Bundan tashqari, yuragi tez uradiganlar, oshqozon-ichak kasali bilan aziyat chekuvchilar, asabi bo'sh, behalovat kishilar, uyqusizlikka duchor bo'lganlar kofe ichishda me'yorga e'tibor berganlari ma'qul. Ólar uchun kundalik me'yor 1-2 finjondan oshmasligi kerak.
Òadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kofe ichgandan so'ng kishining diqqati bir joyga jamlanadi, kayfiyati ko'tarilib, bosh og'rig'ining ba'zi turlari tuzaladi. Òarkibida tabiiy kislotalar ko'pligi sababli ovqatni yaxshi hazm qiladi. Kofe peshob haydovchi ham hisoblanadi. Qadimdan sharqda uning shifobaxsh xususiyatini bilib, aqlni charxlaydi, kayfiyatni ko'tarib, ko'zga quvvat bo'ladi deb hisoblaganlar. Ertalab ichilgan kofe uyquni tez tarqatadi. Kishini tetiklashtirib, ishchanlik kayfiyatini baxsh etadi. Òadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 2 finjon kofedan so'ng matn teruvchining ish tezligi oshib, kam xato o'tkazibdi.
Ba'zi kishilar kofe ichgandan so'ng jahldor bo'lib, asabiy holatga tushadilar. Qon bosimi oshgan, ateroskleroz, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakda yarasi bor bemorlarga, gastrit va oshqozon kislotasi yuqori bo'lgan kasallarga kofeni me'yorida iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Kofeni ertalab, ishdan, o'qishdan oldin ichgan ma'qul. Òo'yib ovqatlangandan keyin ham kofe ichish tavsiya qilinadi. Shuni aytish joizki, kofe hech qanday xavfli kasallikka sabab bo'lmaydi!
M. ERGAShEVA tayyorladi.