Olam bozor o'lmush, barcha haridor...  ( 89205 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


ibnUyayna  16 Iyul 2011, 00:10:51

Ўттизинчи йилларнинг очарчилик авж олган кунлари сди. Ўзига тсқ ҳисобланган Муслим аканинг сғилчаси қсшниларнинг уйига сйнагани чиқди. Қарасаки, сртоқлари снги пиширилган кабобни зср иштаҳа билан туширишаётибди. Аммо қсшни амаки ҳам, болалари ҳам уни таомга таклиф қилмади. Ҳатто "œбор-бор"лаб, чиқариб юборишди. Табиий, боланинг дили оғриди, қорни тсқ бслса-да, жуда кабоб егиси келди. Уйига келиб, отасига шикост қилди.

 Муслим ака таажубланди:

 "œАаҳотки, қсшним бир сих кабобни шу гсдакдан қизғанса?! Тинчликмикан, ишқилиб", деди.

 Қсшнисининг остонасидан ҳатлади. Воқеани айтолмай, тараддудланиб турганида қсшни сзи ссз очиб қолди:

 -Ҳойнаҳой, сғлингиз айтгандир"¦ У гсшт сизнинг болангизга тсғри келмайди, ака.

 -Аега?

 Гсшт чайнаётган болаларидан бир оз узоқлашиб, қсшни шивирлади:

 -Уйда егулик ёқ. Кичкиналар оч. Зовур бсйига кимдир ҳаром слган молни чиқариб ташлаган скан, шунинг лаҳм жойидан кесиб олиб келиб берётувдим. Аочорлик"¦

 Муслим аканинг устидан совуқ сув қуйгандек бслди. Жунжикиб кетди. Тили калимага айланмай изига қайтди. Бориб сандиғини очиб, тсйга деб тсплаётган пулларини қсшнисига олиб чиқиб берди

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  13 Avgust 2011, 14:46:07

Bu dunyoning mavjudliginini o'zi-boshqa, bundanda mukammal dunyo borligining kafolatidir.
     
Paolo KOELO.   

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  13 Avgust 2011, 14:54:35

Qayum Nosiriyning "Favokih al-julaso" ("Do'st bog'ining mevalari") kitobida shunday yozilgan...
 Kimning yeyishi oz bo'lsa, tani sog' bo'ladi, ya'ni oz yegan odamdan salomatlik yuz o'girmaydi. Ko'p yeydigan kishi ko'p kasallikka duchor bo'ladi.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  04 Oktyabr 2011, 12:20:46

Ikki marta "voh-voh"

Hz. Umar (r.a) bilan Uqvat ibn Omir (r.a) sherikchilikka tuya boqishar ekan, yani 5-6 tuyalari bo’lib, birga boqishar ekan. Ular shunday kelishib olishgan ekanlar: 1 kun sen boqasan, men SAV suhbatlarini tinglayman va kechqurun senga aytib beraman. 2-kuni men boqaman,
sen suhbatni tinglab, kechqurun menga aytib berasan degan holatda. Uqvat ibn Omir aytadilarki: "œBir kuni Alloh menga o’tlarni serob qildi va tuyalarim ertaroq to’yishdi. Ertaroq qaytganim uchun to’gri masjidga bordi. Hali Payg’ambarimiz(S.A.V.)ning suhbatlari tugamagan edi. Qarasam halqa to’la, sekingina borib, Hz.Umar(r.a.)ning orqalariga o’tirib oldim. Shunda SAV aytdilar: Agar bir odam chiroylik tahorat qilsa, tahoratini mukammal qilsa va keyin 2 rakat namoz o’qisa Alloh taborak va taolo unga jannatning 8ta eshigini ochadi, hohlaganidan kiradi" dedilar. Men shunaqangi oson va’dani eshitib turib VOH-VOH dedim. Shunda Hz. Umar(r.a) menga qarab: "œSen avvalgi gaplarni eshitmadingda, agar avvalgisini eshitganingda 2 marta VOH-VOH degan bo’larding" dedi. Shunda men: "œUnda SAV nima degandilar?" desam, Hz. Umar(r.a): "œUnda namoz o’qishni ham shart qilmagandilar. Agar chiroyli tahorat qilib, ohirida "œAshhadualla ilaha illalloh va ashhaduanna Muhammadan abduhu va rosuluh" desa Hudoyi taolo jannatning 8 ta eshigini ochadi degandilar. Sen eshitganingda 2 rakat namozni ham aytdilar. Bunda esa shu kalimani aytsa bo’ldi" deb javob beribdilar.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  04 Oktyabr 2011, 12:21:44

Toshkandi azimning bir ko'hasidan ora -sira o'tib turaman.Chor tarafi o'zbek mahalla.Ammo shundoqqina yo'l yoqasidagi devor ostiga axlat to'kishadi.Ko'rgan ko'zga yomon,albatta.Diniy asoslarga olishtirganda ham,tibbiy talabdan kelib chiqqanda ham salbiy holat.Avvallari g'ashim kelib yurdi.Keyinchalik ko'zim o'rgandi,shekilli unchalik e'tibor qilmay qo'ydim.Faqat devorga yozilgan :Axlat to'kma! shtraf -5000 so'm degan ko'zim qirida o'qib o'tardim.Narx -navo o'zgarishi bilan jarima qiymati ham o'zgarib turar ,oxirgi ko'rganimda 15 000 ga etgandi.Lekin bu jarimalardan halqning pinagi piq etmas,o'sha devor ostida hamon axlat tashlagani tashlagan edi.

Ammo bir kuni ko'zlarimga ishonmay qoldim.Necha yillardan beri axlathona bo'lib yotgan joy chinnidek top -toza edi.Devorda boshqa bir yozuvni o'qidim .Va angladimki,odamlarni jarimalar bilan to'xtatib bo'lmaydi.Ularni to'xtatadigan kuch duo ekan...

Devorga:"Axlat tashlagan axlatday xor bo'lsin !!!" deb yozib qoyilgan edi.


(Internetdan.)

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  04 Oktyabr 2011, 12:30:23

Rivoyat qilinadi

Hushu bo'lmagan namozda,

Befoyda narsalardan saqlanmay tutilgan ro'zada,

Tartil (tajvid) siz o'qilgan Qur'onda,

Gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda,

Undan ehson qilinmagan molda,

Iymonga suyanmagan birodarlikda,

Ihlos bo'lmagan duo da yaxshilik yo'qdir.

Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  11 Oktyabr 2011, 15:16:20

Halol luqma.

  Abu Dardo r.a. Nabiy s.a.v. masjidlariga har kun bomdoddan oldin kelar, namozdan keyin, Payg'ambar s.a.v. saboqlarini tinglar va masjiddan eng oxirgi chiquvchilardan edi.
  Xurmo pishig'i mavsumida Abu Dardo r.a. negadir masjidga kech kelib erta qaytadigan bo'ldi. Undagi bu o'zgarishni sezgan Nabiy muhtaram (s.a.v.) undan nega masjidga kech kelib, erta ketayotganini so'radilar. Shunda Abu Dardo r.a.:
 -Qo'shnimizning hovlisidagi xurmo pishib, shoxlari bizning hovliga osilib, qoldin. Uning egik shoxlaridan bizning hovliga xurmolar to'kilmoqda. Bolalarim ruxsatsiz birovning xurmosidan yeb qo'ymasin deb, har kuni namozdan oldin, mevalarni terib, qo'shninikiga o'tkazib qo'yaman, va masjiddan ertaroq qaytib yana to'kilganlarini terib, qo'shnining hovlisiga chiqarib qo'yaman deb javob berdilar.
  Nabiy s.a.v. bu javobni eshitib u kishini duo qildilar.

Qayd etilgan


Lu`lu`  14 Oktyabr 2011, 05:09:59

Хар нарсада бордир Унга аломат,
Унинг танхолиги килар далолат.
Унга гувох срур хар бир харакат,
Осудалик, жимлик, хатто сукунат...
Ажаб, кандай исён бундай илохга.
Шунинг чун хайронман дахрий-кустохга!

Qayd etilgan


Maysara  14 Oktyabr 2011, 21:59:03

"Qalbga oxirat örnashgan bölsa, dunyo uning yoniga tiqilishga urinadi. Agar qalbga dunyo örnashgan bölsa, oxirat uning yoniga joylashishga urinmaydi. Zero, oxirat ulug'vor, dunyo esa pastkashdir."
(Abu Sulaymon ad-Doroniy).

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  16 Oktyabr 2011, 20:01:41

Magar yig'larkansiz,
bu ko'z yoshlar qalbingiz borligidan dalolatdir.
Zotan qalbsizlargina yig'lay olmaslar.. Qanday bahtli insonsiz, yig'lay olasiz.
Qalbingizdan BIRgina U joy olganidan bu...
Demakki nazardan chetda qolmagansiz . Demakki, siz katta umid bog'chasisiz, inshAlloh!

Qayd etilgan