Sabzavotli merjimek (chechevitsa) sho'rvasi. Masalliqlar: (5 kishilik)
1. 1 stakan (200gr) merjimek
2. 1 dona kartoshka
3. 1 dona sabzi
4. 2 qoshiq un
5. 1 qoshiq saryog'
6. istakka ko'ra tuz va garmdori
7. 1-1.5 litr suv.
Tayyorlanishi: Unni saryog'da 5-7 daqiqa qovuring. Keyin navbati bilan yuvilgan merjimek, o'rtasidan bo'lingan kartoshka, sabzini solib ustidan suvni quying. Suv sovuq bo'lsin, bo'lmasa un dumaloq bo'lib qoladi. Suvni quygandan keyin biroz aralashtiring. Tuzini soling. Bu aralashma 30-40 daqiqa atrofida qaynaydi.
Tayyor bo'lgandan keyin agar qo'yiq bo'lsa biroz qaynagan suv qo'shishingiz mumkin. Taomga garmdori sepib torting. Yoqimli ishtaha.