Bahriddin Alloh hayirlik qilsin iloyim. Hormang-tolmang, mehnatingizni mevasini ko'ring:)
Sayt haqidagi fikrlarimni bildiradigan bo'lsam.
1. Eng boshda Kiril harflarida emas, Lotinda yozilsa yaxshi bo'lardi, deb o'yladim.
Chunki bu saytni faqat Kirilni bildaganlar emas, boshqalar ham o'qib, foydalanadi, yani foydalanadiganlar soni ko'payadi. Men biroz vaqt o'tgandan keyin sayt adresini reklamasini qilmoqchiman. Lekin Kirilda yozilgani uchun hech kim tushunmay (Turkiyadagilar) jahllari chiqadi, deb qo'rqyabman:)
Ha garchi siz saytni Rus, İngiliz va Turk tillarda ham bo'lishini aytgandingiz adashmasam, bu saytni sekinlashtirmaydimi ishqilib?
2. Rasmlarni kichkinaligiga kelsak, shunday funksiya qilinsa, rasm kichkina tursin, lekin ustiga bosganingizda kattarsin, bo'ladimi?
3. O'ng tarafda adashmasam, yangi yozilgan tariflar berib boriladi? Agar shunday bo'lsa, "bugunning menyusi" ma'nosida bir mavzu nomi qo'yilsa yaxshi bo'ladi.
4. Kechqurun ho'jayinim ham ko'rdilar saytingizni bir Turkiyalik sifatida fikrlari shu:
Bu sayt nimaga Kirilda, men ham o'qib, foydalanmoqchiman:)
Sayt nomi o'qilmayabdi, qalinroq va shaklsiz yozilsa yaxshi bo'lardi.
Ovqatlar juda lazzatli ko'rinyabdi, ooo ancha taom turi bor ekan, demak faqat O'zbek palovi deb bizni aldab yuribsan ekan-da:)
Alloh bardavom qilsin....
Chustiy, hali sayt tugallanmagani uchun xozircha shular:)