Kim, nimada mutaxassis?  ( 43840 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


registan  28 Fevral 2011, 20:24:51

Assalomu alaykum!

Forumda savol so'raganlar ko'p bo'ladi, qaysidir savol javobli qaysisidir javobsiz qoladi, savollarning javobsiz qolayotganiga asosiy sabablardan biri bu - savolni "egasi"gacha yetib bormayotganidir. Bunaqa holatlarning oldini olgan holda, va bilim va malakalarimizni oshirish maqsadida bu mavzuni ochishga qaror qildim, insha Alloh, foydali bo'ladi.

Bu yerda o'zingiz eng yaxshi bilgan, ustasi bo'lgan sohangiz haqida yozasiz, kimdir kompyuterni yaxshi biladi, kimdir tillardan ingliz tili, fransuz tilini, kimdir oshpaz, kimdir duradgor, kimdir me'mor, kimdir tarixchi vkz.

Masalan: Meni eng yaxshi bilgan soham (eng yaxshi bilganim, mukammal emas) bu - ingliz tili ekan, garchi og'zaki nutqda biroz muammo bolsada, grammatikada yordam berishim mumkin.

Keyingi ishtirokchi...?

Мухаммад Сохиб     -  Namangan shahri;
Umar ibn Abdul-Aziz  -  Marketing, Advertising, Xaridorlar bilan ishlash, internet reklama, cold calling, Sales e-mail, e-mail marketing;
Feruzochka             -  Kompyuter sohalari, dastur yuklash, Microsoft Office dasturlari;
Zamiraxon              -  Kimyo fani;
Chustiy                  -  Oshpazlik;
Lobar AZIZ            -  Ijodkorlik, yosh qalamkashlik;
UzMuslim                -  Photoshop;
Абдуррохман:         -  Database, Programming, System Administration;
Shuhrat Mamadaliev -  Qishloq xo'jaligi (Ko'chatchilik, sabzavot, poliz ekinlari;
Solihatun                -  Bolalar shifokorligi;
BelleQizcha              -  Arab yozuvlari, ingliz tili, fransus tili, fors tili;
ubaydullo                -  Qurilish sohasi;
Zeynab                   -  Rus tilidan boshlang'ich ta'lim;
TITAN-UZ                -  Computer (Hardware and Software, Web Design va boshqalar)'
Nodirbek                  -  Bog'dorchilik, tish texnikasi (Зубнас техника), grafik-dizayn, Web-Dizayn, Photoshop;
yoqutxon                 -  Dori-darmonlar va ularning narxlari;
Музаффар_             -  O'lchov texnikasi, fizika, avtomatika, elektronika, geografiya va tarix;
AbdurRohman           -  Qishloq va suv xo'jaligi, suv sanoati;
Hadija                     -  Buxgalteriya hisobotlarini yuritish;
Best Friend              -  Kompyuter systemasi. Avtomashina hodavoy va motori bo'yicha;
MaHfiYa                  -  Xalq tabobati, tabiiy giyohlar bilan davolash.
Sofdil                      -  Moliyaviy, boshqaruv buxgalterligi, Xalqaro xisobot standartlari, moliyaviy boshqaruv, Marketing, Telemarketing, hardware/software, tabiiy energiya ishlab chiqarish bilan bog'liq sohalar;


bo'yicha savollaringiz bo'lsa, savollaringizni PM yoki shu yerda post qoldirish orqali so'rashingiz mumkin.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  01 Mart 2011, 19:35:34

Ва алайкум ассакаму. Хакикатда, схши мавзу булибди. Мен бу борада нима дейишим мумкин. Узим сшаб, ижод килаётган Ааманган шахрини схши биламан. Каерда нима бор. Ааманганга мехмон булиб келмокчи булганлар ёки келганларга у бу маълумот керак булса, бажонидил!

Qayd etilgan


ibnUyayna  01 Mart 2011, 20:17:58

Marketing,Advertising
Yengi kliyentlari qande topish kere
Yengi biznes uchun nimala kere
kliyentla bn gaplashish sana`ti
Internet ads
cold calling ya`ni holidniye zvonki
Sales e-mail
E-mail marketing ...

Qayd etilgan


registan  01 Mart 2011, 21:08:37

Marketing,Advertising
Yengi kliyentlari qande topish kere
Yengi biznes uchun nimala kere
kliyentla bn gaplashish sana`ti
Internet ads
cold calling ya`ni holidniye zvonki
Sales e-mail
E-mail marketing ...


Ayni men qidirgan kishi ekansiz. :)

Yangi biznes uchun nimalar kerak? Shu savolga javob qidiryotgan edim. Rahmat.

Qayd etilgan


ibnUyayna  01 Mart 2011, 22:45:26



Yangi biznes uchun nimalar kerak?


1.Biznes go`ya.
Yangi biznes g`oyagiz haqida izlanishla olib boring.Haridorlar siz sotayotgan hizmat yoki tovarni sotib olishiga amin bo`ling.

2.Iloji boricha kam soliq to`lanadigan va qonunga xilof bo`lmagan biznes.

3.Biznes reja.
The business plan makes or breaks cash flow

4.$
Biznesingizni qanday qilib mablag` bn ta`minlashni aniqlashtiring.

5.Brand and Logo.
Yangi brand va logo toping.Biznesingiz tanilishi uchun marketing plan tuzing.
Repeated use of your logo will get you noticed.
 
 6.Klientla jalb qilishni boshlang.Sizni mahsulotingiz yoki hizmatingizni sotib oladigan asosiy haridorlaringiz kimlar?
 Iste`molchilarga mukammal hizmat turini yo`lga qo`ying. :'(
 Costumer loyalty is essential for new business.


Qayd etilgan


Feruzochka  04 Mart 2011, 15:20:10

Man Kompyuter bo`yicha ishliman va o`qiman. Programma  ustanovka qilish kerey bo`lsa, Kaspersky, ESET yoki Windows, Word, Excel bo`yicha bemalol murojaat qilishingiz mumkin.  : )

Qayd etilgan


registan  04 Mart 2011, 18:15:22

Man Kompyuter bo`yicha ishliman va o`qiman. Programma  ustanovka qilish kerey bo`lsa, Kaspersky, ESET yoki Windows, Word, Excel bo`yicha bemalol murojaat qilishingiz mumkin.  : )

Manda ruscha excel bor shuni inglizcha qilish uchun nima qilishim kerak, yangidan yuklashim shartmi?

Exceldagi formulalarni man ingliz tilida o'rgangan edim, ruschada qiynalyapman, masalan: =IF ni =ЕСЛИ, =VLOOKUP ni =ВЛА  deb.

Yordam bersangiz sevinardim. :)

Yana bir iltimos, iloji bo'lsa avataringizdagi rasmni o'zgartirsangiz yaxshi bo'lardi. Rahmat. :)

Qayd etilgan


Sakiina  04 Mart 2011, 18:29:27

oho :o bu bolim hama professorlar yigiladigan bolim bopti ;)

Qayd etilgan


registan  04 Mart 2011, 19:09:42

oho :o bu bolim hama professorlar yigiladigan bolim bopti ;)

Birinchidan "oho" emas "o'ho'", ikkinchidan "bolim" emas "bo'lim", uchinchidan "hama" emas "hamma", to'rtinchidan "yigiladigan" emas "yig'iladigan", oltinchidan "bopti" emas "bo'libdi" yettinchidan....

Ey qisqasi, hayratlanmasdan siz ham professorlar safiga qo'shiling demoqchi edim, siz nimada mutaxassissiz? Taom pishirish, gul parvarishlash, sigir sog'ish, tappi qilish deganlariday... :)

Qayd etilgan


Zamiraxon  04 Mart 2011, 22:07:46

 :as:
Kimyo fanidan yordam kerak bo'lsa bemalol. Albatta tayyorlov darajasida.

Qayd etilgan