
Ertalabda kirlarni osgani balkonga chiqsam, kechagi kundan tamoman boshqa havo bor edi, ancha sovuq, havoyam aylanib turgandi, bor tavakkal qilib kirlarimni osa boshladim, qarshi domdagi xola ham meni korib kirlarini yoya boshladilar, orada sorab ham qoydilar: - qizim yomgir yogmasmikan, deb:) Men -xola yog'sa ham bahor yomg'iri, nima bo'lardi, dedim. Poroshok hidi ketsin deb majburan osdim tashqariga kirlarimni.
Ozgina oldin birdan yomgir bostirib keldi, derazalar shapir shupur qila boshladi, yugurib kirlarni toplay boshladim, do'l ham yogdi qisqagina:)
Kirlarni toplab uyga kirsam quyosh chiqdi