Kun hikmati.  ( 94008 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 21 B


As-Samarqandiy  21 Dekabr 2010, 16:22:25

 :bsm:

Assalomu alaykum.  Facebookda ikki o'rtog'im har kuni bittadan hikmat yozib qoldirayaptilar. O'qib boraman. Ajoyib hikmatlar. Siz ham mana shu mavzuda siz bilgan hikmatlarni yozib qoldirishingiz mumkin. Kim qancha hikmat biladi.

Aytishadiku, G'urbat izlaganga g'urbatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.

Yozilgan har bir hikmatning muallifi yozilishi shart. Unda boshladik:

Oz-oz o'rganib dono bo'lur,
Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur.


                                         Mir Alisher Navoiy

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Dekabr 2010, 18:42:03

 :bsm:

Das Vertrauen ist eine zarte Pflanze. Ist es einmal zerstört, so kommt es so bald nicht wieder. (Otto Bismarck)

Ishonch bir navniholdir. Agar u bir marta toptalsa, unaqasi ikkinchi bor bo'lmaydi. (Otto Bismarck)

Qayd etilgan


Habib  22 Dekabr 2010, 18:48:03

Одамдек чидамли маҳлуқ бслмас скан.

Ўлмас Умарбековнинг "Аз ёмғири" қиссасидан.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Dekabr 2010, 19:06:27

 :bsm:

Was du liebst, lass frei. Kommt es zurück, gehört es dir - für immer. (Konfuzius)

Nima(kim)ni sevsang, o'z holiga qo'y. Agar u qaytib kelsa, senikidir - butun umrga. (Konzutsiy)

Qayd etilgan


Hadija  23 Dekabr 2010, 17:56:02

Poklik kambag'allikni, shukr ne'matni, sabr baloni, halimlik ilmni, o'zini past tutish shogirdni, ko'p yig'lash Allohdan qo'rqishni, minnat qilmaslik ehsonni, hushu' namozni ziynatidir.
Abu Bakr Siddiq r.a.

Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Dekabr 2010, 12:03:17

Kimning qalbi go'zal bo'lsa
Go'zal uning siymosi.
Shart emasdur go'zal bo'lmoq
Uning tashqi dunyosi!

                                (SMSdan)

Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Dekabr 2010, 07:18:14

Va ular chumolilar vodiysiga yetishgach, bir chumoli qavmiga qarata dedi:
-ey chumolilar, inlaringizga kiringlar, Sulaymon va uning lashkarlari kelib sizni behosdan bosib olishmasin...

Bunda fikr ahli uchun katta hikmat bor.
Olloh taolo chumolilarni bizga ibrat qilib ko'rsatmoqda.
Oddiy bir chumoli xavf yaqinligini sezib, qavmini ogohlantirdi. Biz hatto shu chumolichalik ham bo'lolmadik, xavf ya'ni Qiyomat yaqin, lekin kim bundan ogohlantirishni o'ylaydi....

Hayrulla Hamidov ma'ruzalaridan. Bunda fikr ahli uchun katta ibrat bor, keling, bu oyat haqida bahs qilib, yanada chuqurroq yondashaylik...

Qayd etilgan


Hadija  24 Yanvar 2011, 14:45:53

Banda Alloh azza va jalladan ilmi miqdoricha qo'rqadi. Oxiratga bo'lgan rag'bati miqdoricha dunyoning o'tkinchi ziynatlaridan chetlashadi.
Fuzayl ibn Iyoz

Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Yanvar 2011, 15:07:57

Dili hasad to'la ichi qoralar,
Doim tuhmat ila pokni qoralar.
Ship burchiga oppoq paxta ilib ko'r
Shamdondan barcha is shunga o'ralar.

                                                 Bedil

Qayd etilgan


Ansora  24 Yanvar 2011, 16:32:09

Moda shunday hunuk narsaki, shuning uchun uni har olti oyda bir o'zgartirib turishadi.

Oscar Wilde

Qayd etilgan