kechqurun qaytariladigan biron tinchlantiruvchi mashg'ulot o'ylab topishingiz, bolani o'z vaqtida uxlatishingiz lozim bo'ladi.

Bola o'sgani sayin, kunduzgi uyqu shart emas. Kechqurun to'yib uxlab olgani kun davomida yetadi. Bog'cha yoshidagi, maktabning boshlang'ich sinfida  o'qiydigan bolalarga 11 soatlik uyqu kerak. O'smir yoshidagilar esa sutkada 9-10 soat uxlasa yetarli.

Manba: farzand.uz

Qayd etilgan