Chustiy qo'lingiz bo'shasa salqin sutli taomlardan bo'lmish okroshka va go'jalarni ham o'rgatib yuboring, issiq kunda ham taom ham chanqoqbosdi bo'lardi.
Karim Mahmudovning o'zbek nonlari haqida kitobingiz bormi? Elektron ham bo'laveradi.
Teshekkur.
Assalamu alaykum !
Mirzo go`ja haqida pm yozgandim fb da olmadizmi hali? Go`jani o`zim ham hali tayyorlab ko`rmagandim, lekin so`rab surishtirgandim, forumchilardan quydagi maslahatlarni olgan edim...
Bug'doydan qilinganini chorvoq yo'lida ichganman,
Uyda odatta oq jo'horidan qilardik. Maxsus tozalangan, go'ja uchun chorsudagi "Eski Juva" bozorida sotardi bir yoshi kattaroq kishidan olardim har gal
Birinchi, jo'horini suvda kamida 2 soat qaynatib olardik. Suv ko'p solinishi kerak, qaynaganda kamayib ketadi, 1 kosa quruq jo'horini 1 qozon to'la suvda qaynatardik odatta. 2 soat (yoki ko'proq) qaynagandan so'ng, olovni o'chirib sovutib qo'yilardi o'sha suvda. Agar suvi yetarlicha qolgan bo'lsa 2-qismi (qatiq yoki suzma, chakki) o'sha suvda tayorlanishi mumkin. Biz odatda gazsiz mineral suvda tayorlar edik. Suzma va suvni blenderga solib yaxshilab aralashtirib + tuz, rayhon + etclar (vkusga qarab) solinib yana blenderda yaxshilab suyuq qilib aralashtirib, keyin sovugan jo'horini suzmaga solardik, keyin uni qoshiqda bir aralshtirib yuborib yana, muzdek joyga qo'yib qo'yilardi. Kutasiz, sovugandan keyin suzishdan oldin ham aralashtirib suzib keyin o'tirib "Bismillah" deb mazza qilasiz
ikkinchi maslhat...
bug'doyni aynan go'ja uchun tayyorlangani bor. ustidagi "plyonka"si olib tashlangani. CHORSUda so'rasez - darrow topib berishadi. O'zimizani Chirchiq taraflada ham keng tarqalgan.
qo'lda tayyorlash mumkin. unichun bog'doyni yaxshilab yuvib, xovonchada yanchishni boshlaysiz. jaaa, un qiladigan darajada mas. ora-orada ozgina namlab turish kerak, shunda bir pastda usha "plyonka" ajralib chiqadi.
Keyin bo'lsa - vualya, bug'doyni suvga solib qaynaturasiz.. taxminan 1~2 soat qaynatganda pishsa kerak. tayyor bo'lganidan so'ng tuz, qatiq (va/yoki suzma), rayhonni mayda to'g'rab + butun barglarini solib, suvi oqib turadigan ariqqa, yoki sovuganidan keyin xolodil'nikka qo'yasiz..
Karim Mahmudovning non hususda kitobiga hali duch kelmadim, tahminlarga ko`ra Hamir taomlar kitobida non haqida ma`lumot bo`lishi kerak, ammo u kitobni hali topa olmadim. InshaAllah topsam albatta bo`lishaman....