MENING O`QUV DARGOHIM...  ( 14925 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


magnat-wuz  22 Dekabr 2010, 23:29:11

O'zingiz tahsil olayotgan VUZ haqida yozing...
balki bu kimgadir hayot yo`lini topishda yordam berar!!!!

Qayd etilgan


magnat-wuz  22 Dekabr 2010, 23:43:16

TashIIT - Toshkent temiryo'l muhandislari instituti. 1931 yilda tashkil etilgan. U 4 ta fakultetni o`z ichiga oladi, bular:
1. Iqtisodiyot
2. TTE va B(asup)
3. Elektromehanika
4. Qurilish
Shu yo`nalishlar bo`yicha qariyib 80 yildan buyon malakali mutahasislarni yetishtirib kelmoqda.
Men shu institutga tahsil olayotganimdan hursandman...

Qayd etilgan


jasur.best  27 Dekabr 2010, 23:33:18

Hozirgi kunda Universitetimizda 11 ta fakultet bor. Bu fakultetlarda talabaning o'z hohishiga qarab tanlagan yo'nalishi bo'yicha chuqur bilim beriladi. Universitet fakultetlar turli yo'nalishlar va ixtisosliklar bo'yicha respublikamiz maktablari,litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yetuk mutaxassislar tayyorlab bermoqda. Talaba o'z yo'nalishini bitirib chiqqanidan so'ng u o'zini o'z yo'nalishi bo'yicha yetuk mutahassis deb bemalol hisoblay olishi mumkin.Quyidagi fakultetlar abituriyentlar uchun:
O`zbek tili va adabiyoti
O'zbek tili va adabiyoti fakulteti bu yil o'zining 67 yoshini qarshiladi. U Nizomiy nomidagi TDPUda ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakultetda "O'zbek tili va adabiyoti", "O'zbek tili va adabiyoti (o'zga tildagi maktablarda)", "Qozoq tili va adabiyoti" bakalavr yo'nalishlari bo'iicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Сhet tillari
Chet tillari fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti qoshida 2000 yil tashkil topgan.
Tarix
Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kursatib kelmokda.
Fizika-matematika
Fizika-matematika fakulteti universitet tashkil qilingan 1935 yildan boshlab faoliyat ko`rsatmoqda. Dastlab u ikki bo`lim: matematika va fizika bo`limlaridan iborat edi.
Tabiiy fanlar
Tabiiyot fanlari fakul'teti 1935 yilda tashkil topgan. Shu vaqtda Tabiyot geografiya fakulteti deb atalgan. 2000 yildan boshlab fakultet " Tabiyot fanlari deb ataldi. Fakultetda Respublikamizda yetakchi professor ishlagan: Yunusov A, Sodikov A, Axmedov Ye. A, G'ofurov A.T Qodirov R, Yuldoshev va boshqalar alimlar mehnat qilganlar.
San`at fakulteti
San'at fakulteti 1955 yilda tashkil topgan. Fakultetning shakllanib rivoj topishida taniqli olimlar, rassom pedagoglardan A.Yurovskiy, Yu.Qirg'izboyev, D.Nabiyev, A.Inog'omov, K.M.Qobuljonov, I.T. Raxmonov, L.Odilov, R.Ismatullayev va boshqalar o'rni beqiyosdir.
Kasb ta`limi
1959 - 1960 o'quv yilidan boshlab "Umumtexnika fanlari va mehnat" ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida fizika-matematika fakulteti qoshida "Mashinashunoslik va materiallar texnologiyasi" kafedrasi tashkil qilingan. Kafedra mudiri etib raxmatlik texnika fanlari nomzodi M.T. Toirxodjayev tayinlangan.
Boshlang`ich ta`lim
Nizomiy nomli TDPU tarkibida pedagogika fakulteti 1935- yilda tashkil etildi. U dastlab pedagogika bilim yurtlari uchun pedagogika va psixologiya o`qituvchisi, keyinchalik ta’lim tizimi metodisti va inspektorlari, maktabgacha muassasa tarbiyachisi mutaxassisi tayyorlaydi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti
"Pedagogika va psixologiya" fakulteti 1999 yil avgust oyida Nizomiy nomli TDPU ilmiy kenggashida qabul qilingan qarorga binoan tashkil etilgan.
Chaqiriqqacha harbiy ta`lim va jismoniy tarbiya
Nizomiy nomli TDPU "Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik" fakulteti 1991 yilda tashkil topgan. Birinchi talabalar 1991 yilda qabul qilindi. Bugungi kunda bu fakultet Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining eng yosh va rivojlanib kelayotgan bo'linmalardan biridir.
 Defektologiya
Nizomiy nomli TDPUda pedagogika fakulteti 1935 yil oliygox ochilgan kundan tashkil etildi. U dastlab pedagogik bilim yurtlari uchun pedagogika va psixologiya o`qituvchilarini, keyinchalik ta’lim tizimi metodist va inspektorlarini, maktabgacha muassasa tarbiyachilarini tayyorladi. Taniqli psixolog, o`quv-tarbiya jarayonining moxir tashkilotchisi P.I.Ivanov fakultetning birinchi dekani vazifasida faoliyat ko`rsatdi.
Maxsus sirtqi bo`lim
O`zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etishning turli shakllaridan ijodiy foydalanilmoqda. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida boshlang`ich sinf, mehnat, musiqa, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, kasbiy ta’lim o`qituvchilarining katta miqdori o`rta maxsus ta’lim muassasalarida tayyorlangan, lekin ularga oliy ma’lumot olishda hech qanday imtiyozlar berilmagan, balki ular umumiy o`rta ta’lim maktablari bitiruvchilari bilan bir xil maqomga ega bo`lganlar.

Qayd etilgan


Solihatun  28 Dekabr 2010, 00:04:45

Men Institutimizning rasmiy saytini topolmadim. Uning o`rniga imtihon javoblari (shpora) joylanadigan maxsus norasmiy saytiga duch keldim. Daxshaaat  :D Ta`til bekor o`tmaydigan bo`ldi...

Qayd etilgan


Nurdinboy  30 Dekabr 2010, 13:52:45

Jasurbek tdpu.uz ishga tushdimi?

Qayd etilgan


Solihatun  08 Yanvar 2011, 12:31:42

Jasurbek tdpu.uz ishga tushdimi?

Chummadim, mandan so`ravosmi ???

Qayd etilgan


Nurdinboy  11 Yanvar 2011, 18:52:47

Jasurbek tdpu.uz ishga tushdimi?

Chummadim, mandan so`ravosmi ???
yo'q, jasur.bestga

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Iyun 2011, 01:41:51

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



 Kimki o’rganishni uyat, or demas,
Suvdan dur topadi, toshdan la’l olmos!
Nizomiy Ganjaviy



     Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan.

     O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevralidagi 77-sonli qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, u respublikadagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun pedagogik kadrlar - fan o'qituvchilari tayyorlaydigan yetakchi tayanch oliy o'quv yurti deb belgilandi.

     Hozirgi kunda universitetning bakalavriat bosqichida 25 ta ta'lim yo'nalishida ta'limning kunduzgi va sirtqi shakllarida 13949 nafar talaba, 28 ixtisoslik bo'yicha 502 nafar magistrant tahsil olmoqda.

    Universitetda xorijiy (Janubiy Koreya) va MDH (Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston) mamlakatlaridan ham talabalar tahsil olishmoqda.

    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Respublikamizdagi eng salohiyatli va salmoqli oliy o'quv yurtlaridan biridir. Uning umumiy maydoni 77074,25 m2, shu jumladan o'quv maydoni 24694 m2ni tashkil etadi. Universitetning 13 ta fakultetida 66 nafardan ortiq fan doktorlari, professorlar hamda akademiklar, 225 nafardan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar, 400 dan ortiq o'qituvchilar talaba va magistrantlarga fanlar asoslaridan tahsil bermoqdalar. Universitetda 7 ta o'quv bino, 8 ta talabalar uyi mavjud. Toshkent viloyati Xumson qishlog'ida joylashgan o'quv dala amaliyoti va sog'lomlashtirish bazasi (maydoni 6,5 ga) hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog'ida joylashgan agrobiostansiyalar (maydoni 13,5 ga) talabalar va professor-o'qituvchilar xizmatida.

Manba www.tdpu.uz

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Iyun 2011, 01:42:37

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI



Azimov Inomjon Mamasodiqovich.
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani


      O'zbek tili va adabiyoti fakulteti bu yil o'zining 67 yoshini qarshiladi. U Nizomiy nomidagi TDPUda ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakultetda "O'zbek tili va adabiyoti", "O'zbek tili va adabiyoti (o'zga tildagi maktablarda)", "Qozoq tili va adabiyoti" bakalavr yo'nalishlari bo'iicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda o'zbek tilshunosligi, umumiy tilshunoslik, o'zbek tili va adabiyoti o'qitish metodikasi, hozirgi o'zbek adabiyoti, o'zbek klassik adabiyoti, o'zbek tili tarixi va Sharq tillari, qozoq tili va adabiyoti kafedralari mavjuddir.

      O'zbek tili va adabiyoti fakultetida yetuk kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor bilan qaraladi. Fakultetda dars berayotgan 70 pedagogning 13 tasi fan doktori, professorlar, Z0 ga yaqini fan nomzodi, dotsentlardir. Talabalarning zarur bilim sohibi bo'la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Darslarning barchasi toza va yorug', ta'mirlangan va jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida sinf xonalari mavjud bo'lib, ular bilan o'z sohasining bilimdon ustozlari - fan doktorlari, professorlar mashg'ulot olib boradilar.

     Darslar faqat fakultetning o'zidagina bo'lmasdan, balki talabalarni amaliyotga yanada yaqinlashtirishni ko'zda tutgan holda Toshkent shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida tashkil etilgan fakultet filiallarida olib boriladi.

     Fakultetda talabalarning darsdan bo'sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun turli to'garaklar faoliyat ko'rsatmoqda. Xususan, adabiyotga ixlosmand iqtidorli talabalar ijodini shakllantirish maqsadida "Chashma" to'garagi tashkil etilgan bo'lib, unda she'riyat sirlari, o'zbek adabiyotining o'ziga xos tomonlari tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan talabalarga o'rgatiladi. Hozir ushbu to'garakni O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali uzstoz boshqarmoqdalar.

     Fakultetimizning sobiq talabalari bo'lgan shoir va adiblardan Zulfiya, Zafar Diyor, Mamarasul Boboyev, Hakim Nazir, Shuhrat, Said Ahmad, Ramz Bobojon, Mirmuhsin, Hamid G'ulom, Shukrullo, Po'lat Mo'min, Qudrat Hikmat, Turop To'la, Hayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Murod Muhammad Do'st, Abdusaid Ko'chimov, Gaffor Xotamovlar badiiy adabiyot borasidagi ilk saboqlarini ushbu to'garakda olishgan. Hozirgi kunda ular nafaqat fakultetimizning, balki xalqimizning iftixoriga aylanishgan.

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Iyun 2011, 01:44:21

    Fakultetda ta'lim olayotgan talabalar o'zbek (qozoq) tili va adabiyoti sohasidagi bilimlarini puxta o'rganish bilan birga fors, arab, ingliz, nemis, fransuz tillarida ham saboq olishadi. Shuningdek, talabalar o'qish jarayonida arab alifbosiga asoslangan eski o'zbek yozuvini mukammal egallaydilarki, bu bilan ulug' ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan ming yillik ma'naviy xazinamizga kira olishdek sharafli imkoniyatni qo'lga kiritadilar.

    O'zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan mutaxassislar akademik lyatsey va kasb-hunar kollejlarida o'qito'vchilik qilish bilan birga nashriyot va tahririyatlarda muharrir, gazeta va jurnallarda, radio va televideniyeda jurnalist sifatida faoliyat ko'rsatishlari ham mumkin.

    Kirish test sinovlari bakalavr yo'nalishlari bo'yicha quyidagi fanlardan bo'ladi:

   1. "O'zbek tili va adabiyoti" bakalavr yo'nalishi bo'yicha: "O'zbek tili va adabiyoti", "Tarix", "Chet tili"

   2. "Qozoq tili va adabiyoti" bakalavr yo'nalishi bo'yicha: "Qozoq tili va adabiyoti" (ko'p balli tizim bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon), "Tarix", " Chet tili" (test sinovlari).

   "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishi buyicha bakalavr ma'lumotiga ega bo'lganlar 2 yillik kunduzgi magistraturada "O'zbek tili" hamda "O'zbek adabiyoti" ixtisosliklari bo'yicha o'qishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Magistraturaga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Fakultetimizga marhamat!

Manba www.tdpu.uz

Qayd etilgan