Kun hikmati.  ( 94062 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 21 B


Ansora  11 Mart 2011, 13:55:32

"Ikki narsa aqlning noqisligini ko'rsatadi: gapirish kerak bo'lgan joyda jim turish, jim turish kerak bo'lgan joyda gapirish"

                                                                 SADIY SHEROZIY

Qayd etilgan


Sadulla  21 Mart 2011, 17:43:53

 :as:
Qabrda yotayotganlarni pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bugun bir-birlari bilan qirpichoq bo’lmoqdalar.

(Imom G’azzoliy)

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Mart 2011, 23:43:44

 :as:
Qochayotganimizni ko'rgan Dushman battar quturib Ketganiday,dard ham qo'rqanimizni Sezsa,yanada beshavqat bo'ladi.Ammo u Qarshilikka duch kelishi Bilan bo'shashib,qoladi.Binobarin,dardga Bo'yin egmay,u bilan olishish kerak..


M.Monten

P.s..Buni Shu Yerga Yozib Qoldirsam To'gri deb O'yladim,,,..


Qayd etilgan


Salohiddin_2223  06 Aprel 2011, 19:49:09

Har bir insondan bir yaxshi ibrat olish mumkin. Hoh u shoh yoki gado, ilmli yoki savodsiz buni farqi yo'q, U odam qaysidir tomoni bilan bizdan ustun turadi. Inson individualdir!

Qayd etilgan


registan  06 Aprel 2011, 20:05:49

Har bir insondan ibrat olish mumkin ekanligiga qo'shilaman, lekin har qanday insonni ustun turishi manimcha noto'g'ri. (Ustun turadi deganda ijobiy tomonlarini tushundim)

Qayd etilgan


Sofdil  07 Aprel 2011, 11:11:10

Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir - birini necha kuni g'animat tutungiz.

Qayd etilgan


Salohiddin_2223  07 Aprel 2011, 13:21:18

Har bir insondan ibrat olish mumkin ekanligiga qo'shilaman, lekin har qanday insonni ustun turishi manimcha noto'g'ri. (Ustun turadi deganda ijobiy tomonlarini tushundim)
Insonni tashi harqancha jirkanch ko'rinmasin uning qalbi pok. yuragi toza, ko'nglida kiri bo'lmasligi mumkin. Botqoqda ham NILUFARdek gul yashab odamlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi.

Qayd etilgan


muxlisa  19 Aprel 2011, 14:56:09

Nodonning savodi chiqsa, dononing sho'ri quriydi..

Stanislav Yeji Lets.

Qayd etilgan


Nurdinboy  19 Aprel 2011, 21:37:24

Olimlarning yaxshisi amirlarni ziyorat etgani, amirlarning yaxshisi olimlarni ziyorat etganidir.
Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Aqoid  20 Aprel 2011, 02:43:51

 :bsm:
 :as:
Agar nafsing murodin izlamaksan,
Agar saksonga yetsang,hamchu saksan.
                                 
                                    So'fiy Ollohyor

Qayd etilgan