Sanchiq (kolika)  ( 16128 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  04 Mart 2011, 19:22:50

Chaqaloqlarning deyarli 20 foizida sanchiq deb nomlanuvchi holat bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan sog’lom bola bezovtalanib yig’laydi. Bunday bolalar kuniga o’rtacha uch soatdan ziyod yig’laydilar. Sanchiqqa birinchi farzandlar bilan bir qatorda keyingi farzand bo’lganlar ham, o’g’il bolalar bilan birga qizlar ham bir hilda chalinadilar. Bola va ota-onani oladigan bo’lsak - sanchiqdan kim ko’proq qiynalishini aytish mushkul. Sanchiqqa chalingan bola og’riq sezadi, o’zini yomon his qiladi va injiqlanadi. Lekin ota-ona ham farzandining soatlab tinmay yig’lashidan asabi taranglashib, hatto o’zlarinig ko’zlariga yosh kelishi ehtimoldan xoli emas.


Farzandimda sanchiq bo’layotganini qanday bilsam bo’ladi?

Barcha chaqaloqlar yig’lab turadi. Umunam olganda, bola kunda o’rtacha ikki yarim soat yig’laydi. Lekin shunday yig’iga qo’shimcha ravishda sanchiqqa chalingan chaqaloq juda bezovtalanadi. Yig’layotib oyog’ini chozishi, yoki tepishi, yel chiqarishi mumkin. Odatda sanchiq soat 18dan 00gacha davom etadi, lekin ba’zan kun bo’yi davom etib kechqurun kuchayishi kuzatiladi.

Bola tug’ilgandan so’ng ikki-to’rt haftalarda sanchiqqa chalinib, uch oylarda o’tib ketishi, ba’zi hollarda esa olti, sakkiz oy davom etishi mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:23:10

Nega ba’zi bolalar sanchiqqa chalinadi?

Olimlar bu savolga 50 yildan beri javob qidirishmoqda. Ko’pincha bunga sabab qilib chaqaloqning hali yaxshi rivojlanmagan ovqat hazm qilish sistemasi ko’rsatiladi. Haqiqatda kolika (sanchiq) so’zi grekcha "œkolikos" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, bu so’z yo’g’on ichakni bildiradi. Bu fikrni fan ham tasdiqaydi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning hazm qilish organlarida ozuqani parchalovchi ferment va suyuqliklar miqdori juda oz bo’ladi.
Boshqa olimlarning fikriga ko’ra bolaning hali rivojlanayotgan asab sistemasi taranglashadi, bu sanchiqqa sabab bo’ladi.
Yana bir qarashga ko’ra chaqaloq kechga borib charchaydi va sanchiq organizmning uyquga tayyorgarlik ko’rish uchun ko’rsatgan reaksiyasidir.
Chekuvchi ota-onaning bolasi ham sanchiqqa moyil deb e’tirof etiladi.


Sanchiq jiddiy hastalikmi?

Unday emas, uydagi tinchlik va ota-onaning xotirjamligiga putur yetkazishini nazarga olmasak u zararsiz. Shunday bo’lsada, bolaning yig’isiga grija yoki shu kabi boshqa omillar sabab bo’lmayatganiga amin bo’lish uchun shifokor bilan suhbatlashish kerak.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:23:33

Eshitishimcha onaning yegan narsalari sanchiqqa sabab bo’larkan, bu to’g’rimi?

Ona suti ham sun’iy ovqatlar ham sanchiqqa sabab bo’lishi mumkin.

Odatda emizukli bolada sanchiq bo’lishi onaning ovqatlanishiga bog’liq. Ba’zi onalarning kuzatishicha sigir suti va boshqa sut mahsulotlarini iste’mol qilishni to’xtatsalar farzandlarining ahvoli yaxshilanar ekan. Buni sinab ko’rish uchun sut va sut mahsulotlarini bir necha kun iste’mol qilmay turing va farzandingizni kuzating. Ahvol yaxshilansa sanchiqqa nima sabab bo’lganini topgan bo’lasiz, aks holda umidsizlikka tushmang, hech bo’lmaganda sut mahsulotlaridan o’zingizni tiymasangiz ham bo’lishini bilib olgan bo’lasiz.

Ba’zi emizukli chaqaloqlar ona ziravorlarga boy ovqat, don mahsulotlari yoki turli karamlar iste’mol qilsa bezovta bo’lishadi. Bu holda ham yeganlaringizning qay biri bolani bezovta qilayotganini tekshirish uchun yuqorida ta’kidlaganimizday bir qancha muddat karam, brokkoli, gulkaram, sarimsoq piyoz, va shu kabilarni yeyishdan cheklaning. Bolangizning ahvoli yaxshilanganini sezsangiz yuqoridagi ozuqalarni birin-ketin orada bir necha kundan so’ng iste’molingizga qayta kiriting. Ushbu ozuqalarning qay biri sanchiqqa sabab bo’layotganini shu usul bilan oson aniqlaysiz: yana bezovtalik boshlansa bilingki, shu mahsulot bolangizga yoqmayapti. Bu mahsulotdan taxminan 3 oy o’zingizni tiyishingizga to’g’ri keladi. Albatta har qanday ona bolasini hotirjamligini o’ylab bunday qilishga tayyor.

Bolangiz sun’iy oziqlansa, sun’iy ozuqani almashtirib ko’ring, berayotgan ozuqangiz sanchiqni keltirib chiqarayotgani ehtimoldan xoli emas.
Ko’krak suti yoki sun’iy ozuqa bilan oziqlanayotanidan qat’iy nazar bolani ovqatlantirgandan so’ng bir oz vertical shaklda ko’tarib, yutilgan havoni chiqarishga harakat qiling.


Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2011, 19:24:04

Ko’p yig’lash farzandimga zarar ko’rsatadimi?

To’g’risini aytganda farzandining asabga tegadigan darajada ko’p yig’lashidan ota-ona ko’proq aziyat chekadi. Sanchiqqa chalingan bolalarning rivojlanishida salbiy o’zgarish kuzatilmaydi. "œSoatlab yig’lashlariga qaramay," deb yozadi bu borada ko’plab tadqiqotlar o’tkazgan mashxur Doktor Spok, "œular vazniga vazn qo’shib borishadi, hatto vazn ko’rsatkichi o’rtachadan ancha yuqori bo’ladi. Bunday bolalar yeb to’ymas bo’ladi. Ovqatlanishi juda yaxshi bo’ladi." Hattoki boshqa bir tadqiqot ko’rsatishicha sanchiqli bolalar keyinchalik muammolarni oson hal qiladigan bo’ladilar.

Yuqoridagi maslahatlarimiz bolangizni sanchiqdan halos qilish uchun foydali bo’ladi degan umiddamiz.

Manba: www.ayol.uz

Qayd etilgan