
Qahva ichishni yaxshi ko'radiganlar,uni ichishni kamaytirsalar sog'liqlariga foydali bo'lar ekan:
Olimlar qahvaning yana bir zararli qirrasini kashf qilishdi.

Qahvaga ruju qo‘ygan kishilar o‘z sog‘liklari haqida qattiqroq qayg‘urishlarini maslahat beramiz. Avstraliya olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, kofemanlar ruhlarning ovozini eshitib, ular bilan muloqotga ham kirishishi mumkin ekan. La Trobe Avstraliya Universiteti olimlarining e'lon qilishiga ko‘ra, bir kunda besh chashkagacha qahva ichish unga qattiq bog‘lanib qolganlikdan dalolatdir.
"œG‘ayrioddiy ta'sirning ilk belgilaridan biri bu atrofdagilarga umuman sezilmagan ovozlarni faqat kofemanlar sezishidir,- deydi tadqiqot muallifi Saymon Krou. — Shuningdek, qahvani sevib iste'mol qiluvchilar o‘zi bilan o‘zi muloqotga kirishga ham moyil bo‘ladilar. Ularda aslida yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi holatlari ham kuzatiladi ".
Tadqiqotda ruhiy zo‘riqish darajasi va organizmida kofein moddasi miqdoriga qarab tanlangan 92 kishi ishtirok etdi. Tajriba davomida ishtirokchilarga White Christmas kompozitsiyasini eshitgan zahotiyoq tadqiqotchilarga xabar berishlari aytildi. Lekin aslida ushbu kompozitsiya o‘sha paytda umuman ijro etilmagan edi.
Professor Krouning ta'kidlashicha, tajribadagi bemorlarining 15% ida bosinqirash va alahlash holatlarini kuzatgan.
Olimning aytishicha, organizmda zarar ko‘proq ruhiy zo‘riqishdan so‘ng qahva ichishga bo‘lgan kuchli xohish vaqtida kuzatilar ekan. Qahva ichgandan so‘ng tamaki chekish vaziyatni yana ham og‘irlashtirishga xizmat qiladi. Qahva, ruhiy zo‘riqish va nikotinning aralashuvi inson ruhiyatiga halokatli ravishda ta'sir qiladi.
Sal ilgari britaniya olimlari ertalabki qahva hech qanday ruhlantiruvchi natija bermasligi, aksincha, uni iste'mol qilgandan keyingi tetiklik faqatgina xayoliy narsa ekanligini aniqlashdi. Shu bilan birga ular navbatdagi iste'mol qilingan qahva hatto organizmda tunda o‘z kuchini yo‘qotgan kofeinni tiklashga xizmat qilishini ham ta'kidlab o‘tishgan.
manba