O'zimiz tikamiz va to'qiymiz : )  ( 89138 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

yoqutxon  25 Yanvar 2011, 22:23:58

 :bsm:

 :as:

Ushbu mavzuda o'z qo'llarimiz bilan tikkan, to'qigan, yasagan narsalarimizni rasmlarini joylashtiramiz.

Qayd etilgan

yoqutxon  25 Yanvar 2011, 22:28:19

Albatta bu mavzuni bekorga ochganim yo'q : ) Ishda ba'zi paytlarda ozgina bo'sh vaqt bo'lib qoladi. Shunaqa paytardan foydalanib mana bu "bezdelushka"ni yasadim. Maktab paytlari biir yasagan edik mehnat darsida shunga o'hshash narsani.

Qayd etilgan

yoqutxon  25 Yanvar 2011, 22:31:32

Ichgi qismida sovun. Hidi yaxshiroqini tanlasangiz shirin hid taratib turadi  :)

Qayd etilgan

Ansora  26 Yanvar 2011, 15:36:10

O'g'limga atab to'qigan momiq ko'rpacham:) o'tgan yili to'qish kursiga borgan paytim to'qigandim. Bir orqa, bir oldindan olib tekis, naqshsiz to'qidim. Xozir asosan uxlaganda ustini yopish uchun ishlataman.
To'qigan ipimga Turkiyada "soqolli ip" deyishadi, sababi ipni uzun bo'lishi:)

Qayd etilgan

Sirim  29 Yanvar 2011, 08:27:02

Assalomu alaykum, Kapalak! Men xavaskor to'quvchiman, nimcha to'qiyotgandim ba'zi joylarida qiynalayapman.Narigi postda juda chiroyli nimchalar joylashtirilgan ekan, agar vaqtingiz bo'lsa qanday to'qilishini shu yerda ko'rsatib bera olmaysizmi?

Qayd etilgan

Ansora  29 Yanvar 2011, 14:28:01

Assalomu alaykum, Kapalak! Men xavaskor to'quvchiman, nimcha to'qiyotgandim ba'zi joylarida qiynalayapman.Narigi postda juda chiroyli nimchalar joylashtirilgan ekan, agar vaqtingiz bo'lsa qanday to'qilishini shu yerda ko'rsatib bera olmaysizmi?

Valaykum assalom. Men shu kungacha 2 dona narsa to'qidim holos, biri yuqoridagi ko'rpacha, biri esa Turkiyada "aqlli ip" deyishadi, shundan jemper to'qigandim. Aqlli ip- deyilishini sababi to'g'ri to'qisangiz ham naqsh chiqaveradi:)
uni rasmini joylay olmadim hali. U mavzuda joylaganlarimni hech birini men to'qimaganman. Lekin siz savolingiz bering, bilganlardan so'rab beraman nasib bo'lsa:)

Qayd etilgan

Sirim  30 Yanvar 2011, 07:29:50

U mavzuda joylaganlarimni hech birini men to'qimaganman. Lekin siz savolingiz bering, bilganlardan so'rab beraman nasib bo'lsa:)

Lekin bu borada nazariy bilimingiz bor
o'tgan yili to'qish kursiga borgan paytim to'qigandim.

Demak, to'qiyotgan nimchamga 70 ta petlya olib, tagida rezinka guli sakkizlik (vosmyorka), har gulida 6 tadan petlya+2 tadan teskaridan 8 ta o'rama qilib to'qiyotgandim, chamamda 1.5 yosh o'g'limga to'g'ri kelishi kerak edi. Bitgandan keyin 20 sm bo'lib qoldi. Sakkizlik guli ipni "yeb qo'yadimi" ? Yoki tortib to'qilsa torayib ketadimi, rezinkani hisobigami?
Usta to'quvchilardan ham yordam so'rardim, oldindan rahmat!  

Qayd etilgan

Ansora  31 Yanvar 2011, 16:50:02

Sirim xonim, savollaringizga javob bera olishim uchun avvalo shu savollarga javob bersangiz.
1. Siz nimchani qanday ipdan to'qiyabsiz?
2. Spitsangizni nomeri qanaqa?
3. To'qiy boshlagan nimchangizni rasmini joylay olasizmi?

Chunki ko'rmasdan bir narsa deyish qiyin.

Odatda tortib qo'qiganingizda aytganingizday tor bo'ladi. Lekin siz nimchani necha bo'lakdan iborat to'qiyabsiz? Petlyani sanog'i shunga ham bog'liq chunki. Men 2 bo'lak alohdia to'qib keyin bir-biriga uladim.

Qayd etilgan

Ansora  15 Fevral 2011, 19:31:35

Sirim xonim, savolni berib ko'rinmay ketdingiz...

Qayd etilgan

Sevdo  21 Fevral 2011, 20:18:55

Kapalak opa wu po'stlarizi juda yaxwi ko'ramanda,opajon juda foydali,RAHMAT,opajonim anavi waliviylani 1 tasini bo'sayam sxemasi bo'sa joylasez iltimos.Oldindan rahmat. 

Qayd etilgan