Kim, nimada mutaxassis?  ( 53449 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Nоdirbek  07 Mart 2011, 21:51:10

1. Bog'dorchilik
2. Tish texnikasi (Зубнас техника)
3. Grafik-Dizayn
4. Web-Dizayn
5. ... :)

Qayd etilgan


Nоdirbek  26 Aprel 2011, 10:23:07

Maqsadga o'tib qo'ya qolay :)

Yuqorida o'zlarini tarjimonlik sohasiga aloqador ekanliklarini aytganlarga savollarim bor edi.
Men ko'pincha tarjima jarayonida ba'zi so'zlarni umuman o'zbekchalashtira olmayman, asosan texnik so'zlarni.
Misol uchun, JavaScript is Scripting language bo'ladigan bo'lsa, shu yerda Javascript - senariy til desak to'g'ri bo'ladimi?

Yana bir savol: JavaScript Variables - JavaScript O'zgaruvchanlari bo'ladimi?

Shulardagi tarjima to'g'rimi?

Qayd etilgan


registan  26 Aprel 2011, 10:48:32

Mening fikrim, tarjimadan asosiy maqsad to'g'ri tarjima qilish emas, ma'nosini o'zgartirmagan holda o'quvchiga tushunarli qilib tarjima qilishdir.

Siz yuqorida keltirgan birikmalar asosan, o'ziz aytganizdek texnik so'zlardir. Sizga maslahatim o'quv darsliklarida bu birikmalarni qanday tarjima qilishgan, shunga bir e'tibor berib ko'ring.

"O'zgaruvchan" emas "o'zgaruvchi" desa to'g'riroq bo'ladi manimcha. Ya'ni "JavaScript o'zgaruvchilari".
"Scripting language"ga keladigan bo'lsak, umuman "language" iborasi qanday tarjima qilinadi? Oddiy qilib "til" debmi yoki "dasturiy til"ga o'xshashmi?

Qayd etilgan


Nоdirbek  26 Aprel 2011, 10:56:23

"Scripting language"ga keladigan bo'lsak, umuman "language" iborasi qanday tarjima qilinadi? Oddiy qilib "til" debmi yoki "dasturiy til"ga o'xshashmi?
Bu yerda language iborasi "dasturiy til" ga o'xshagan narsa ya'ni so'zlashuvdagi til emas. Lekin u dasturlash tili ham emas, yuqorida aytganimdek scripting language hisoblanadi.
Men bu savolni berishdan oldin ko'p o'zbekcha saytlarimizda shu ma'lumotlarni qidirib ko'rdim, lekin ular ham tarjimani shundayligicha qoldirishgan.
Bir saytdan olingan iqtibos :
JavaScript "scripting language" hisoblanadi "programming language" emas.
Tarjimani boplashibdi, o'ziyam :)


Qayd etilgan


registan  26 Aprel 2011, 11:12:29

Sizni tushundim, demoqchi bo'lganim, saytlardan emas, darsliklardan izlash kerak, agar o'zbek tilida shunaqa darsliklar bo'lsa.

Hozirda hamma "senariy" deganda film senariysini tushunishadi, shuning uchun iloji bo'lsa qo'shimcha izoh sifatida yana biror so'z qo'shib tarjima qiling.

P.S. Yuqoridagi iqtibos ingliz tilidagi saytdan olinganmi yoki o'zbek tilidagi saytdanmi? :)

Qayd etilgan


Nоdirbek  26 Aprel 2011, 11:19:55

Maslahat uchun tashakkur, lekin bizda bunday darsliklar yo'q desa ham bo'ladi, asosiy ma'lumot internetdagi web-saytlarda.
P.S. Yuqoridagi iqtibos ingliz tilidagi saytdan olinganmi yoki o'zbek tilidagi saytdanmi? :)
U iqtibos o'zbek tilidagi saytdan olingan edi. Shuning uchun joylagandim :)

Qayd etilgan


yoqutxon  26 Aprel 2011, 11:40:40

Assalom aleykum. Yaxshi mavzu bo'libdi! Hudo ko'rsatmasin dori darmonlar, ularni narx navosi haqida info kerak bo'lib qolsa men shu yerda : )

Qayd etilgan


Музаффар  26 Aprel 2011, 11:55:26

мани мутахассислигимни кспчилик тушунмаса керак, (чунки сзим хам унча тушунмайман :) :) :) ) хазил албатта,
лекин слчов техникаси, физика, автоматика ва слектроникага доир саволлар бслса бахоли қудрат...географис ва тарихни хам унча мунча биламан...

Qayd etilgan


registan  26 Aprel 2011, 12:02:30

Xalq tabobati, giyohlar bilan davolash bo'yicha mutaxassis bormi?

Qayd etilgan


Feruzochka  26 Aprel 2011, 14:29:51

Assalomu aleykum hurmatli Forumdoshla! Kompyuter sohalari, dastur yuklash, Microsoft Office dasturlari - bo`yicha qanaqa savollaringiz bo`lsa, Feruzochka xizmatda ... Bemalol so`rashingiz mumkin. : )

Qayd etilgan