Insonning ulug‘ligi va fazilati shunday narsaki, u ana shu bilan Alloh tomonidan yaratilgan maxluqlar jumlasidan bo‘lgani holda Alloh subhanahu va taoloning ma’rifati uchun tayyorgarligi bilan yuksaldi. Allohning ma’rifati dunyoda insonning chiroyi, kamoli va faxridir, oxiratda esa tayyorgarligi va zaxirasidir. Albatta inson ma’rifat uchun biron a’zosi bilan emas, qalbi bilan tayyorgarlik ko‘radi. Qalb Allohni biluvchi, Allohga yaqinlashuvchi, Alloh uchun amal qiluvchidir. Allohga sa’y qiluvchi ham, Uning huzuridagi narsalarni va o‘zining oldidagi narsalarni kashf etuvchi ham qalbdir. Albatta boshqa a’zolar ergashuvchi, xizmatkor va xizmat asboblari, xolos. Go‘yo xoja qulini, boshliq qo‘l ostidagilarni va hunarmandlar asboblarini ishlatganlaridek, qalb boshqa a’zolarni ishga soladi. Allohning huzurida qabul qilinadigan narsa qalbdir. Agar u Allohdan boshqaga topshirilgan bo‘lsa, Allohdan boshqa narsalarga g‘arq bo‘lsa, bu holda u Allohdan to‘sib qo‘yilgandir.
(Imom G'azzoliy rahimahulloh)