Ауриддин Исмоилов, Олижон Хайит, Азамат Коржонов, Ориф Фармон каби бугунги "бозор адлабиёти дарга"ларинингларнинг ижодлари хам айни шу холатда.
Балки Уткир Хошимов айганларидек улар китобхон синовидан утганлари билан балки вакт синовидан утолмаслар. Лекин адабиётни сависсиз асарларга тулдириб кетадилар.
Бу хакда туликрок http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5886.new#new
Nurdinboy, fiklaringizga qo`shilaman, biroq siz yuqorida sanab o`tgan ijodkorlarning yaxshi asarlari ham yo`q emas. Jumladan Azamat Qorjovovning ba'zi qissalarini sevib, ichiga kirib ketib o`qib chiqqanmanki, asti qo`yaverasiz. E'tibor berib qarasangiz bu yosh adibning asarlarida o`zgacha bir yo`nalishni ko`rasiz.
Balki muammo aslida boshqa narsadadir? Balki "bugungi o`zbek nasri avvalgidek emas, juda past!" deb baho berayotgan, "O`tkan kunlar" mazasiga o`rganib qolgan, "eng yaxshisi shu!" deb turib olgan o`quvchi XXI asr "taomnoma"sidagi "taom"larning mazasini qabul qila olmayotgandir?
to`g`ri, hozir "gonorar uchun" ijod qiladigan ijodkorlar, o`quvchi talabiga ko`ra yozilgan asarlar ko`paygandan-ko`paygan, biroq yaxshilab qarab, kuzatib chiqsangiz, o`sha "sariq adabiyot" ichidan ham yam-yashil asarlarni topib olasiz.