Foydali maslahatlar  ( 197223 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 21 B


Ansora  08 Aprel 2010, 13:34:09

Gulkaram juda foydali sabzavot, lekin hidi bazan bizni rohatsiz etadi. Bu hid kelmasligi va gulkaramni rangi oppoq bo'lishi uchun qaynatayotgan suvingizni ichiga oz miqdorda sut soling...

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 13:36:15

Karam ham oshxonada bazan o'tkir hid qoldiradi, bu hid bo'lmasligi uchun qozonga nonni yumshoq qismlaridan soling. Ovqatga aralashmasligi uchun esa bez haltachaga solgan holda qozonga joylasangiz, nonni qozondan olishingiz ham oson bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 13:39:18

Bazan sham uydagi jihozlarni ustiga tomib, jiddiy dog' hosil qiladi. Bu dog'lardan oson qutilishning yo'li esa, bu dog'ning ustiga 2-3 tomchi benzin to'kib, 5 daqiqa kutish va yaxshilab artish...

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 13:41:58

Bazan mehmonlarimiz sigaret chekishadi, o'zini bilganlari chekmaydi yoki balkonda chekadi-da lekin mehmon, deb hech narsa ham deya olmaymiz. Hullas xonadan sigaret hidini tezda yo'qotmoqchi bo'lsangiz mum yoqing.

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 13:44:13

Suv idishlarimizni (grafin) og'zi kichkina bo'lgani uchun ularni yuvish oson emas, agar tagida dog'lar paydo bo'lgan bo'lsa, suvni ichiga bir hovuch tuz va 2-3 qoshiq sirka aralashtirib, suv idishda qoldiring. Keyin yaxshilab chayqang.

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 13:49:01

Baliq pishirmoqchi bo'lsangiz, tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Bazan baliqlar eski bo'lishi va bizga zarar berishi turgan gap.
Buning uchun avvalo baliqning ko'zlariga qarang, baliqning ko'zlari yaltiroq yani hali suvi qochmagan va (nafas olish organi) jabrasi pushti yoki qizil bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


JaviK  08 Aprel 2010, 13:51:26

Yana bir maslahat kapalak opani maslahatiga amal qilib ko`rilar, albatta ;) :D ;D

Qayd etilgan


munisaxon  08 Aprel 2010, 23:28:14

Agar taomingizga keragidan ortiqcha tuz solgan bo'lsangiz, hech hafa bo'lmang, qozonga 1-2 bo'lak xom kartoshka solsangiz, tuzini oladi.

Bundan tashqari biroz guruchni agar sho`rva bo`lsa dokaga o`rab, agar quyuq ovqat bo`lsa yuvib solsa ham ovqatning tuzini tortib olish xususiyatiga ega

Qayd etilgan


munisaxon  08 Aprel 2010, 23:36:45

Bazan mehmonlarimiz sigaret chekishadi, o'zini bilganlari chekmaydi yoki balkonda chekadi-da lekin mehmon, deb hech narsa ham deya olmaymiz. Hullas xonadan sigaret hidini tezda yo'qotmoqchi bo'lsangiz mum yoqing.
[/q           
Nam sochiq qo`yish bilan ham bu muammoni hal etish mumkin

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2010, 00:43:15

Agar sabzavot yoki meva so'libroq qolgan bo'lsa, iste'mol qilishdan oldin sovuq suvga solib kutsangiz, "taranglashadi"

Qayd etilgan