NOMSIZ HIKOYA  ( 16962 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Y_U_R_I_S_T  11 Yanvar 2011, 14:34:17

...- Endi nima qildim, telefoni qolib ketibdiku!- Titan orqa o`rindiqda kuy taratayotgan telefonni qo`liga oldi. Uyoq-buyoqqa alanglab ko`zlari bilan qizni izladi. Afsus, qiz ko`kka uchib, yo yerga kirib ketgandek g`oyib bo`lgandi. "Chiroyli qiz ekanmi..." bu o`y beihtiyor, Titanning xayollarining allaqaysi ko`chasidan yugurib o`tdi. Bu o`ydan o`zini chalg`itib ulgurmay ertalab uchragan lo`li kampirning gaplari qulog`i ostida jaranglab ketdi "Bugun baxting ochilade-e"....
Go`yo bu voqealarning orasida qandaydir tasodifiy bog`liqlik, hikmat bordek tuyuldi unga. "Uni topishim kerak"...
QIZ
qiz hech kimga o`xshamasdi. Allaqanday beg`uborik, xayoparastlik yana nimalardir bor edi unda... Chiroylikkina emasmi, kollejni tamomlab ulgurmay ostonasi sovchilar qadamidan yemirilib ketgandi. Ajab, ularning birortasiga-da rozilik bermasdi u. "Tagli-tugli" joylarning ham javobini berayotgan qizning qilig`idan ona xunob bo`lar, tezroq "egasiga" topshiib, qutulib qo`ya qolishni o`ylab tunlar uyqusini yo`qotgandi. Onasining beadoq savollarini qiz yurakni siqib yuborgulik jimlik bilan javobsiz qoldirar, indamaygina xonasiga kirib ketardi...
nima desin? Ko`ngilga buyruq berolmadim, u hatto bir bor ko`rmagan, faqatgina internet orqali bir yildan buyon g`oyibona so`zlashadigan insoniga bog`lanib qolgan desinmi? Qiz bola uchun qanchalar uyat bunday deyish...
Biroq na chora? Ko`ngil o`sha, ko`ngli tanish-u, siyrati notanish yigitdan o`zgasini tan olmaydi...
Bir yil avval, tasodifiy boshlangan suhbat ularni bir-birlariga shu qadar bog`lanib qolishlari uchun sabab bo`lishini hatto o`ylamagan ham edilar. Yo`q, ularning kunlik muloqoti "muhabbat, o`ldim-kuydim" kabi mavzulardan tamoman yiroq, odob chegarasidan nariga o`tmas edi. Dunyoqarashlar, fikrlar bir, bir-birini so`zsiz tushunishar edi go`yo... Ajablanarlisi, shuncha vaqtdan buyon so`zlashib, aqalli bir-birining suratini ham ko`rishmadi, buni biror marta so`rashmadi hatto. Ular uchun tashqi ko`rinish ikkinchi darajali edi.
Ular faqatgina NIK orqali tanishardi bir-birlarini. "TITAN" va....

Ular faqatgina NIK orqali tanishardi bir-birlarini. "TITAN" va "Belle"...

(ChehMik davom ettiradi endi...)

P/S: Iltimos, off qilmanglar, bekorchi gaplarni boshqa mavzuda gaplashinglar...

Qayd etilgan


NANO  19 Oktyabr 2011, 08:04:40

vot prikol...

Qayd etilgan


BelleQizcha  19 Oktyabr 2011, 14:41:10

davom etirrramizami?

Qayd etilgan


Maysara  20 Oktyabr 2011, 19:32:09

(davomi)

Qöl telponini mashinada unutgan qiz uyiga yugurib borar ekan uning hayoli faqat trnetdagi sirli suhbatdoshining kechagi bergan topishmog'iga topgan javobini tezroq jönatishda edi. Xatto hovlida qizining salomiga alik olib "nega kelayotganingda tel qilsam olmading, senga.." deganicha og'zida gapi qolib orqasidan qarab qolgan onasini eshitmadi ham. Zudlik bilan pochtasini ochgan qiz "eh, javob yozib ulgurmadim.." deya endi qöl-oyoqlari böshashib keta boshlayotgan edi, biroq xatni öqigach karaxt bölib qoldi. Chunki xatda ösha topishmoqning mazmun-mohiyati keng ochib berilgan va qisqa ma'nosi esa: bu bilan yigit qizning qölini sörayotgan edi!.. Xattoki yigit öz suratlaridan bir nechtasini ham yuboribdi.

Qattiq hayajondagi bechora qiz xonasiga allaqachon kirib bölgan onasini payqamadi, toinki "Bu chiroyli yigit kim?" degan savol yangramagunicha. Sakrab chöchib tushgan qiz oldiniga nima deyishini bilmay qoldi, söng shoshganicha uzuq-yuluq tarzda hammasini va tög'risini ayta ketdi..

Qayd etilgan


NANO  22 Oktyabr 2011, 11:31:28

Hamma joyda TITAN deyilibdi bratni niki TITAN-UZ edi shakil yo bu boshqa TITAN mi

Qayd etilgan


moxlaroy  22 Oktyabr 2011, 13:26:16

davomi bormi kim davom ettiradi?

Qayd etilgan


AL_laziz87  22 Oktyabr 2011, 15:35:16

Hamma joyda TITAN deyilibdi bratni niki TITAN-UZ edi shakil yo bu boshqa TITAN mi

qayitganizdan xursandman......

Qayd etilgan


Xikmattilo  23 Mart 2012, 23:43:35

YAXSHI HIKOYA KO'O OQIGANMAN DAVOMINI KUTIB QOLAMIZA

Qayd etilgan


Muxsiya  24 Sentyabr 2012, 23:13:19

1

Qayd etilgan


NANO  16 Aprel 2013, 04:39:45

Shu xikoyani tugatsela uylanib ketarmidim a... ;)

Qayd etilgan