OB-HAVO ma'lumotlari  ( 239585 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 41 B


LONER  03 Yanvar 2012, 00:13:23

Qanday obi havo  bo`lishidan qatiynazar barchasi ollohning qudratidan.....

Qayd etilgan


Зайнаб  05 Yanvar 2012, 10:34:26

 :asl3:
Ҳа, албатта, ҳаммаси Аллоҳнинг қудратидан. Шундай ажойиб қор ёғспти. Майда, майда  :)

Qayd etilgan


Habib  05 Yanvar 2012, 14:46:35

Тошкентда тонг саҳардан бери тинмасдан қор ёғмоқда. Аамгарчилик юқори. Вилостларда об-ҳаво қандай?

Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Yanvar 2012, 14:54:32

Namanganda ertalab sal pal bulutli havo edi. Tushgacha bulut butunlay qoplab, hozir tuman quyuqlashib bormoqda

Qayd etilgan


Musannif Adham  05 Yanvar 2012, 16:02:35

Shahrisabzda 4 yanvar, soat 18 dan beri kuchli qor yog'yapti. Kitob va Jizzax dovonlari yaxmalak bo'lib yotibdi. Yo'ldagilar ehtiyot bo'linglar.

Qayd etilgan


Aqoid  05 Yanvar 2012, 16:16:25

Bizga ham hademay yetib kelarkanda unda qor, inshaalloh.

Qayd etilgan


Shuhrat_  06 Yanvar 2012, 10:40:17

assalomu alaykum.
Namanganda kecha soat 20 larda boshlagan qor ,ertalabga taxminan 4, 5,  sm ga bordi.yerlar muzladi mashinalarni qatnovi keskin ozaydi ,piyodalar ko'chalarda ko'payib ketdi Ayni paytda qor tinib havo ochilib bormoqda.

Qayd etilgan


Ansora  09 Yanvar 2012, 13:25:12

Bugun ertalab tashqariga bir qarasam qor 3-4 sm bo'lib, haliyam laylak qor yog'ardi, demak qor kechasi boshlabdi, lekin 7 lardan keyin to'htadi, xozircha yerdagi qor turibdi, havo sovusa kerak.

Qayd etilgan


Ansora  10 Yanvar 2012, 18:23:10

Qor mayda- mayda yog'yabdi...mana endi qishga o'hshadi:)

Qayd etilgan


Humayro  11 Yanvar 2012, 12:52:54

Ertalab tashqariga qarab avvaliga bahor kelibdimi deb hayron bo'ldim: osmonda pag'a-pag'a bulutlar suzib yurishardi, havoyam iliq, ajoib hid taratib turibdi...

Qishning qoq o'rtasida, havoni bahordagidek ilib, ajoyib nasim esayotganidan... kimidir o'gay onasi yana yalpiz tergani jo'natgan bo'lsa kerak degan fikrga keldim keyin.

Qayd etilgan