Umumiy bo'lim > Namoz

Namozim-Haloskorim

(1/9) > >>

Ansora:
:bs1:

 :as:

Azizlar, Payg'ambarimiz (S.A.V) "Namoz-dinning tirgagidir" deganlar.

Namoz-Allohning qudratini idrok etgan va azomati qarshisida lol qolgan insonning bu hurmat va lollikni  eng munosib so'z va harakatlarla tilga olishidir.

Siz emaski "Musulmonman" degan insonlarimizni ko'pchiligiga namoz o'qish nasib bo'lmagan, zora bizlarni fikrlari sabab namoz o'qish baxtiga muyassar bo'lishsa...

Bazan namozning qanchalik buyuk ne'mat ekanligini doimiy namoz o'qib yurganlarimiz ham idrok etavermaymiz. Bir-birimizga bu haqda eslatsak, nima deysizlar...

Bu mavzuda namoz haqidagi fikr-mulohazalaringiz, namozga oid chioroyli xotiralaringizni yozishingiz mumkin.

Demak insho mavzusi-Namoz...

Ansora:
Kuni kecha bir bo'lgan voqeani eshitib, juda hayajonlandim.

Bir yosh yigit anchagina ahloqsiz bo'lib, na din na ibodatdan xabari bor ekan. Taqdir nasib qilib bir olim inson bilan tanishib qolibdi. Olim shaxsiyat yigitni qaytadan tug'ilganday dinini o'rganib namoz o'qishiga sabab bo'libdi.

1999-yil 17-avgust kuni Turkiyaning Go'ljuk degan joyda juda qattiq zilzila bo'ladi. Yigit ham bu yerda yasharkan. Yigitni telefoni o'chirilgani uchun olim uni va oilasini qidirib Go'ljukka keladi. Olimga shunday voqeani aytib berishadi.

Zilziladan hammayoq vayron bo'lib, yigit yashaydigan bino ham yakson bo'lgan va oila ham vayronalarni tagida jon bergan. Qutqaruv gruppasi bino harobalarini ichidan insonlarni qidirar ekan, ne ko'z bilan ko'rishsinki, yigitni oilasi namoz o'qiyotgan joyida jon beribdi:( Qutqaruvda ishlaydigan insonlar:" Biz ularni jonsiz badanlarini qutqarishdan oldin tahorat qilib keldik, namoz o'qib turgan joyida jon taslim etgan mo'minlarga tahoratsiz qo'l urishga or qildik"...

Dinining amrlarini bajargan yigitni o'limi ham insonlarga ibrat bo'libdi...

siddiqa:
 :as:
Ayollarning Allohga eng yaqin holati bu uydaligidadur deyiladi .Tasavvur qilinga bizni muslimalarga qanday ham ulug' hatto quvib yetib bo'lmaydigan savoblar yoziladi uydaligida Allohga yaqin ,yana uydaligida namozda ,joynamozda o'tirsachi ? Bu qurbatni hatto eng katta tarozular ham o'lchashga qiynalsa kerak  :7
Musulmonmiz bahtlimiz )
Musulmonmiz namozimiz bor biz ikki karra bahtlimiz  :7

Ansora:
Namoz o'qiylik
Keling namoz o'qiylik, qalb zangini poklaylik,
Allohga qullik bo'lmas, namoz o'qilmaguncha!

Qachon namoz o'qilur, gunohlar ham to'kilur,
İnson kamol topolmas, namoz o'qilmaguncha!

Qur'oni-Karimda Haq, namozni ko'p madh etdi,
Dedi: Sevmam kishini namoq o'qimaguncha!

Bir Hadisda aytildi: İymonning alomati,
İnsonda ma'lum bo'lmas, namoz o'qimaguncha!

Bir namozni tark etish, gunohi kaboirdir,
Tavba bilan avf bo'lmas, qazo o'qilmaguncha!

Namozni mensimagan, iymondan chiqar shul on,
Musulmon bo'lolmas u, namoz o'qimaguncha!

Namoz qalbni pok etar, yomonlikdan man etar,
Munavvar bo'lolmassan, namoz o'qimaguncha![/b]

Alloh barchamizga namoz o'qish va o'qigan namozimizni idrok etishni nasib aylasin..

She'r muallifini bilmadim, bilganlar bordir balki.

siddiqa:
qani endi

nurlarga to'lardi balki dunyoyim ,
yig'lardim ko'rsamu saf tortib tursa,
mendan bahtli inson bo'lmasdi chindan.
qani endi ahlim namoz o'qisa .

ro'molingni o'ra qizginam ,
joynamozni solgin deyishsa ,
otam desa bomdod qazo bo'lmasin .
qani endi ahlim namoz o'qishsa .

kerakmasdir  qadahlar zarbi ,
bizga hayit bayram deyishsa ,
onam desa olib beray ro'mollar
qani endi ahlim namoz o'qishsa .

akalar ham qosh chimib birdan
kelin oylar avratin yopsa ,
men hizmatin qilay ularni
qani endi ahlim namoz o'qishsa .

Umidim bor Rabbim Allohdan ,
bir nurini tashlablar qo'ysa   ,
uhlolmasdim yig'idan chindan ,
Qani endi ahlim namoz o'qishsa .

Siddiqa

Allohim  namozimizga qarshilarni namozga shunday burginki ,bu ne'matingdan senga shukrlar aytib yig'lashsin .Karami keng Rabbim ,onalarimizni ,otalarimizni ,akajonlarimizni  namozga muhabbatli qil .ularni hidoyatingga boshla .omin .









Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version