Foydali maslahatlar  ( 161063 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


JaviK  14 Sentyabr 2010, 09:43:46

Haladilnika, bitta kosodami idishgami to'ldirib soda sob qoyilsa haladilnikdagi hid yo'qolib qoladi, kiyin ovqatila svejiy turadi.

So`dani hidi chiqmaydimi?

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:17:14

Eng yahshi ko'rgan taomlarimizdan bo'lgan chuchvarani ushbu maslahatlarga amal qilib pishirsangiz yanada totli bo'ladi.
1-Chuchvaralar idishda siqilib qolmasligi uchuntanlagan kastrulangiz keng va unchalik ham baland bo'lmasligi lozim.
2-Suv kastrulkaning 4dan 3 qismini egallashi kerak.
3-Suv qaynab chiqishi bilan darrov tuz soling.Undan oldin solish tavsiya qilinmaydi.
4-Chuchvaralar bir biriga yopishib qolmasligi uchun suvga ozgina yog' solib yuborsangiz maqsadga muvoffiq bo'ladi.
5-Chuchvaralar suv ustiga qalqib chiqqanidan so'ng suv qattiq qaynab chuchvaralar ochilib ketmasligi uchun olovni pasaytiring.Va yana 3-5daqiqa qaynating.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:18:16

Go'shtan bulyon qilib, go'shtdagi foydali moddalar saqlanib qolishini hohlasangiz, go'shtni sovuq suvga solib pishirish tavsiya etilmaydi.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:21:37

Kir yuvishni boshlashdan oldin suvdagi kir yuvish kukuni (soda) yahshilab eritib ketganligiga e'tibor bering.Bu kiyimlarga kukunning katta  bo'laklari yopishib qolib,undagi ko'k modda kiyimga o'tib qolmasligi uchundir.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:22:37

Oshhona stolidagi klyonka vaqt o'tishi bilan har joyidan  yorilib ketishi mumkin. Bunday bo'lmasligi uchun uni vaqti vaqti bilan uksus va sutli aralashma bilab yuvib tursangiz bo'ladi.


Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:24:04

Oyna yanada yaltirab turishi uchun uni yuvayotgan suvingizga ozgina krahmal qo'shib yuboring.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:24:49

Qishda oynalar terlab yoki muzlab qolmasligi uchun ularni glitserin qo'shilgan suvda yuving.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:25:23

Yaxlab qolgan oynalarni sho'r suv bilan artib chiqish zarur shunda muz tez eriydi. Muz erigandan so'ng quruqlab artib qo'ying.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:26:06

Supurgini ishlatishdan oldin qaynoq sho'r suvga solsangiz u ko'proq hizmat qiladi.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 17:26:47

Zangni perekis vodorodi va ammiakning 10% eritmasi aralashmasi bilan ketkazsa bo'ladi.( Ammiakni ochayotganingizda ehtiyot bo'lib oching)

Qayd etilgan