Sevimli kinofilmlarimizdan ta'sirli iqtiboslar  ( 59135 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


mutaallimah  06 Avgust 2007, 03:42:27

-Biz kimmiz Serpil?... Kimmiz??? fohishamizmi yo jinoyatchimi?? ularga nima qildik ahir?......
(Siz  yolg'iz emassiz!)

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Avgust 2007, 03:53:04

-Ho'sh aytchi.. bu ro'molni nima uchun o'ragansan?
-Sizdek madaniyatli kishining bunday savol berishi noo'rin!
-Hm.hm E'tiqodim amri desang kerak buni.. Aaa Shundaymi!!??
-Taajjub.. qayerdan bildingiz???
-Savollarimga zarda bilan andresiv javob berayotganingni sezayapsanmi?
-Ya'ni quturganday..??
-Haa shunday..
-Sizchi janobi professor! bu yerga razilona, iblisona vazifani bajarish uchun kelganizzi sezmayapsizmi?! Bu yerga kelishizdan maqsad menga jinni degan muhr bosish shundaymi?
(Siz yolg'iz emassiz!)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:38:55

- Xullas bizga kechgacha suradigan arava kerak.
- E, nima, arava? Nima balo? Sindizmi uka?
- Po'lat egiladi, lekin sinmaydi, aka.
- Saal ko'proq egilibsizmi, deyman-a?
- Egildim, lekin qulluq qiladigan darajada emas!

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:39:05

Militsioner:
- Patenting bormi?
Zulfiqor:
- Assalomu alaykum komandir. Aravakashlik yangi kasb. Mehnat vazirligida hisobga olinmagan. Soliqchilar ro'yxatiga kiritilmagan.
- Xo'sh...
- Lekin bizda patent bor aka.
- Qani?
Zulfiqor (bloknot orasiga nimanidir qistirib):
- Mana marhamat. Bu shu haftani patenti. keyingi haftani patentini keyinroq olasiz, komandir. Patentni o'zini opqolib, muqovasini qaytarib berseyiz. Aybga buyurmaysiz, odat bu. Buvam rahmatlidan qolgan odat. Buvam rahmatli Sarag'ochda mol sotardilar. Lekin biron marta arg'amchisini bermaganlar.
Militsioner (boshqa aravakashlarga qarata):
- Bor ishlarini qillaring...
Asror:
- Nima buvangiz molfurush bo'lganmilar?
- Buvam molfurush bo'lganlar. Buvim Amir Olimxonning kenja qizi bo'lganlar.
- Hehe, yolg'on gapiryapsiz-a?
- Melisaga rost gapirish shartmi galvars!
- Buvam qaroqchi bo'lganlar. Buvingni choynagiga chumak o'rnatganlar. Yo buviyz stakanda choy ichkanmilar?
- Yo', buvimla artist bo'ganlar.
- Ey-ha, Abror doirachini artistga uylangani yodindan chiqibdi. Shundoq kulturniy oilani bolasi ekansan, nima qilib aravaga aralashib yuribsan?
- Buvam tushumi yaxshi bo'ladi, deydilar.
- Tushum, tushum, deb churrakni tushurib qo'ymagin, ukam!

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:39:34

- Do'xtirlar suyak ikki joydan darz ketdi debdi.
- Ayturadi ular, do'xtirlar palataga yotqizvolib pul shilishni biladi, nomardlar.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:39:45

- "Aroba" shirkati siz bilan shartnoma tuzmoqchi. 
- E, nimalar deyapsiz-a. Ana, mingtasi tashqarida ishlayapti, shartnomasiz.
- Boshqalar bilan ishim yo'q, biz bilan shartnoma tuzasiz. Pulini olib, patta berasiz har kuni.
- Hey, aravachilar bilan shartnoma tuzilmaydi. Biz ruxsat bersak, ishlaydi. Bo'lmasa, ana katta ko'cha, toshini tersin! Xo'pmi!
- Iye, shumi mehnat ahliga bo'lgan munosabat. Siz o'zi oxirgi qonunni o'qidizmi? (Devordagi rasmga qarata) Yo qonunga qarshimisiz?
- Eee, yo'g'e, Zulfiqorbek. Biz hecham qarshi emasmiz.
- Ha, bu boshqa gap.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:39:54

- Hey, zakonniy ekansiz-u, shef. Qonunni qayoqdan bilasiz-a?
- Qonunni bilish shart emas. Beting qalinroq bo'lsa bas.
- Lekin qaysi qonun deb so'rab qolsa-chi?
- So'ramaydi, qo'rqadi.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:40:07

- Shuncha ish, shuncha sayohat... 50 tadan olmasak bo'lmasakan, opoqi.
- manga 20 tayam yetadi.
- Qani, oldik.
- Xudoni o'zi kechirsin, baniyat shifo (!)
- So'raganni aybi yo'q, Mastura Rahbarovna. Namoz ham o'qib turasizmi?
- Yana 20 ta quy-chi... Namoz o'qishga vaqtim yo'q. Lekin hajga ikki marta borib kelganman.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:40:19

- Safarqul, anau to'g'ri tarozing ko'rinmaydi?
- Yo'-yo', turibdi, ana, hov ana.
Zulfiqor:
- Hov ana, xaridor oyog'i yertmaydigan joyda...
Mastura Rahbarovna:
- San-chi, Zulfiqor o'g'lim, to'g'ri tarozini olib, bozorni o'rtasiga o'rnat.
- Xo'p bo'ladi, bugunoq o'rnatamiz.
- Safarqul, 4 ta sog' tarozi topiladimi yo hammasi o'zingga o'xshaganmi?
Zulfiqor:
- Safarqul akam xaridorlarni o'ylab, bozorni o'rtasiga to'g'ri tarzoi o'rnattirdilar. Olgan xaridinglarni o'lchab ko'ringlar. Tarozini halolligiga, to'g'riligiga Safarqul akamiz kafil. Uyalmanglar. Qani opajon, nima oldiz?
- Uzum oldim.
- Qancha uzum oldiz?
- 1,5 kilo.
- Yaxshi, 1,5 kilo. Mana hozir tortib ko'ramiz. Mana: 950 gramm. Bu tarozi aldamaydi.
- Voy, naga 900 gramm chiqarkan?..

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Avgust 2007, 07:40:32

- Chiq. san kir. Pasporting. Propiskeng bormi?...
Bularni orasida haligidek, namozxonlari yo'qmi?
- Qazoi qarzini qo'shib, har hayitda namoz o'qishadi. Demak, yiliga ikki marta. Lekin maslahatchimiz namozxon!
- Kim? Familiyasi nima?
- Familiyasi Shorahbarova Mastura.
- Mastura opoqimlarmi?
- Ha-da!
- Opoqimlarni firmasi demaysizmi? Unday bo'lsa boshqa savolim yo'q.

"Po'sht, arava" filmidan ("Ozbektelefilm", ssenariy muallifi: Murod Muhammad Do'st)

Qayd etilgan