Foydali maslahatlar  ( 199369 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 B


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 09:49:08

Agar oyoq kiyimingiz ho'l bo'lib qolsa va uni  tezroq qurutish kerak bo'lsa uni ichiga gazeta solib qo'ying. Bunda gazeta o'ziga suvni shimdirvoladi va oyoq kiyim tezroq quriydi.

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 09:50:40

Charmdan bo'lgan oyoq kiyimingizga dog' tushgan bo'lsa uni uksus bilan arting. Dog'dan asar ham qolmaydi.

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 09:54:51

Ipakdan bo'lgan matodagi dog'larni esa 10% nashatir spirtiga ozroq tuz solib dog' ustiga qo'yib qo'ysangiz, dog' bir zumda ketadi.
P/s: Buni o'zim sinab ko'rganman. Zo'r yordam beradi


Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 09:56:12

Kabob mayin va takrorlanmas shirin ta'mga ega bo'lsin desangiz uni marinovka qilganingizda limondan foydalaning.

Qayd etilgan


UzMuslim  29 Sentyabr 2010, 14:44:25

Kitob mutolaa qilganda"¦

1. Hammasini o'qishga shoshilmang. Qancha ko'p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.

Yuzaki o'qimang. Tanaffus qiling va o'ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo'lsa, uni e'tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o'zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko'p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o'zlashtirasiz.

2. Mashq va topshiriqlarni bajaring.

Kitobda berilgan mavzuga oid mashq va topshiriqlarni albatta bajarishga harakat qiling. Yuzaki qaramang. Mashqlarni harakat qilib bajaring, masalan qalam bilan qog'ozda yoki kompyuteringizda kerakli dasturlardan foydalangan holda yozib bajaring. Ko’pgina dalillarga asoslanadigan bo’lsak, o'rganayotgan vaqtingizda jismoniy faollik o'zlashtirish samaradorligini oshiradi.

3. Uyqudan oldin kitob o'qimang. Hech bo'lmaganda, bilim olish maqsadida kitob o'qimang.

O'qigan ma'lumotlaringizni o'zlashtirish, «hazm qilish» jarayoni (ayniqsa uzoq muddatli xotirangizda o'rganganlaringizni saqlash) aynan kitobni yopganingizdan keyin boshlanadi. Demak, siz kitobni o'qiganingizdan keyin miyangizga barcha o'qiganlaringizni qayta ishlash va esda olib qolish uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda yana yangi informatsiya qo'shsangiz, oldingilarining bir qismi yo'qolishi mumkin.

4. Suv iching, Ko'p suv ichib turing.

Miyangiz suyuqlik muhitida yaxshi ishlaydi. Quruqlashishi (bunday holat hattoki chanqoqni his qilishingizdan oldin ham ro'y berishi mumkin) esda olib qolish funksiyasini pasaytiradi.

5. Ovoz chiqarib o'qing. Balandroq ovozda o'qing.

Nutq faoliyatiga miyangizning alohida boshqa qismi javob beradi. Agar nimanidir tushunishni yoki eslab qolishni xohlasangiz, baland ovozda o'qing. Yanada yaxshisi, uni kimgadur tushuntirishga harakat qiling. Natijada o'zlashtirishingiz tezlashadi, balki o'qishingiz davomida e'tibor bermagan yangi jihatlar sizga namoyon bo'lishi mumkin.

6. Miyangizga quloq soling.

Miya ma'lumotlarga to'lib qolmasin. Agar o'qiyotganingizda xayolingiz boshqa joyga keta boshlasa yoki hozirgina o'qiganingizni eslay olmasangiz, unda dam olish vaqti keldi. Qayta-qayta va ko'proq o'qishingiz bilan ko'p ma'lumotga ega bo'lish orqali siz tez o'zlashtira olmaysiz. Balki, o'zlashtirish jarayoniga zarar yetkazishingiz mumkin.

7. O'qiganlaringizni his qilishga harakat qiling.

Biror bir mavzuni o'qidindizmi? Uni his qiling. Qanday qilib? O'qigan ma'lumotlaringizni jonlantiring. Ularni qandaydir syujet orqali sahnalashtiring. Olgan ma'lumotlaringiz qayerda, qanday asqotishini o'ylang.

8. Me'yorga doim amal qiling.

Doim va barcha narsada me'yorga amal qiling. Hayotingizni yengillashtiring. Hech bir narsaga mukkasidan ketmang. O'rtahollik bu samaradorlik garovi. Chunki siz hech qachon o'sha narsadan zerikib qolmaysiz, ko'nglingiz qolib ketmaydi. Kitob o'qib bo'lib, hordiq chiqaring (yoki dam oling). Bir narsa yodingizdan chiqmasin, ilm olish ham ibodat. Ibodatdan hech qachon ko'nglingiz qolmasin.


Qayd etilgan


UzMuslim  29 Sentyabr 2010, 14:44:57

UYQU-MUHIM FIZIOLOGIK HOLAT.

Uyqu bu inson xayotidagi eng muxim aktiv fiziologik process. Inson umrini uchdan ikki qismini uquda o'tkazadi. Uyqu miyani ma`lum zonalarini boshqaradi. Miyaning talamus, gipotalamus qismlari o'z faoliyatini ko'chaytirganda uyqu keladi va biz uxlaymiz. Katta odamlar o'rtacha 8-9 soat bazilar 10 soatgacha uxlashi kerak. Statistik ma`lumotlarga ko'ra qaysi davlat axolisining o'rtacha uxlash vaqti xech bo'lmaganda 6-7 soat bo'lsa shu davlat iqtisodi yaxshi rivojlangan. Axolining sosiologik axvoli yaxshi xisoblanar ekan. Bunga misol qilib Koreya va Yaponiya davlatlarini olsak umumiy suro`vnomadan shu narsa ma`lum bo'ldi-ki II Jaxon urishidan so'ng axolining uxlash vaqti 6-7 soatni tashkil qilgan. Demak tunda yaxshi dam olgan axoli kunduzi yuqori ko'rsatkichlarga erishar ekan.
        Normal uyquning o'rnini xech narsa bosa olmaydi. Uzoo' uyqusizlik ko'pgina kasalliklarni keltirib chikarishi mumkin. Juda zarar agar uyquni televizor yoki kompyuter oldida o'tirishga almashtirsangiz. Surunkasiga 2-3 sutka davomida kompyuter oldida o'tirib o'tgan odamlar bo'lgan. Bunda organizm charchashi sodir bo'lib miya tuqimalariga oziqa va kislorod yetkazib bera olmagan. Ayrim odamlarda uyqusizlik kasalligi rivojlanib unga turli dorilarni iste`mol kilish, psixik o'zgarishlar, asabiylashish sabab bulishi mumkin.

       Uxlashni o'ziga yarasha gigienik qoidalari bo`lib ularga rioya qilish maqsadga muvofikdir.
       
         1. O'rinda kamroq yotish. Qancha tez uxlab, uyquga to'ygach, tez o'rningizdan tursangiz, olgan xordig'ingiz samaraliroq bo'ladi.
          2. Xar doim bir vaqtda uygonish (dam olish kunlari xam).
         3. Soatni uxlash xonasidan olib ko'yish sizni kechasi bir necha bor soatga karash odatingizni yuqotadi.
        4. Uxlashdan oldin tarkibida bo'lgan kofein, alkogol, tamaki maxsulotlarini iste`mol qilmaslik. Bu maxsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqarishga olib keladi.
        5.  Uxlashdan bir necha soat oldin jismoniy mashqlar bajarish.
        6.  Engil taom istemol qilish
        7.  Uxlash xonasida oshiqcha narsalarni bo'lmasligini nazorat qilish.
        8.  Uxlashdan oldin asabiylashmaslik.
        9.   Karavotdan faqat uxlash uchun foydalaning.

    Tarkibida kofein saqlovchi maxsulotlar:
        50g qora shokolad - 31mg
        50g sutli shokolad - 9 mg
        50g kakao - 8 mg
        155g shokoladli sut - 1,25mg
        koka-kola - 46mg
        pepsi-kola - 35mg

Qayd etilgan


yoqutxon  30 Sentyabr 2010, 23:57:43

Ushbu maslahat hayoli parishon bo'lib, gazdagi choy esidan chiqib  qoladigan qizlarga as qotadi))). Choy esdan chiqib, chovgunda suv qurib ketgan bo'lsa hech havotirlanmasdan 1 qoshiq chayniy soda(korbanat) qoshib suv qaynatvoring o'sha chovgunda. Keyin yaxshilab chaying.

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Oktyabr 2010, 00:03:24

Sirka(uksus) eritmasi tayyorlashni bilasizmi? Unda eslab qoling 1 stakat suvga 1 osh qoshiq sirka solib tayyorlaysiz. Ushbu eritma har xil oyna, kiyimdagi dog'larni ketkazish uchun.

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Oktyabr 2010, 00:09:48

Rangli buyumlaringizning rangi doimo yorqin bo'lib turishini hohlasangiz , ularni chayadigan suvga ozgina chayniy soda qo'shib chaying.

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Oktyabr 2010, 08:54:30

 :as:
   
Асал кадимдан "снг схши табиб" унвонига сазовор булган. Асал билан нафакат шамоллаш даволанади, балки уни мунтазам истеъмол килганларда юрак, томир касалликлари кам учрайди.

Qayd etilgan