Men sizga shuni maslahat bergan bo'lardim.  ( 12556 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B

As-Samarqandiy  10 Yanvar 2011, 15:37:39

:bsm:

Bu yerda azizlar, kimga qanaqa maslahatingiz bo'lsa qizg'onmasdan, tortinmasdan berishingiz mumkin. Ayni zamonda birovdan maslahat olish ham pul bo'lib ketdi. Shunday damlarda sizning maslahatlaringiz farovon hayotimiz rivojiga hissa qo'shsa, sizning "Qilgan savob ishlaringiz" kitobingizga 10ta savob yozilishi muqarrar. Qaysi soha bo'lishidan qa'tiy nazar, maslahatlaringizni ayamangizlar.

Bu mavzuni ochishimga sabab bo'lgan narsa shu bo'ldi. Ancha vaqtdan beri bir juda ham faol forumdoshimizga bir narsani aytishni o'ylab yurar edim, pmda aytsammikan, yoki forumda aytsammikan deb avvaliga ikkilandim. Keyin shunday qarorga keldim, kel, bir mavzu ochginda, muddaongni ayt. Boshqa forumdoshlar ham o'z fikrlarini bildirishsin.

Bilsangiz, siz arzimagan deb hisoblagan maslahatlaringiz hayotda yuksak baholanadi.

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  10 Yanvar 2011, 15:49:56

 :bsm:

Yuqorida tilga olgan do'stimiz Y_U_R_I_S_T janobi oliylari edi. Hushnudbek qaysidir postda o'qib qolgan edim, sizning aytishingizga qaraganda, sizga o'z nickingiz juda ham yoqadi. Haqiqatdan ham chiroyli nick, kishini bir qaragandan o'ziga jalb qiladi. Shunday bo'lsada, men sizning o'rningizda mana shu nick o'rniga o'zbekchasini qo'llagan bo'lar edim. Balki erish tuyular, ammo lekin o'zbekcha bo'lsa, jarangdor bo'larmidi, ehtimol menga jarangdor eshitilar. Bu mening shaxsiy fikrim, xulosa chiqarish o'zingizga havola.

PS: Y_U_R_I_S_T - HUQUQSHUNOS
Yaxshilar buni yana bir-birlaringizga aql o'rgatish deb tushunmangizlar, fe'lni keng qilingizlar.

Ollohim barchangizga keng fe'l, ketmas davlat ado etsin, Ilohim!

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  10 Yanvar 2011, 15:58:24

 :bsm:

Buni bilaman. Siz shaxsan bunga nima deysiz, mavlono?

Qayd etilgan

ree7  10 Yanvar 2011, 16:19:14

Kapalak opaga Abdulazizga uzbekcha gapirishlikni maslahat bergan bulardim. Kelajakda tili turkchada chiqishi aniq. Chunki barcha qarindoshlari, urtoqlari turk buladi. Agar Kapalak opa u bilan uzbekcha suzlashsa, har xolda kelajakda uzbekcha gapirolmasa ham tushunadigan buladi deb o'ylayman.

Qayd etilgan

azizbek_mx  10 Yanvar 2011, 16:40:17

Manimcha Kapalak opamiz hozircha o'g'illariga turk tilini o'zlashtirishiga qo'yib bersinlar. Tili chiqib olgandan keyin o'zbekchani o'rgatsalar ham bo'ladi. Bu meni shaxsiy fikrim. Yana tili aralash chiqmasin deymanda...

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  10 Yanvar 2011, 16:51:07

 :bsm:

Yuqoridagi ikki forumdoshimizning fikrlariga mening qushimcha ravishda fikrim shundan iborat. Evropada bu borada, ya'ni til o'rganish borasida  ko'p tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatyaptiki, kimda kim yoshligidan bir necha til qurshovida voyaga etgan bo'lsa, boshqa bir horijiy tilni o'rganishi oson kechar ekan. Shuning uchun ham hozirda Evropada ko'p tillilik har tomonlama qullab quvvatlanadi. Bu kishining ilmiy salohiyatini yuksalishi yordam beradi. Shuning uchun ham bola boshidan bir necha tilni o'rganishi maqsadga muofiqdir. Misol uchun kimda kim yoshligidan rus va o'zbek tillarini birdek o'rgangan bo'lsa, boshqa bir chet tilini o'rganishi tez amalga oshadi.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  10 Yanvar 2011, 20:36:51

:bsm:

Yuqorida tilga olgan do'stimiz Y_U_R_I_S_T janobi oliylari edi. Hushnudbek qaysidir postda o'qib qolgan edim, sizning aytishingizga qaraganda, sizga o'z nickingiz juda ham yoqadi. Haqiqatdan ham chiroyli nick, kishini bir qaragandan o'ziga jalb qiladi. Shunday bo'lsada, men sizning o'rningizda mana shu nick o'rniga o'zbekchasini qo'llagan bo'lar edim. Balki erish tuyular, ammo lekin o'zbekcha bo'lsa, jarangdor bo'larmidi, ehtimol menga jarangdor eshitilar. Bu mening shaxsiy fikrim, xulosa chiqarish o'zingizga havola.

PS: Y_U_R_I_S_T - HUQUQSHUNOS
Yaxshilar buni yana bir-birlaringizga aql o'rgatish deb tushunmangizlar, fe'lni keng qilingizlar.

Ollohim barchangizga keng fe'l, ketmas davlat ado etsin, Ilohim!

Assalomu alaykum.

Men sizga birovga maslahat bermaslikni maslahat bergan bo'lar edim... :7 (hazil albatta)

Muhtaram forumdosh, bitta mening nikimni deb yangi mavzu ochib yuboribsiz, rahmatey sizga! E'tiboringiz uchun yana bir bor tashakkur.

O'zi anchadan buyon nikimni almashtirsammikin deb o'ylab yurgandim. Chunki ko'pchilik ushbu nikni yozishga juda qiynalganini bir necha bor ta'kidlagandi. Ularni qiynalmasliklarini xohlayman albatta.

Va sizning nikni o'zbekchalashtirish haqidagi taklifingiz bu qarorimni yanada mustahkamladi.

Bo'ldi, men qaror qildim! Nikimni o'zgartiraman. Mening yangi nikim:

H_U_Q_U_Q_S_H_U_N_O_S

bo'ladi :7

Qayd etilgan

azizbek_mx  11 Yanvar 2011, 08:06:40

o'ldirdiz Hushnud aka, o'ldirdiz  ;D

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  11 Yanvar 2011, 16:28:19

 :bsm:

Taqsir Marg'iloniy bunga nima deysiz?

Qayd etilgan

BelleQizcha  12 Yanvar 2011, 02:48:01

baxtli bolshsin ikki yosh diyishla yoqotilsa hursand bolardu oilaviy

Qayd etilgan