Shifokorlar nega ko'p suv ichishni tavsiya qilishadi?
Sog'lom odam kuniga o'rta hisobda 2 litr suv ichishi durust. Bu shifokorlarning tavsiyasi. Miya hujayralaridan tortib vujudimizdagi barcha a'zolar suv ila hayot. Ko'p suv ichsak,tanamizning suv yo'qotishini (degidratsiya )oldini olgan bo'lamiz.
Kofeinsiz ( sharbatlar,choy ) hamda tuzga boy bo'lmagan ichimliklar suv o'rnini bosishi mumkin.
Kofeinli ichimliklar ( achchiq qora choy,qahva) tanada suv yo'qotilishiga sabab bo'lgani uchun,ortidan suv ichib yuborgan ma'qul.
Suvning vujudimizga foydalari :
- Vujuddagi haroratni mo'tadillashtiradi.
- Jigar va buyraklardagi zaharli moddalarni yuvib ketadi.
- Vujudni jarohatlardan asraydi.
- Hujayra va to'qimalarning bir - biriga yaqinlashishini ta'minlaydi.
- Teri hujayralarining sog'lom ko'rinishiga yordam beradi ( terim tiniq va chiroyli bo'lsin deganlarga tavsiya- choydan vos kechib faqat qaynagan suv ichish

)
Voyaga yetgan insonning tanasida 40-50 litr suv bo'ladi.
Qonning 83 % , to'qimalarning 75 %, miyaning 74 % , suyaklar tarkibining 22 % i suvdan iborat. Tanadagi suvning 20 % i yo'qotilsa,inson o'ladi.
Yetarli miqdorda suv ichilmasa :
- Miya sekinlashib,odam dangasalashadi.
- Qon quyuladi.
- Qabziyat yuz beradi.
- Peshob sarg'ayib ketadi.
Biz bilamizki, gripp va shamollash kasalliklarda ko'proq issiq suyuq ovqat va ko'proq suyuqliklar ichish tavsiya etiladi. Ko'p suyuqlik ichish qonni tozalab,viruslarni organizmdan tezroq chiqib ketishini ta'minlaydi. Qisqasi, suv ichish ( albatta yaxlagan yoki ariqlardagi kir suv emas, qaynatilgan suv,filtrlangan suv ichish yaxshiroq va xavfsiz.) odamni organizmini filtrdan o'tqazib beradi.
Ko'proq suv iching !