Maslahatlar yaxshiku, lekin... 10-qoidaga:
Supermarketlarga kirgandaku mumkin, chunki magazinlarda narh talashilmaydi, asl narh qo'yilgan bo'ladi.
Bozor yo shu kabi savdo majmualarida... hech bir biznesmen odam savdolashmasdan narsa sotib olavermaydi, biznesmenlar har qancha boy bo'lsada tiyin ustida talashadi.
Sahiy bo'lish esa boshqa masala, buni savdoga aloqasi yo'q. Agar savdoda "sahiy" bo'lib pulidan voz kechaversa, bunday odamdan biznesmen chiqmaydi, o'zi ham boy emas balki boyning bolasi, yo pulning betiga qaramaydigan, pul topib aql topmagan toifadan bo'ladi.
Sahiylik zakotda, hayru-ehsonda, sadaqada, bechoralarga haj yo'llanmasi olib berish, ota-ona, farzandlarga yaxshi sharoit yaratib berish bilan o'lchanadi.
12-QOIDA...ga har qancha o'qib fikrlasam ham tushunmadim, salom berishda avvalgi bo'lish, qo'l uzatishda keyingi bo'lishning hikmati bormi?