Namozim-Haloskorim  ( 30041 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Shoxruh Mirzo  28 Fevral 2011, 12:49:10

Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom
huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo'yib,
so'ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul
qilib, gunohimni mag'firat etishini so'rab duo qiling», dedi. Muso
alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so'ragan edi, u: «Ey
Allohning payg'ambari, men zino qilib, bola tug'dim-da, so'ng uni
o'ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu erdan, ey fojira! Yana
kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin»,
dedi.


Ayol payg'ambar huzuridan qalbi o'ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil
alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan
ayolni qaytarib yubording? Undan ko'ra yomonroq kimsa borligini
bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham
yomonroq kimsa kim?» deb so'ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan
kishi», deb javob berdi.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  28 Fevral 2011, 12:51:27

Hasan Basriy aytadilar: «Ey Odam farzandi, agar senga namozing qadrsiz
bo'lsa, u holda diningdagi qaysi narsa sen uchun aziz?! Holbuki, sen
qiyomat kunida birinchi bo'lib namozingdan so'ralasan-ku!»

Qayd etilgan


Ansora  28 Fevral 2011, 14:42:18

"Biz bu dunyoda namozimizga qanday "muomala qilsak", namozimiz ham narigi dunyoda bizga xuddi shunday "muomala qiladi".... (c)

Qayd etilgan


Ansora  28 Fevral 2011, 14:45:38

Musulmonni- Nasroniydan, Yahudiydan va boshqa din vakillaridan ajratib turadigan eng buyuk amal-NAMOZDIR....

Qayd etilgan


Ansora  28 Fevral 2011, 14:48:52

Namoz-Mo'minga topshirilgan Omonatdir. Omonatga "hiyonat qilish" esa-Mo'minning ishi emas...

Qayd etilgan


Aqoid  01 Mart 2011, 03:46:19

Odam so'zi arab yozuvida Alif, dol, mim harflari b-n yoziladi. Alif-namozdagi qiyom holati.
Dol- ruku'
Mim-sajda
Haqiqiy  Odam bo'lish uchun bir kunda 5 vaqt shu holatlarda bo'lishimiz kerak.
Agar shu holatda bo'lmasak, demak, odammasmizda azizlar.

Qayd etilgan


Ansora  17 May 2011, 17:12:06

Bolani namoz o'qiydigan oilada ulg'ayishi juda ham muhim. Chunki bola kattalar bajargan ishlarni "nima uchun", "nimaga" demadan qabul qiladi. Qolaversa bola kattalarni taqlid qilishni judayam yaxshi ko'radi.

O'g'lim, Allohga shukr mana 1 yildan beri faqat 1-2 martagina namoz o'qiyotganimda juda chidab bo'lmas darajada yig'ladi, undan tashqari juda yig'loqi bo'lishiga qaramay, atrofimda aylanadi, o'yinchoqlarini o'ynab tez tez men tarafga qarab, xonada ekanligimni bilgani uchun sokinlashadi.

Bu ham bo'lsa Allohni ne'mati. Zero mo'min hayrda ihlos bilan, jiddiy shaklda harakat qilsa Yaratgan albatta bu amalni bajarishni nasib etadi.

Inshalloh namozi qabul bo'lgan bandalardan bo'laylik azizlar.

Tunov kuni namozni tugatay deb tursam, o'g'lim yonimga keldi, joynamozga yotib, o'pti:) demak sajdaga borganimda ayam joynamozni o'pdi, deb o'ylabdi...

Qayd etilgan


Best friend  17 May 2011, 18:08:26

Odam so'zi arab yozuvida Alif, dol, mim harflari b-n yoziladi. Alif-namozdagi qiyom holati.
Dol- ruku'
Mim-sajda
Haqiqiy  Odam bo'lish uchun bir kunda 5 vaqt shu holatlarda bo'lishimiz kerak.
Agar shu holatda bo'lmasak, demak, odammasmizda azizlar.
Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


Best friend  29 May 2011, 09:47:05

Majnun borar edi Laylini izlab,
Och naxor chidolmay yurardi bo'zlab,
Gapirsang u faqat Laylini so'zlab,
Har lahza visolning yo'lini ko'zlab.
Sahroda uzoq yurib, madori bo'lmay,
O'tdi namoz o'qiyotgan odamni ko'rmay.
"Orqamdan o'tmaysanmi",-dedi u kishi,
Majnun javob berdi ko'p hayol surmay:
-"Iltimos kechiring! Ko'rmay qoldimda,
Ammo nishni sezmasdilar namoz paytida,
Menku ketaveribman sevgim dardida,
Sevgi nima bo'libdi namoz oldida?"


 2008-09yillar

P.S. Bu hikoyani eshitganimda yoqib qolgandi, keyin she'r qilib yozganman.

Qayd etilgan


Best friend  07 Iyun 2011, 13:22:19

Shom kirishiga o‘n besh daqiqa qolibdi. «Yana kechiktiribman namozni», dedi o‘ziga-o‘zi. Tezgina tahorat olib, yuz-qo‘lini artmasdan xonasiga yugurdi. Yana shunday tezlik bilan ibodatini ado etdi. Tasbeh o‘girib o‘tirarkan, xayolidan buvisi ketmasdi. «Bu holimni ko‘rganlarida urishib bergan bo‘lardilar. Qanday namoz o‘qirdilar-a buvim...»

Duo qilib bo‘lgach, ustidan qandaydir yuk bosayotganini his qildi va astagina sajdaga uzandi. Ko‘zlari yumilib ketayotgan edi. «Rosa charchabman bugun» deb o‘yladi. Shu tarzda uxlab qolganini sezmay qoldi...

Qiyomat qoyim... Mahshargohda odam qaynaydi. Kimdir dong qotib qolgan, nima qilishini bilmay harakatsiz turar, kimlardir esa har qayoqqa chopgan, yana kimdir boshini ikki qo‘lining orasiga olgancha tiz cho‘kkan...

Uning yuragi qinidan chiqib ketguday urar, vujudidan muzdek ter oqardi. Hayotligida qiyomat, savol-javob, tarozi haqida o‘qigan, bilgan edi. Biroq Mahsharning bunchalik vahimali bo‘lishini hech o‘ylamagandi. Hisob-kitob davom etmoqda.

Bir payt uning ismi o‘qildi. Hayrat ichida bir o‘ngga, bir chap tomonga qaradi. «Mening ismim o‘qildimi?» deya titradi lablari. Shu dam olomon ikkiga bo‘lindiyu ro‘parasida uzun yo‘l paydo bo‘ldi. Ikki farishta ikki qo‘ltig‘idan olib, oldinga surgilay boshladilar. Tarozibonning huzuriga yetganlarida farishtalar g‘oyib bo‘lishgandi.

Butun hayoti ko‘z o‘ngida bir-bir o‘tayotgan edi. «Shukurlar bo‘lsin, - dedi o‘ziga-o‘zi. - Umrim davomida faqat din yo‘lida xizmat qilganlar bilan birga bo‘ldim. Otam mol-davlatini Islom uchun sarf qildi. Uyda amri-ma’ruflar o‘tkazardi, onam esa kelgan mehmonlarni kutib olar, dasturxon tuzardi. Men ham odamlarga xizmat qildim, ularga Allohning dinini tushuntirdim. Namoz o‘qidim, ro‘za tutdim, nimaiki farz bo‘lsa, hammasini bajardim. Xaromdan qochdim».

Ko‘zlaridan yoshlar duv-duv to‘kilarkan, «Rabbimni sevaman, Rabbimni sevaman» deya takrorlardi. «Nima qilgan bo‘lsam ham, jannatga kirishim uchun yetarli emas, umidim faqat Allohimdan».

Hisob-kitob cho‘zilgandan-cho‘zildi. Uning esa butun vujudi titrar, terlar, xayolida turli fikrlar g‘ujg‘on o‘ynardi. Bir mahal qo‘lida qog‘oz tutgan farishta olomonga o‘girilib, hukmni o‘qishga kirishdi. Eng avval uning ismi o‘qildi. Oyoqlari tamomila majolsiz edi, yiqilay-yiqilay deb turibdi, ammo jon qulog‘i bilan farishtaning og‘ziga ko‘z tutgan.

Olomon bir qalqib tushdi: u jahannamga mahkum etilibdi! Nima?.. Quloqlariga ishonmadi. «Bo‘lishi mumkin emas!..» baqirdi bor ovozi bilan u. Telbalarcha har tomonga yugura boshladi. «Qanaqasiga jahannamiy bo‘larkanman? Axir butun umr dinimga xizmat qildim-ku!»

Farishtalar yana ikki qo‘ltig‘idan olishdi. Oyoqlarini yerga tekkizmay olovi osmonga o‘rlagan jahannam tomon sudrab ketishdi. U esa tinmay chirpanardi. Lablaridan yarim-yorti so‘zlar chiqardi: «Xizmatlarim... tutgan ro‘zalarim... Qur’on o‘qiganlarim... namozlarim... Hech biri qutqarib qolmaydimi meni?..» Baqirib-chaqirib, yolvorishga tushdi. Qani endi farishtalar quloq solsa.

Jahannamga juda yaqin kelib qoldilar, hatto olovining tafti sezila boshladi. Payg‘ambar alayhissalom «Uyining oldidan oqib o‘tadigan suvda kuniga besh marta yuvingan odam qanday tozalansa, kuniga besh mahal o‘qilgan namoz ham odamni xuddi shunday gunohlardan poklaydi» degan edilar. «Unday bo‘lsa, namozlarim meni qutqarib qolmaydimi?» deya o‘yladi. «Namozlarim... namozlarim... namozlarim...»

Farishtalar uning yolvorishlariga mutlaqo beparvo edilar. Jahannam o‘rasining boshiga kelishdi. Undan chiqayotgan olov tafti yuzlarini yondirib yuborgudek darajada edi. U umid to‘la ko‘zlari bilan ortiga o‘girilib qaradi: yo‘q, hech qanday najot yo‘q!.. Qo‘llaridan tutib turgan panjalar bo‘shaldi... va uni jahannam tomonga itarib yubordi...

Xuddi shu mahal kimdir uning qo‘lidan tutib koldi. Yo Rab!.. Boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi. Oppoq soqolli nuroniy bir chol uni jahannam o‘rasidan tortib olayotgan edi.

- Siz kimsiz? - so‘radi u dahshat makonidan uzog‘lasharkan.
Nuroniy chol kulimsiradi:
- Men sening namozlaringman!

Qayd etilgan