Yuqorida tilga olgan do'stimiz Y_U_R_I_S_T janobi oliylari edi. Hushnudbek qaysidir postda o'qib qolgan edim, sizning aytishingizga qaraganda, sizga o'z nickingiz juda ham yoqadi. Haqiqatdan ham chiroyli nick, kishini bir qaragandan o'ziga jalb qiladi. Shunday bo'lsada, men sizning o'rningizda mana shu nick o'rniga o'zbekchasini qo'llagan bo'lar edim. Balki erish tuyular, ammo lekin o'zbekcha bo'lsa, jarangdor bo'larmidi, ehtimol menga jarangdor eshitilar. Bu mening shaxsiy fikrim, xulosa chiqarish o'zingizga havola.
PS: Y_U_R_I_S_T - HUQUQSHUNOS
Yaxshilar buni yana bir-birlaringizga aql o'rgatish deb tushunmangizlar, fe'lni keng qilingizlar.
Ollohim barchangizga keng fe'l, ketmas davlat ado etsin, Ilohim!