NOMSIZ HIKOYA  ( 16974 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Y_U_R_I_S_T  04 Yanvar 2011, 14:21:21

NOMSIZ HIKOYA

Havo biroz sovuq bo’lsada, ammo judayam musaffo edi. Daraxt barglarining shitirlashlari, katta ansambldagi childirmachilarga o’xshab tabiat kuylayotgan katta operaga jo’r bo’layotgandi. Qayerdandir it hurishi eshitilar, unga basma-bas ravishda, xuddi qo’shiqchilar tanlovida yutqazib qo’yishdan qo’rqqandek xo’roz uzundan-uzoq qichqirardi. Ajoyib opera raqssiz bo’lmaydi degandek, osmonda bir gala qushlar uchib o’tishdi. Hali tong otmaganligi sababli nim qorong’ulikda faqat ularning ko’lankalari ko’rindi xolos, xuddi sahnada atayin chiroqlarni o’chirib qo’ygandek taasurot uyg’otardi bu"¦ Tong otishiga yaqin operaga yana qo’shimcha sozandalar jo’r bo’lishdi: yomg’ir yog’a boshladi"¦ Parvona xuddi o’zini olovga urgani kabi, yomg’ir tomchilari ham o’zlarini derazalarga, tomlarga borib urardi. Ulardan chiqayotgan ovoz esa insonning asab tolalarini tinchlashtirish uchun eng yaxshi doridan ham ko’proq foydaliroq edi.
Birdan kuchuklar-u, xo’rozlarning ovozi tinchidi"¦ Aksiga olganday daraxt barglari ham shitirlamay qo’ygandek bo’ldi go’yo"¦ Yomg’ir ham metro bekatiga birrovga kirib kelgan vagondek, darrov jo’nab qoldi"¦ Hammayoqqa bir necha daqiqalik sukunat cho’kdi"¦ Shunda uzoqdan Quyoshning oltin nurlari ko’rindi"¦ Demak tong otmoqda"¦ Tabiat operasidagi solo ijrochisi sahnaga chiqqan edi. Quyosh bu sahnaning haqiqiy hokimi edi.

U erta tongda uyg’onishni yoqtirar edi. Buvisining "œErta tursang kuning barakali o’tadi" degan so’zlari uning qulog’iga qo’rg’oshinday quyilgan edi. Har kuni vaqtli turar, tongning musaffo xavosidan to’yib-to’yib nafas olar, so’ng har kungi odatiga ko’ra 1 stakan qaynatilgan suv ichardi"¦
Qahramonimiz haqida gapiradigan bo’lsak, u ozg’inroq, ammo bo’yi daroz edi"¦ Yuzi dumaloq, xuddi yopilgan kulchaga o’xshar edi. Lekin nurli, istarali yuz edi"¦ Ko’zlari shunchalik ma’sum ko’rinardiki, uni birinchi marta ko’rgan odam ham uning sodda, ko’nglida kiri yo’q inson ekanligini tahmin qila olardi"¦ U sira yolg’on gapirmas, agar shunday holat bo’lgan taqdirda ham, uning ko’zlari va qizargan yuzi darrov sotib qo’yardi buni"¦ Biroq uni aldash juda oson edi. U hammaga ishonardi. Bu hayotda yomon inson bo’lmasa kerak deb o’ylardi. Shu sababdan barchaning gapini samimiy qabul qilar, buning natijasida ko’p jabr chekardi"¦
Ha, aytgancha uning ismini aytmabmizku"¦ Uning ismi"¦


(davomi bor"¦)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Yanvar 2011, 14:22:25

LobarAZIZ:

TITAN edi... yana uning boshqalardan farq qiladigan jihati - o`ta romantik edi. Tunlari oyga termulgancha muhabbatga chayib olingan baytlar yozar, kunduzlari esa xayolga berilgancha ishga sho`ng`ir edi. Aytmoqchi, u xaydovchilik qilardi. Har kuni o`nlab notanish insonlarni manziliga eltib qo`yar, topganiga shukr qilib hayot kechirardi.
- Bolaginam, mana yoshing ham yigirma beshga chiqdi,  sen tengilar allaqachon uylanib, bolalik ham bo`lishdi ahir! Mundoq ichimdagini top deb yuravermasdan, ko`ngling kimda ayt?- buvisi deyarli har tong, TITANni ishga kuzatayotib aytar edi bu gaplarni. U esa go`yo hech nima eshitmaganday, jimgina eshikni berkitib chiqib ketardi.
Nima ham desin ahir? "Ko`ngil qo`yganim bilan internetdagi bir forum orqali tanishganman" desinmi? Ahir buvisi forum tugul, kompyterni ham bilmaydi-ku? Yo "uni hatto ko`rmaganman ham, lekin bir yildan beri g`oyibona gaplashamiz" desinmi? "Ahmoq, ko`rmay turib ham sevish mumkinmi?!" demaydimi eshitgan odam?
TITAN og`ir ho`rsinib, mashina kalitini buradi. Oppoq neksiya  mahzun g`ingshigancha yo`lga tushdi. Mana, yana bir kun boshlandi. Qiziq, bugun kimlar minar ekan bu mashinaga? Svetoforning qizil cirog`i yonib, mashina to`htab ulgurmay oynaga yuzlari burishib, oq sochlari ro`molidan o`rmalab chiqqan lo`li kampir yopishdi. TITAN behos cho`chib, sapchib tushdi.
- Hay o`g`lem, bugun sening baxting ochiladir! Kel, kaftingda fol ko`rib qo`yay!- hirqiroq tovushda dedi lo`li.
- Yo`q, men folga ishonmayman.
- Bekor qilasan...
Lo`li kampir shunday degancha mashinadan uzoqlashdi. "Bugun baxting ohildi dedimi? Tavba..." TITAN lo`li kampirdan eshitgan gaplaridan o`ziga kela olmayotgandi. Baxti ochilarmish... Ahir uning baxti o`zga bir yurtda, yot begona millat orasida yashaytganini u qayan ham bilsin? "Uni ko`rish nasib etarmikin?" o`yladi TITAN. Shu choq institut oldidagi bekatda ko`hlikkina qiz qo`l ko`tardi...

(davomi bor)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Yanvar 2011, 14:23:15

ChehMik:

Erta tursang kuning barakali o'taadi" buvisining gapini ichida takrorlagancha,mashina oynasiga engashgan qizga qarab,

-Qayergga borasiz,singlim?,-dedi.
Qiz "Necha pul berasiz?" degan savolga ham o'rin qoldirmasdan (taksiga muntazam chiqishi natijasida qaysi gapdan so'ng qanaqa gap kelishi yod bo'lib ketgan bo'lsa kerak),shosha-pisha "Chilonzorga,ikki yarim ming so'm " dedi.

-Uch ming bo'ladi,singlim deya,"Uzoq yo'l,benzinning narxi qimmatlashib ketgan,bizda ham oila,uy-ruzg'or bor,ozroq qo'shaqoling" kabi navbatchi so'zlarga endi og'iz juftlamoqchi bo'lgan qahramonimizni ko'p urintirmasdan,qiz darrov Nexianing orqa eshigini ochib,joylashib oldi.

Mashina keng va ravon yo'llardan yelib borar,qiz esa  oynadan har kungi ish,yumushlariga shoshayotgan odamlarni,avtobus to'la talabalarni,yo'l chetidagi kioskasini ochayotgan soqolli amakini,velosipedining orqasidan issiq nonning bug'i chiqib turgan non tashuvchi bolakayni jimgina ko'zlari bilan kuzatib borar,xayolini esa kechagina olgan xatdagi so'zlar qamrab olgandi.Maktubda shunday tahqirona,zardali so'zlar bitilgandi: ....Muhtaram o'quvchidan uzr so'raymizki,"ko'hlikikina qiz" xatdagi so'zlarni endigina eslay boshlagan ham ediki,sumkasidan sho'xchan musiqa sadolari taralib,kimdur uni yo'qlayotganini bildida, maktub va borliqni unutib,sumkasini titkilay boshladi.(Taassufki,"ko'hlikkina qizning" bunchalik o'ychan bo'lib qolishiga sababchi bo'lgan xatda qanday so'zlar bitilgani bizga ham qorong'u bo'lib qoldi,garchi mening ham bu maktubdagi so'zlarni bilishga bo'lgan qiziqishim siznikidan aslo kam bo'lmagan bo'lsada).

Nihoyat,mashina kelishilgan joyga yetib keldi va qiz cho'ntagidan 3 yarim ming so'm olib,yo'l davomida yodimizdan ko'tarilgan qahramonimiz--Titanga tutqazdida,chopqillagancha yerosti yo'li sari yugurib ketdi.

Titan ,"500 so'm ortiqcha beribsizu" degancha qizning orqasidan yuguraman deb turganda,orqa o'rindiqdan yana o'sha sho'x musiqa eshitildiyu qahramonimizning asabiy "Obbooo!" degan so'zi atrofdagi kirakashlaru sotuvchilarning turfa baqiriq-chaqiriqlari orasida eshitilmay ketdi.....


(davomi bor...)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  08 Yanvar 2011, 13:27:56

...- Endi nima qildim, telefoni qolib ketibdiku!- Titan orqa o`rindiqda kuy taratayotgan telefonni qo`liga oldi. Uyoq-buyoqqa alanglab ko`zlari bilan qizni izladi. Afsus, qiz ko`kka uchib, yo yerga kirib ketgandek g`oyib bo`lgandi. "Chiroyli qiz ekanmi..." bu o`y beihtiyor, Titanning xayollarining allaqaysi ko`chasidan yugurib o`tdi. Bu o`ydan o`zini chalg`itib ulgurmay ertalab uchragan lo`li kampirning gaplari qulog`i ostida jaranglab ketdi "Bugun baxting ochilade-e"....
Go`yo bu voqealarning orasida qandaydir tasodifiy bog`liqlik, hikmat bordek tuyuldi unga. "Uni topishim kerak"...
QIZ
qiz hech kimga o`xshamasdi. Allaqanday beg`uborik, xayoparastlik yana nimalardir bor edi unda... Chiroylikkina emasmi, kollejni tamomlab ulgurmay ostonasi sovchilar qadamidan yemirilib ketgandi. Ajab, ularning birortasiga-da rozilik bermasdi u. "Tagli-tugli" joylarning ham javobini berayotgan qizning qilig`idan ona xunob bo`lar, tezroq "egasiga" topshiib, qutulib qo`ya qolishni o`ylab tunlar uyqusini yo`qotgandi. Onasining beadoq savollarini qiz yurakni siqib yuborgulik jimlik bilan javobsiz qoldirar, indamaygina xonasiga kirib ketardi...
nima desin? Ko`ngilga buyruq berolmadim, u hatto bir bor ko`rmagan, faqatgina internet orqali bir yildan buyon g`oyibona so`zlashadigan insoniga bog`lanib qolgan desinmi? Qiz bola uchun qanchalar uyat bunday deyish...
Biroq na chora? Ko`ngil o`sha, ko`ngli tanish-u, siyrati notanish yigitdan o`zgasini tan olmaydi...
Bir yil avval, tasodifiy boshlangan suhbat ularni bir-birlariga shu qadar bog`lanib qolishlari uchun sabab bo`lishini hatto o`ylamagan ham edilar. Yo`q, ularning kunlik muloqoti "muhabbat, o`ldim-kuydim" kabi mavzulardan tamoman yiroq, odob chegarasidan nariga o`tmas edi. Dunyoqarashlar, fikrlar bir, bir-birini so`zsiz tushunishar edi go`yo... Ajablanarlisi, shuncha vaqtdan buyon so`zlashib, aqalli bir-birining suratini ham ko`rishmadi, buni biror marta so`rashmadi hatto. Ular uchun tashqi ko`rinish ikkinchi darajali edi.
Ular faqatgina NIK orqali tanishardi bir-birlarini. "TITAN" va....

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  08 Yanvar 2011, 13:36:38

Muhabbat masofa va chegara bilmagani uchun ham buyukdir

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  08 Yanvar 2011, 13:39:14

Qanchalar olissiz, osmondan olis,
qanchalar yaqinsiz... Yurakdan yaqin...

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  08 Yanvar 2011, 13:40:34

Qiz kim edi? Ular bir-biri bilan uchrashadimi? TITAN qizni topa oladimi, yo... Voqealar rivoji qanday yakun topadi?
Yaqin fursatlarda...
hikoyani Y_U_R_I_S_T davom ettiradilar

Qayd etilgan


Solihatun  08 Yanvar 2011, 14:11:47

Qiz kim bo`larkin, manimcha...
Hikoya yaxshi davom etvottiyu:)
Y_U_R_I_S_T ko`rinmillayu, kegunlaricham voqeala rivojini o`ziz bayon qilaqolin opajon!
Davomi qachooon?? ???

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  08 Yanvar 2011, 14:57:20

Qiz kim bo`larkin, manimcha...
Hikoya yaxshi davom etvottiyu:)
Y_U_R_I_S_T ko`rinmillayu, kegunlaricham voqeala rivojini o`ziz bayon qilaqolin opajon!
Davomi qachooon?? ???

Y_U_R_I_S_T hozir syujetni ag`dar-to`ntar qivorishni rejalashtirvottila, kuting:) Qiz masalasiga kelsak, yaxshi variantlani aniqadik, tanlash masalasi chatoq bo`votti:)

Qayd etilgan


Solihatun  08 Yanvar 2011, 15:10:24

Qiz kim bo`larkin, manimcha...
Hikoya yaxshi davom etvottiyu:)
Y_U_R_I_S_T ko`rinmillayu, kegunlaricham voqeala rivojini o`ziz bayon qilaqolin opajon!
Davomi qachooon?? ???

Y_U_R_I_S_T hozir syujetni ag`dar-to`ntar qivorishni rejalashtirvottila, kuting:) Qiz masalasiga kelsak, yaxshi variantlani aniqadik, tanlash masalasi chatoq bo`votti:)

Aga, variantlani etin... Tanlashvoramizaa :7

Qayd etilgan