Obro'li bo'lishning 32QOIDASI  ( 29550 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


azizbek_mx  13 Fevral 2011, 22:04:47

Kishi obro'sini oshiruvchi 32 qoida

1-QOIDA
Odamlarni qilgan ishiga shaxsiy fikringizni bildiring, masalan: "Bu ish maqul, yoki bu juda xunuk ish bo'libdi..." va hkz kabi fikr bildiring

Demak, o`zingizni aqlli ko`rsatish kerak ekanda, a?

2-QOIDA
Shoshilmay Sekin gapiring, ammo tez fikrlang

Osonmas, lekin yaxshi fikr.

3-QOIDA.
Hech kimdan narsa so'ramang, ayniqsa sizdan kuchli odamlardan...

o`zidan o`zgaga muhtoj qilmasin, lekin bu mendan kuchli, undan kamligimni bildirib qo`ymay, deyishlik bu kibrdan darak emasmikin...deb o`ylanib qoldim


5-QOIDA.
 Gapirayotganingda suhbatdoshingni ko'ziga qarab gapiring. chunki ko'zni qochirish qo'rqoqlikni malum qiladi...

Inson qalbi muloyim bo`lmaguncha, chin mo`min bo`lolmasa kerak, yana Vallohu a'lam...

9-QOIDA.
"Yo'q"  so'zini  ishlatishdan qo'rqma. Birovni iltimosini bajarging kelmasa
Ochiqchasiga YO'Q deyaver...garchi u eng yaqin do'sting bo'lsa ham.
Bahona qidirish obro'ni to'kadi.

Ochiq ko`ngillik va yordamsevarlik mo`minga xosdir.

10-QOIDA.
Hech qachon ko'p savdolashma. saxiy bo'l

Al Buxoriy, Hadis 2-kitobi. Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent-1997 yil

42-bob. Sotuvchi birlan haridor molning o`zlari ixtiyor qilgan narxini bir-birlariga taklif qilmasalar savdo vojib bo`lurmi?

Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v. bunday deb marhamat qildilar: "Sotuvchi birlan haridor molning o`zlari ixtiyor qilgan narxini savdolashib turgan joylarini tark qilgunlariga qadar bir-birlariga taklif qilmoqlari lozimdur, boshqacha qilib aytganda, savdolashib turilgan joyda haridor sotuvchiga "Men taklif qilgan narxga sotsang, sot", yoki sotuvchi haridorga "men taklif qilgan narxga olsang, ol" demog`i lozimdur." "

12-QOIDA.
Birinchi bo'lib salom ber, ammo qo'l berishda shoshilma, Senga qo'l uzatilgandagina sen ham uzat.

Domlamiz saboq berganlarida, salomlashayotganda Avval "Assalomu alaykum" deya qo`l uzatgan kishiga salomning savobi tegadi, ikki qo`l bilan salomlashib, darrov qo`lni tortish kerak, ikki qo`l bilan salomlashganda ikki qo`l orasidan salomlashuvchilar orasidagi shubha yoki gumonlar to`kilib ketadi, deya ta'lim berganlar. yana Vallohu a'lam...


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  14 Fevral 2011, 01:38:51

Leonardo umuman tushunmabsizku, qaytadan tafakkur bilan o'qing...

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Fevral 2011, 23:53:26

Hayot qiziq, ortasi chiziq..

Qayd etilgan


Akbarjоn  19 Fevral 2011, 07:39:35

adashmasam 32 ta maslaxat edi shekili

qolganlari ko'rinmayabdiku

Narigi forumdagi mavzuingiz ham qolganini kutib qoldi :))

Qayd etilgan


_NOSTRA_  01 Iyun 2011, 22:02:44

for:  [leonardo 1024]»»»Zo'r maslahatlar (respect) odam o'zini harakteriga va vaziyatga qarab tanlab olsa va amal qilsa bo'ladi ;) Manimcha rostanam D.Karnegini muhlisi  bo'sez kere,nafaqat Karnegi,Umuman inson psihologiyasini o'rganish ,hayotni qiziqlashtiradi odamda yangi g'oyalar tug'diradi  )))Davom etursinlar manam sizzi kompaniyezdaman)))
for:[ChehMik] »»» Tanqidni Qo'qonchasiga aytganda "Chochib tashesakan"))))
Insooon sal qo'yib berin yozvolishsin hammasini ,tanqidlarizzi ko'rib erinmagan odameee dgim keb ketyaptiii))) ChehMik»»» Luchshe sizam o'qisez yaxshi bo'lardi D.Karnegini "Muomala sirlari"
 kitobini manda bor kere bo'sa sovg'a qivoraman:) ,o'sha kitobda yozilishicha :"Tanqid huddi o'rgatilgan uy kabutariga o'xshedi,qo'yib yuborishing bilan,qachondir albatta o'zinga qaytib keladi..."

Qayd etilgan


jasur.best  08 Iyun 2011, 18:35:24

Yaxshi maslahat berilibdi. Kimning qaysi kitobidan. Shuni aniq yozinglar. Forumdoshlarimiz tahlil ham qilishibdi. To'g'ri aytishgan, ba'zilari noto'g'ri. Lekin hammasi emas. 2-3 tasi noto'g'ri aytilgan deb, hammasini absurtga chiqarish yaramaydi. Keyin bu maslahatlarning nomini ham biroz o'zgartirish kerakmikan, deb o'yladim. Chunki bularni obro oshirishga nisbatan aloqasi uncha kam. Shuningdek, obroni tushirmaslik bobida ham bu maslahatlar biroz oqsaydi. Bilmadim, lekin menga bunaqa narsalar yoqadi. Davomini kutamiz...

Qayd etilgan