Qabriston...  ( 11341 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:12:59

Qabriston barcha tiriklarga oxiratni eslatib, insof va diyonatga chaqirib turguvchi joydir. Bu yorug‘ olamni tark etganlarni  o‘z bag‘riga olgan muqaddas zaminga onajonimni ziyorat etish uchun kelaman. Bu yerdagi sokinlik kishini o‘ziga tortib turadi. Beixtiyor quloqlarim ostida g‘oyibdan kelgan muqaddas kitob — Qur’oni karimning  o‘ta serta’sir oyatlari eshitilgandek bo‘ladi. Nima uchundir o‘zimni vaznsiz his qilaman. Vujudimni beixtiyor so‘z bilan ifodalab bo‘lmas bir armon chulg‘ab oladi. Past-baland, biri oddiy, biri hashamatli qabrlarga termulaman. Shoh ham, gado ham, o‘g‘ri ham, to‘g‘ri ham so‘nggi bor shu yerni makon aylaydi.
Huv tepalikdagi onajonim qabri tomon odimlayman. Ko‘z o‘ngimda  uning g‘amgin siymosi namoyon bo‘ladi. Oyoqlarim madorsiz, siz tomon odimlayapman, onajon. Xayollarimni sira-sira bir nuqtaga jamlay olmayman. Siz bilan bog‘liq xotiralarim bamisoli kino tasmasidek ko‘z o‘ngimdan o‘taveradi. Onajon, eslay olasizmi, bola edim, kattalarga qo‘shilib biz — maktab o‘quvchilari ham qabristonni tartibga keltirish uchun hasharga chiqqandik. Ko‘hna qabrlardan biridagi suyaklarni ko‘rib judayam qo‘rqib ketgandim. O‘shanda siz mening boshim uzra nonni aylantirib, irim-sirim qilib, darvozamiz ortiga «momochiroq» yoqqandingiz.
Bugun yana sizning qabringiz poyidaman. Qur’on oyatlaridan o‘qib, ruhi poklaringizga tilovat qildim. Qabringiz tuproqlarini ko‘zimga surtdim. Sizni eslab ko‘zlarimdan yosh oqqani sayin, nazarimda, yuragim g‘uborlardan poklangandek bo‘ldi. Bolalik paytlarimda siz menga «Qabrlardan unib chiqqan gullar  marhumlar tanidan ozuqa oladi. Esingda bo‘lsin, sen qabr gullarini  zinhor hidlab yurmagin» deb  ta’kidlagan edingiz.  Bugun sizning mozoringiz ustida ham shunday gullar qo‘r to‘kib turibdi. Buni yaxshilikka yo‘ygim keldi. Sizning qalb armonlaringiz go‘yoki qabringiz ustida tug‘yon urib turganga o‘xshaydi. U xuddi o‘zingiz singari go‘zal va latofatli, xushbo‘y va iforli.  Onajon, siz meni kechiring, o‘gitingizga amal qilmay, qabr gulingizni hidlayapman. Biroq men sizning gulingizni hidladim, begonaning emas. Men bu gulning ehtirosli bo‘ylariga sira to‘ymadim. Nazarimda, undan sizning ko‘ylaklaringizning hidlari taralib turganday. Bu gullar uzoq o‘yga toldirdi. Onalarning farzandim deb sochlari supurgi, qo‘llari kosovdir. Ammo bolalar ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘yayaptimi? Noshud farzandlar ota-onalari va yaqinlarining vafotlaridan keyingina ularni qadrlashga tushadilar. Shu ham insofdanmi?
Onajon, siz menga ijozat bering, qabr gulingizni hidlab turayin. Bu sizning hidingiz, muqaddas ona tuprog‘imning hidi.

Abduvali OBIDDIN

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  18 Avgust 2007, 23:24:53

Man fikrimcha odamzod har kuni qabristonni ziyorat qilib turish kerak!
Bu narsa o'limni va oxiratni eslatib turadi!

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Sentyabr 2007, 00:17:36

Assalomu-alaykum Qabriston..... bu bo'limni ko'rib hayotda har on har daqiqa kelishi mumkin bo'lgan o'limni o'ylamay iloj yo'q.Lekin musofirlikda yurgan birodarlarni koplariga musofir yurtda o'lim bilan sinov bermasligini duo va iltijo qilamiz.O'lim haq insonga qabr hayoti ham aniq,lekin islomiy qabrga imkoni yo'q mo'min insonga o'lim ikki hissa havotirli hayol bo'larkan.Misr Arab Respublikasida nima sabab bilmadim qabrlar huddi bizlardagi hovlilarda quriladigan uylagra o'hshash.Qabrlar kishilarni holatidan habar bergandek ba'zi boy insonlar saroyga o'hsash qilib qurishgan kambag'allar esa oddiygina bir yoki ikki honali qilib qurishgan.Eng achinarlisi zalolat hamma joyda bo'lgandek bu yerda ham asosan qabristonda yaqqol ko'rinadi.uy qurishga imkoni bo'lmagan kambag'al insonla shu qabriston uylaridan yashab hayot kechirish uchun foydalanadilar.Hullas kimgadir qabr kimgadir uy vazifasini o'taydi bu makon.Yanayam dahshatli ko'rinish esa qabriston atalmish bu manzilda tiriklar bemalol televizor korib sigarasini tutatib o'tirishlari.Hullas  bu holat haqida arablardan soraganimda hammasi har turli javob berdilar.Eng kop eshitgan javobim Misrning yer tarkibi islomiy qabr qazishga imkon bermasligi sabbli shunday degani bo'ldi.Lekin qabr haqiqiy islomga hos bo'lmasa tiriklarga chin ma'noda ibrat bo'lmas ekan degan haqiqatni o'zimcha kashf qilgandekman.

Qayd etilgan


zuhrahon  28 Iyul 2009, 20:12:42

QABR


Qabristonda xaroba qabr
Atrofida mungli bir nido,
Esib turar shamol singari
Savol kezar bu qaro yerda
Yotar kim u xor-u, zor bo’lib
Kimdir shu on javob bermoqda
Sevgidan hech omadi kelmas
Baxtiqaro yotarmish bunda
Yolg’iz, Notinch, Xaroba Qabr
Boqib turar qabrga unsiz
Ko’zlarida alam va nafrat-
Yoshdek qalqib turgan bir yigit,
Qo’llarida tutib turarmish
sevgi tig’laridan teshilgan dilni"¦
Sensizlikni sezganimdayoq
butun tanam muzlab borardi
muzlab qolgan quyosh misoli.
Sevgi derdim baxt derdim qani?.
Sarob qiymatiga baholandi baxt
Hijronu armondan bunyod bo’ldi Taxt.
Taqdir qismatiga lol qolganimcha,
Xotirjamlikni qabrdan topmoqchi bo’ldim"¦
Yolg’izgina qabr ustida
Boqib turdim qabrga unsiz
Ko’zlarimdan sevgim va baxtim
Ko’z yosh bo’lib oqib turardi,
Qo’llarimda tutib turardim
Hijron nolasidan ezilgan dilni
Qabr qoshida xayol suraman
Bu - men va Mening QABRIM"¦


Qayd etilgan


roziyaa  28 Iyul 2009, 21:09:57

assalomu alaykum man kitoblada o'qiganimda aylo kishi qabrstonga borish mumkinmas diyishgan.  :2

Qayd etilgan


Hadija  28 Iyul 2009, 22:40:31

assalomu alaykum man kitoblada o'qiganimda aylo kishi qabrstonga borish mumkinmas diyishgan.  :2

Ис, қайси китобда ёзилган?

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2009, 23:11:11

426-FATVO
Mozor va qabristonlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga barobar joiz, hatto, savobli ishlardandir. Payshanba, jum’a va shanba kunlari ziyorat qilinsa, mayyitlar sezib turarkan. Faqat ziyorat odoblariga rioya qilinib, bid’at ishlardan saqlanish shart.
«Raddul-muhtor» matni va hoshiyasi ("Ming bir fatvo"dan)

Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qabrlari ziyorati uchun borish ziyoratlarning eng ma’qulidir. Qabrlarni ziyorat qilish erkaklar uchun joiz bo‘lganidek, agar fitna xavfi bo‘lmasa, oxiratni eslab, o‘limdan ibrat olish uchun ayollar ham ziyoratga borsalar joiz. Agar ziyorat safar masofasida bo‘lsa, unda albatta mahram bo‘lishi shartdir. (Tahorat va namoz hukmlari (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)dan)

Qayd etilgan


roziyaa  29 Iyul 2009, 21:57:37

Assalomu alaykum wr wb. Abdullaziz aka sizga kottakan rahmat. yoshligimda maktabda o'qib yurganimda. o'rtolarim bilan qabriston ziyoratiga bormoqchi boldi keyin bir dugonam qabristonga ayol kishi gunoh didi. Man hayron boldim. keyin dugonlarim so'rashidi rostan gunohmi dib. man yoq didim. lqkin u o'rtog'im kop qaytargandi bormela dib. biza borgandi qabristonga ziyorat qilgani. u dugonmani gapiga quloq somasdan ekyin kop o'ylaganman gunoh qilmadimi dib. Manam kop kitoblada o'qiganimda mumkin diyilgan bazi dugonlarim kitoblada borish mumkinmas dib yozilgan diyishadi. Abdullaziz aka rahmat. Olloh rozi bolsin.

Qayd etilgan


Foniy  08 Avgust 2009, 17:23:19

Rasululloh :sw: (s.a.v.) dedilar: "Qabristonni ziyorat qilib turinglar, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi."

"Qabristonga borib u yerda biroz sessiz o`tir. U yerdagi ovozsiz suhbatlardan bahramand bo`l."
Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan